Pirnazarova Dilbarxon Abdullajon qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Poetik matnlarning lingvokognitiv tadqiqi (modern she’riyat tahlili misolida)”, 10.00.01 – O‘zbek tili ixtisosligi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Fil 3247
Ilmiy rahbar: Nabieva Dilora Abduxamidovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qo‘qon davlat universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Qo‘qon davlat universiteti, PhD.03/04.06.2021.Fil.132.01.
Rasmiy opponentlar: Azimov Inomjon Mamasodikovich, filologiya fanlari doktori(DSc), dotsent; Ganieva Shodiya Azizovna, filologiya fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbek tili va adabiyoti, folklori instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek modern she’riyatiga xos she’riy matnlarni lingvokognitiv aspektda tahlilga tortish asosida o‘zbek millatining idrok intizomini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
lingvistik birliklarga gnoseologik aspektda yondashgan holda obektiv olam va uning elementlari haqidagi axborotni kodlashtirish va dekodlashtirish bilan bog‘liq kognitiv mexanizmlarni o‘zida mujassam qilgan va kommunikatsiya jarayonining asosiy birligi bo‘lgan matnning kognitiv struktura ekanligi ochib berilgan;
matnning konseptual tuzilishini kognitiv strukturaning tayanch elementlari hisoblanuvchi GEShtalt piramida asosida tahlil qilish natijasida borliq uzvlarini konseptlashtirish va kategoriyalashtirish bilan bog‘liq muammolarni yoritishda metaforik tafakkurning o‘rni dalillangan;
shuningdek poetik matnlarda qo‘llanilgan ko‘chimlarning semantik strukturasini hamda shakliy-grafik tuzilishini tahlil qilish asosida olam manzarasini in’ikos etishda obrazli tasavvurlarning mavqeyi va ularning lisoniy voqelanish imkoniyatlari asoslangan;
modern she’riyati namunalarining lingvistik strukturasini, ularning shakliy va mazmuniy tarkibini, xususan, matnning fonetik, leksik-semantik, grammatik tarkibini tahlil qilish asosida o‘zbekona idrok intizomiga xos belgilar isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbek tilida she’riyat misolida poetik matnlarning lingvokognitiv tadqiqi, she’riy matnlarning shaxs lingvokognitiv tadqiq obyekti sifatidagi mavqeyi hamda uning idiomatik va lingvokognitiv tadqiq etish bo‘yicha olingan ilmiy natijalari asosida:
lingvistik birliklarga gnoseologik aspektda yondashgan holda obektiv olam va uning elementlari haqidagi axborotni kodlashtirish va dekodlashtirish bilan bog‘liq kognitiv mexanizmlarni o‘zida mujassam qilgan va kommunikatsiya jarayonining asosiy birligi bo‘lgan matnning kognitiv struktura ekanligiga oid dalillardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti tomonidan olib borilgan I-OT-2019-42 “O‘zbek va ingliz tillarining elektron (Inson qiyofasi, fe’l atvori, tabiat va milliy timsollar tasviri) poetik lug‘atini yaratishda mavzusidagi fundamental loyihani bajarishda foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2024-yil 20-dekabrdagi 04/1-4214-son ma’lumotnomasi). Natijada elektron poetik lug‘atning milliy timsollar tarkibining boyishiga manba bo‘lib xizmat qilgan.
Matnning konseptual tuzilishini kognitiv strukturaning tayanch elementlari hisoblanuvchi GEShtalt piramida asosida tahlil qilish natijasida borliq uzvlarini konseptlashtirish va kategoriyalashtirish bilan bog‘liq muammolarni yoritishda, shuningdek poetik matnlarda qo‘llanilgan ko‘chimlarning semantik strukturasini hamda shakliy-grafik tuzilishini tahlil qilish asosida olam manzarasini in’ikos etishda obrazli tasavvurlarning mavqeyi va ularning lisoniy voqelanish imkoniyatlariga oid xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti tom onidan olib borilgan IL – 52-21091433 “O‘zbek tili realiyalariga oid maqolalar bazasi platformasini yaratish (Vikipediya elektron platformasi mezonlari asosida)” mavzusidagi amaliy loyihani amalga oshirish jarayonida foydalanilgan.(Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2024-yil 20-dekabrdagi 04/1-4215-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, elektron platformaning o‘zbek tilining lingvokognitiv xususiyatlariga oid nazariy ma’lumotlar bilan boyishiga erishilgan.
Modern she’riyati namunalarining lingvistik strukturasini, ularning shakliy va mazmuniy tarkibini, xususan, matnning fonetik, leksik-semantik, grammatik tarkibini tahlil qilish asosida o‘zbekona idrok intizomiga xos belgilar aniqlashga doir ma’lumotlardan 2023-2024-yillarda “O‘zbekiston” Milliy teleradiokanalining “Ta’lim va taraqqiyot”, “Adabiy jarayon”, “O‘zbek she’riyati” nomli dasturlar ssenariysini yozishda va mazmunini boyitishda foydalanilgan. (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining “O‘zbekiston 24” ijodiy birlashmasi davlat muassasasining 2025-yil 7-fevraldagi 05-09-131-sonli ma’lumotnomasi). Natijada radiodasturlarning ta’sirchanligi ortgan, mazmunan mukammallashgan, ilmiy dalillarga boyligi ta’minlangan.