Xaitova Shaxnoza Inatullaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Seliteb mintaqalar muhitini optimallashtirish bo‘yicha chora – tadbirlarni asoslash va ekologo – gigienik baholash», 14.00.07 – Gigiena (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Tib4068.
Ilmiy rahbarlar: Iskandarov Aziz Baxromovich, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat tibbiyot universiteti, DSc.04/30.12.2019.Tib.30.03.
Rasmiy opponentlar: Xamrakulova Mukaddasxon Askarovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Xashirbaeva Dinora Maxkambaevna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Tojikiston profilaktik tibbiyot ilmiy-tadqiqot instituti (Tojikiston Respublikasi).
II. Tadqiqotning maqsadi: seliteb mintaqa va undagi turar joy binolarining ichki va tashqi muhitini rejalashtirish xolatini gigienik optimallashtirish bo‘yicha chora – tadbirlar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
issiq iqlim sharoitida aholi turar joy xududlarini tashkil etishda xonalarning aniq o‘lchamlari, shamollatish parametrlari, tabiiy yoritilishi va loyihalarning gigienik me’yorlariga muvofiqligi asosida, turar-joy binolarining ichki muhitiga ta’sir etuvchi gigienik, biologik, kimyoviy va bakteriologik omillarning o‘rni isbotlangan;
issiq iqlim sharoitida aholi turar-joy binolarining qavatlar soni, quyosh nuriga nisbatan joylashtirilishi, ularning o‘lchamlari, yashash xududining obodonlashtirilishi, xizmat ko‘rsatish inshootlari va ko‘kalamzorlashtirish darajasi bo‘yicha gigienik me’yorlarga mos kelishi optimal mikroiqlimni yaratish va aholiga issiqlik yuklamasini kamaytirishda asosiy omillar ekanligi isbotlangan;
issiq iqlim sharoitida turli tipda qurilgan turar-joy binolarining (bir va ko‘p qavatli) ichki va tashqi muhit ko‘rsatkichlarining, jumladan, binolarning ortientatsiyasi, mikroiqlim ko‘rsatkichlari, namlik, tabiiy havo aeratsiyasi va xonaning tabbiy yoritilishining sezilarli issiqlik yuklama sharoitida yashovchi aholining hayot sifati va sanitariya-gigienik osoyishtaligiga ta’siri isbotlangan;
issiq iqlim sharoitida aholi turar-joy xududlarining havosi sifati, tuproqning holati, xavfsiz suv ta’minoti, binolarning o‘lchami va joylashuvining sanitariya me’yorlariga muvofiqligi, tabiiy shamollatish va yoritilishi samaradorligi ko‘rsatkichlarini o‘z ichiga olgan turar-joy hududini tashkillashtirishni kompleks gigienik baholashning tartibi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Seliteb mintaqalar muhitini optimallashtirish bo‘yicha chora-tadbirlarni asoslash va ekologo-gigienik baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: issiq iqlim sharoitida aholi turar joy xududlarini tashkil etishda xonalarning aniq o‘lchamlari, shamollatish parametrlari, tabiiy yoritilishi va loyihalarning gigienik me’yorlariga muvofiqligi asosida, turar-joy binolarining ichki muhitiga ta’sir etuvchi gigienik, biologik, kimyoviy va bakteriologik omillarning o‘rni isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filialining muvofiqlashtirish ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 17 oktyabrda 81-24-son bilan tasdiqlangan «Seliteb mintaqalarni ko‘kalamzorlashtirish darajasini xududning mikroiqlim omillariga ta’sirini o‘rganish va profilaktik chora-tadbirlar ishlab chiqish» hamda «Aholi turar joylari atmosfera xavosini mikroiqlim omillariga ta’sirini o‘rganish va profilaktik chora-tadbirlarni ishlab chiqish» nomli uslubiy tavsiyanomalar mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi bo‘yicha 12.11.2024 yildagi 105-T-son hamda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi Buxoro shahar bo‘limi bo‘yicha 12.12.2024 yildagi 91-T-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 20-iyundagi 20/47-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: seliteb muhitni optimallashtirishning ijtimoiy ahamiyati katta va turli jihatlardan namoyon bo‘ladi. Ularning asosiy guruhlariga aholining hayot sifati va yaxshilash, ya’ni yashash, ishlash va dam olish uchun qulay joylar - odamlarning jismoniy va ruhiy salomatligiga ijobiy ta’sir qiladi. Ijtimoiy barqarorlik va xavfsizlikni oshirish, yaxshi rejalashtirilgan shahar muhiti jinoyatchilikni kamaytiradi, odamlar o‘zaro muomalalarini yaxshilaydi va umumiy xavfsizlikni ta’minlaydi. Iqtisodiy samaradorligi: Termiz shahrining 27,8 km2 umumiy maydonining 15% ko‘kalamzorlashtirish natijasida foyda turizm faoliyatidan yiliga 1000000 so‘m, sog‘liqni saqlash va ekologik vaziyatni sog‘lomlashtirishdan 750000 so‘m, havo tozaligi va energiya sarfining kamayishi tufayli 500000 so‘m jami 2250000 so‘mni tashkil etadi;
ikkinchi ilmiy yangilik: issiq iqlim sharoitida aholi turar-joy binolarining qavatlar soni, quyosh nuriga nisbatan joylashtirilishi, ularning o‘lchamlari, yashash xududining obodonlashtirilishi, xizmat ko‘rsatish inshootlari va ko‘kalamzorlashtirish darajasi bo‘yicha gigienik me’yorlarga mos kelishi optimal mikroiqlimni yaratish va aholiga issiqlik yuklamasini kamaytirishda asosiy omillar ekanligi isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filialining muvofiqlashtirish ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 17 oktyabrda 81-24-son bilan tasdiqlangan «Seliteb mintaqalarni ko‘kalamzorlashtirish darajasini xududning mikroiqlim omillariga ta’sirini o‘rganish va profilaktik chora-tadbirlar ishlab chiqish» hamda «Aholi turar joylari atmosfera xavosini mikroiqlim omillariga ta’sirini o‘rganish va profilaktik chora-tadbirlarni ishlab chiqish» nomli uslubiy tavsiyanomalar mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi bo‘yicha 12.11.2024 yildagi 105-T-son hamda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi Buxoro shahar bo‘limi bo‘yicha 12.12.2024 yildagi 91-T-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 20-iyundagi 20/47-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: seliteb muhitni optimallashtirishning ijtimoiy ahamiyati katta va turli jihatlardan namoyon bo‘ladi. Ularning asosiy guruhlariga aholining hayot sifati va yaxshilash, ya’ni yashash, ishlash va dam olish uchun qulay joylar - odamlarning jismoniy va ruhiy salomatligiga ijobiy ta’sir qiladi. Ijtimoiy barqarorlik va xavfsizlikni oshirish, yaxshi rejalashtirilgan shahar muhiti jinoyatchilikni kamaytiradi, odamlar o‘zaro muomalalarini yaxshilaydi va umumiy xavfsizlikni ta’minlaydi. Iqtisodiy samaradorligi: Termiz shahrining 27,8 km2 umumiy maydonining 15% ko‘kalamzorlashtirish natijasida foyda turizm faoliyatidan yiliga 1000000 so‘m, sog‘liqni saqlash va ekologik vaziyatni sog‘lomlashtirishdan 750000 so‘m, havo tozaligi va energiya sarfining kamayishi tufayli 500000 so‘m jami 2250000 so‘mni tashkil etadi;
uchinchi ilmiy yangilik: issiq iqlim sharoitida turli tipda qurilgan turar-joy binolarining (bir va ko‘p qavatli) ichki va tashqi muhit ko‘rsatkichlarining, jumladan, binolarning ortientatsiyasi, mikroiqlim ko‘rsatkichlari, namlik, tabiiy havo aeratsiyasi va xonaning tabbiy yoritilishining sezilarli issiqlik yuklama sharoitida yashovchi aholining hayot sifati va sanitariya-gigienik osoyishtaligiga ta’siri isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filialining muvofiqlashtirish ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 17 oktyabrda 81-24-son bilan tasdiqlangan «Seliteb mintaqalarni ko‘kalamzorlashtirish darajasini xududning mikroiqlim omillariga ta’sirini o‘rganish va profilaktik chora-tadbirlar ishlab chiqish» hamda «Aholi turar joylari atmosfera xavosini mikroiqlim omillariga ta’sirini o‘rganish va profilaktik chora-tadbirlarni ishlab chiqish» nomli uslubiy tavsiyanomalar mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi bo‘yicha 12.11.2024 yildagi 105-T-son hamda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi Buxoro shahar bo‘limi bo‘yicha 12.12.2024 yildagi 91-T-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 20-iyundagi 20/47-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: seliteb muhitni optimallashtirishning ijtimoiy ahamiyati katta va turli jihatlardan namoyon bo‘ladi. Ularning asosiy guruhlariga aholining hayot sifati va yaxshilash, ya’ni yashash, ishlash va dam olish uchun qulay joylar - odamlarning jismoniy va ruhiy salomatligiga ijobiy ta’sir qiladi. Ijtimoiy barqarorlik va xavfsizlikni oshirish, yaxshi rejalashtirilgan shahar muhiti jinoyatchilikni kamaytiradi, odamlar o‘zaro muomalalarini yaxshilaydi va umumiy xavfsizlikni ta’minlaydi. Iqtisodiy samaradorligi: Termiz shahrining 27,8 km2 umumiy maydonining 15% ko‘kalamzorlashtirish natijasida foyda turizm faoliyatidan yiliga 1000000 so‘m, sog‘liqni saqlash va ekologik vaziyatni sog‘lomlashtirishdan 750000 so‘m, havo tozaligi va energiya sarfining kamayishi tufayli 500000 so‘m jami 2250000 so‘mni tashkil etadi;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: issiq iqlim sharoitida aholi turar-joy xududlarining havosi sifati, tuproqning holati, xavfsiz suv ta’minoti, binolarning o‘lchami va joylashuvining sanitariya me’yorlariga muvofiqligi, tabiiy shamollatish va yoritilishi samaradorligi ko‘rsatkichlarini o‘z ichiga olgan turar-joy hududini tashkillashtirishni kompleks gigienik baholashning tartibi ishlab chiqilganligi bo‘yicha takliflar Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filialining muvofiqlashtirish ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 17 oktyabrda 81-24-son bilan tasdiqlangan «Seliteb mintaqalarni ko‘kalamzorlashtirish darajasini xududning mikroiqlim omillariga ta’sirini o‘rganish va profilaktik chora-tadbirlar ishlab chiqish» hamda «Aholi turar joylari atmosfera xavosini mikroiqlim omillariga ta’sirini o‘rganish va profilaktik chora-tadbirlarni ishlab chiqish» nomli uslubiy tavsiyanomalar mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi bo‘yicha 12.11.2024 yildagi 105-T-son hamda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi Buxoro shahar bo‘limi bo‘yicha 12.12.2024 yildagi 91-T-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 20-iyundagi 20/47-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: seliteb muhitni optimallashtirishning ijtimoiy ahamiyati katta va turli jihatlardan namoyon bo‘ladi. Ularning asosiy guruhlariga aholining hayot sifati va yaxshilash, ya’ni yashash, ishlash va dam olish uchun qulay joylar - odamlarning jismoniy va ruhiy salomatligiga ijobiy ta’sir qiladi. Ijtimoiy barqarorlik va xavfsizlikni oshirish, yaxshi rejalashtirilgan shahar muhiti jinoyatchilikni kamaytiradi, odamlar o‘zaro muomalalarini yaxshilaydi va umumiy xavfsizlikni ta’minlaydi. Iqtisodiy samaradorligi: Termiz shahrining 27,8 km2 umumiy maydonining 15% ko‘kalamzorlashtirish natijasida foyda turizm faoliyatidan yiliga 1000000 so‘m, sog‘liqni saqlash va ekologik vaziyatni sog‘lomlashtirishdan 750000 so‘m, havo tozaligi va energiya sarfining kamayishi tufayli 500000 so‘m jami 2250000 so‘mni tashkil etadi.