Karimov Nodirbek Shuxrat o‘g‘lining falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):
“Li Munyol qissa va hikoyalari badiiyati”, 10.00.05 – Osiyo va Afrika xalqlari tili va adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/Fil5019
Ilmiy rahbar Saydazimova Umida Turaxanovna, filologiya fanlari doktori, professor Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.21.01.
Rasmiy opponentlar: Ziyamuhamedov Jasur Tashpulatovich, filologiya fanlari doktori, professor; Shodmonov Nafas Namazovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Li Munyol qissa va hikoyalarida betakror badiiy xususiyatlarni ilmiy jihatdan asoslab berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
XX asrning ikkinchi yarmida uzoq asrlik xitoy madaniyati va san’ati, yapon istilosi davrida kirib kelgan g‘arb, yapon va rus adabiyoti, mafkuraviy kurashlar, harbiy boshqaruv davri ta’siriga tushgan zamonaviy adabiyot uchta bosqichda o‘rganilgan;
Li Munyol qissa va hikoyalarida ichki urushdan keyin yuzaga kelgan tartibsizliklar, madaniy qatlamdagi turli fikrlilik, ruhiy iztirob, ijtimoiy ziddiyatning inson tabiatiga ta’siri, axloqiy-ma’naviy tanazzul tasvirida muallif konsepsiyasi ochib berilgan;
avlodlar o‘rtasida azaliy qadriyatlar to‘qnashuvi, jamiyat va insoniyat ziddiyatlari, an’ana va yangilik o‘rtasidagi kurash mumtoz davr koreys nasrida yetakchilik qiluvchi uchta diniy falsafiy ta’limot hamda Ustoz-shogird, harbiy boshqaruv davrida askarlik xizmatidan qaytgan olibsotar obrazlarida ko‘rib chiqilgan;
muallif qo‘llagan ochiq, yopiq makon hamda zamonda koreys jamiyatining qisqa muddatli ozodlik, fuqarolar urushi, mafkuraviy bo‘linish, sanoatlashtirish hamda harbiy boshqaruv davri qiyofasi aks etganligi, davr muhitini berishda esa mamlakat armiyasi safiga olinayotgan yoshlar, askarlar, zobitlar, mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari, ibodatxona tarbiyalanuvchilari, o‘tmishini berkitish uchun rohiblik rutbasini kiygan insonlar kabi yangi badiiy obrazlarga murojaat qilganligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Zamonaviy koreys qissa va hikoyalarida tadqiqoti bo‘yicha ishlab chiqilgan uslubiy va amaliy takliflar asosida:
zamonaviy koreys yozuvchisi Li Munyol hikoyalarida davr va inson tasviri, harbiy boshqaruv ijtimoiy muhiti ta’sirida zo‘ravonlikka uchragan insonlarning ma’naviy olami, qahramon e’tiqodining o‘ziga xos xususiyatlari, adib yaratgan obrazlar tizimida koreys xalqi ruhiyatini anglash kabi masalalarni yoritishda ramziy timsollar, yangi tasvir vositalari bo‘yicha olingan ilmiy-nazariy natijalaridan Koreya Respublikasining Konyang Cyber universitetining. “2024-yil KF Next Generation Korean Teacher Course” kurs tinglovchilari uchun ma’ruzalar siklida foydalanilgan. (Konyang Cyber universitetining 16-aprel 2024-yildagi 118-39-sonli ma’lumotnomasi). Natijada Li Munyol hikoyalarining koreys nasri tarixidagi o‘rni, mazkur davr insoni botinidagi fojea, hikoya qahramonlari qismati bilan bog‘liq voqea-hodisalar tasvirida makon va zamon kabi masalalarning yangi talqini tamoyillarini aniqlashga xizmat qilgan;
yozuvchining “Qaqnus qushi” qissasida ustoz-shogird munosabatlariga oid xulosalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali”ning “Jahon adabiyoti”, “Adabiy jarayon”, “Ta’lim va taraqqiyot” kabi adabiy-badiiy, ma’naviy-ma’rifiy eshittirishlarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali”ning 2024-yil 31-oktyabrdagi 04-36-1149-sonli ma’lumotnomasi). Natijada yozuvchining badiiy niyati, inson ruhiyatini tasvirlashdagi mahorati, ustoz-shogird botinidagi insoniy qadriyatlar va oliy maqsadlar kabi masalalarga doir umumlashma xulosalarga kelingan;
O‘zbekiston-Koreya do‘stlik jamiyati tomonidan o‘tkazilgan turli ijobiy loyihalarda, yosh ijodkorlar to‘garaklar faoliyatida dissertatsiya ishi ilmiy natijalaridan foydalanilgan. (“O‘zbekiston-Koreya” Do‘stlik va ma’naviy-ma’rifiy aloqalar jamiyatining 2024-yil 7-oktyabrdagi № 11-24-sonli ma’lumotnomasi). Li Munyol hikoyalarida tarixdan saboq beruvchi ijtimoiy-siyosiy muhit, shaxs hayotidagi ruhiy iztiroblar, qiyinchiliklar, xotiralarda qolgan qaydlarning badiiy talqini masalalarini tahlil qilish zamonaviy koreys hikoyachiligida sifat o‘zgarishlar xususiyatlarini aniqlashga xizmat qiladi. Muallifning hikoya yaratish mahorati, hikoyalarida umuminsoniy g‘oyalar tasviri, hozirgi koreys hikoyalarining kompozisiyasi, muallif badiiy g‘oyasi, makon va zamon, yopiq va mavhum zamon, o‘xshash sarlavhali mavzular syujeti kabi muammolarni ilmiy tahlilga tortish muhimlik kasb etadi. Natijada, koreys va o‘zbek xalqlarining ikki tomonlama madaniy, ilmiy munosabatlarini chuqurlashtirishga erishilgan.