Mo‘ydinova Zilola Voxid qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Bojxona orqali harakatlanayotgan jismoniy shaxslar tovarlari iqtisodiy tahlilini takomillashtirish”. 08.00.08 – Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/Iqt5488
Ilmiy rahbar: Karimjanova Munavvar Ibragimovna , iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Bojxona qo‘mitasi Bojxona instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent Kimyo xalqaro universiteti, DSc.03/08.05.2025.I.133.01.
Rasmiy opponentlar: Nurmanov Ulug‘bek Anorbaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Sattorov Alisher Xasan o‘g‘li, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent. Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
II. Tadqiqotning maqsadi Bojxona orqali harakatlanayotgan jismoniy shaxslar tovarlari iqtisodiy tahlilini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy taklif hamda amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
jismoniy shaxslar tomonidan bojxona orqali harakatlanayotgan tovarlar iqtisodiy tahlilida “Marginal effect” (chekli ta’sir) modelini qo‘llash orqali bojxona to‘lovlarini hisoblashning aniqligi va prognostik qiymati oshirildi, mazkur yondashuv davlat byudjetiga undiriladigan bojxona to‘lovlari hajmini o‘rtacha 4,1 foizga oshirish imkonini berishi  asoslab berilgan;
bojxona organlari tomonidan ishlab chiqilgan elektron platforma orqali  jismoniy shaxslardan ortiqcha undirilgan bojxona to‘lovlarini g‘azna hisobvarag‘idan qaytarish faoliyatini avtomatlashtirish, iqtisodiy tahlil qilish va samaradorligini oshirishda kompleks moliyaviy-iqtisodiy  innovatsion raqamli echim sifatida dalillangan;
ekonometrik tahlil ko‘rsatkichlari asosida ishlab chiqilgan istiqbolli reja parametrlari, bojxona orqali harakatlanayotgan jismoniy shaxslar tovarlari bo‘yicha 2026 yil uchun undirilishi kutilgan bojxona to‘lovlarining aniq prognostikasini ta’minlovchi innovatsion vosita sifatida bojxona organlari faoliyatida tatbiq etish zarurati asoslab berilgan;
bojxona organlarida iqtisodiy tahlil tushunchasining mazmuni 
va qamrovi, bojxona tartib-taomillarining iqtisodiy jihatlarini sodir bo‘lishi, bojxona to‘lovlarining o‘zaro bog‘liq moddiy, texnik, tashkiliy, moliyaviy va innovatsion jarayonlar bilan integratsiyalashgan tahlili sifatida qayta sharhlanib, takomillashtirilgan mualliflik ta’rifi  ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Bojxona orqali  harakatlanayotgan jismoniy shaxslar tovarlarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
bojxona orqali harakatlanayotgan jismoniy shaxslar tovarlarini iqtisodiy tahlilida 16 o‘zgaruvchili “Marginal effect” usuli orqali ishlab chiqilgan formula asosida davlat byudjetiga undiriladigan bojxona to‘lovlari miqdorini aniqlashda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasining 2024 yil 23 avgustdagi 1/1-24-00058-sonli ma’lumotnomasi). Natijada ishlab chiqilgan formula asosida chegara bojxona postlari orqali harakatlanayotgan jismoniy shaxslar tovarlar miqdori va qiymati bir birlikka ortganda ulardan undiriladigan bojxona to‘lovlari 4,1 foizga qadar ortishi aniqlangan;
bojxona orqali harakatlanayotgan jismoniy shaxslar tovarlar miqdori va qiymatini aniqlash, ortiqcha undirilgan bojxona to‘lovlarini g‘azna hisobvarag‘idan pul mablag‘larini inson omilisiz qaytarishda kompleks iqtisodiy tahlil elektron platformasini yaratishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasining 2024 yil 23 avgustdagi 1/1-24-00058-sonli ma’lumotnomasi). Natijada bojxona orqali harakatlanayotgan jismoniy shaxslar tovarlar miqdori va qiymatini aniqlash, bojxona to‘lovlarini g‘azna hisobvarag‘idan pul mablag‘larini qaytarish yuzasidan tahlilini amalga oshirishda vaqt va xarajatlarni 15 kundan 1-3 kunga kamayishiga erishilgan; 
bojxona orqali harakatlanayotgan jismoniy shaxslar tovarlarini ekonometrik tahlil ko‘rsatkichlari acocida 2026 yilga mo‘ljallangan jismoniy shaxslardan undiriladigan bojxona to‘lovlarini istiqbol reja parametrlari ishlab chiqildi (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasining 2024 yil 23 avgustdagi 1/1-24-00058-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur prognozlarga ko‘ra 2026 yilgacha o‘sish sur’atlari istiqbol reja ishlab chiqilgan hamda yillik o‘sish sur’ati esa 1,3 foiz darajada bo‘lishi kutilmoqda va bu orqali, bojxona organlari faoliyati iqtisodiy samaradorligini yaxshilash uchun zarur bo‘lgan o‘zgarishlarni vaqtida aniqlab, innovatsion jarayonlarga samarali yo‘naltirish imkoniyatiga ega bo‘ladi;
“bojxona organlarida iqtisodiy tahlil” tushunchacini “bojxona tartib-taomillarining iqtisodiy jihatlarini sodir bo‘lishi va bojxona to‘lovlarining o‘zaro zarur moddiy, texnik, tashkiliy, moliyaviy,  innovatsion  jarayonlariga  bog‘liq tahlili” tapzida ifodalash acocida takomillashgan mualliflik ta’pifi “Financial reporting-1” o‘quv qo‘llanmacida qo‘llanilgan (O‘zbekicton Pecpublikaci Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazipligining 2025 yil 9 iyuldagi 258-con buypug‘i bilan tacdiqlangan mualliflik guvohnomaci). Ushbu taklifning jopiy qilinishi bojxona organlarida iqtisodiy tahlilining nazapiy-uclubiy jihatlapini takomillashtipishga va ta’lim cifatini oshipishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish