Zaynobidinova Irodaxon Mardonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i):
“Fe’lning olam lisoniy manzarasini aks ettirishdagi o‘rni (o‘zbek va ingliz tillari misolida)”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Fil.3670.
Ilmiy rahbar: Shaxabitdinova Shoxida Xoshimovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat chet tillari instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa, IK raqami: Andijon davlat chet tillari instituti, DSc.03/29.12.2022.Fil.156.01.
Rasmiy opponentlar: Mirzoxidova Muyassar Inomjonovna, filologiya fanlari doktori, professor; Toirova Nargiza Isakovna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek va ingliz tillarining morfologik strukturasida fe’lning o‘ziga xos o‘rnini belgilash, morfologik sath doirasi va uning turli kategoriyalari misolida olamning lisoniy manzarasini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ingliz tilida imkoniyat, ehtimollik, zarurat va boshqa modallikni ifodalovchi maxsus modal fe’llarning mavjudligi hamda modallikning maxsus fe’l bilan ifodalanishi o‘zbek tiliga xos emasligi asoslab berilgan;
ingliz tilida fe’l asosli alohida sodda gap (ega+kesim) bilan ifoda etiluvchi (I guess, I think) konstruksiyalar o‘zbek tilida modal ma'noli (menimcha, mening fikrimcha, nazarimda) kirish birikma konstruksiyasi bilan ifodalanishi asoslangan;
o‘zbek tilida fe’l va ism turkumiga mansub so‘zlar tilning mazmuniy yadrosini tashkil etishi, ingliz tilida esa fe’llar mazmuniy va grammatik so‘z turkumligi: fe’lsiz gap mavzusi va sodir bo‘layotgan harakatni ko‘rsatish imkonsizligi isbotlangan.;
fe’lning o‘zbek va ingliz tillarida faollik darajasi korpuslar va lug‘atlar asosida ko‘rsatilib, o‘zbek tilida fe’llar otlardan keyin, ingliz tilida esa ot va sifatlardan keyin turishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Fe’lning olam lisoniy manzarasini aks ettirishdagi o‘rni (o‘zbek va ingliz tillari misolida) yuzasidan olib borilgan tadqiqot ilmiy xulosa va ilmiy natijalari asosida:
ingliz tilida imkoniyat, ehtimollik, zarurat va boshqa modallikni ifodalovchi maxsus modal fe’llarning mavjudligi hamda modallikning maxsus fe’l bilan ifodalanishiga oid ilmiy xulosa va natijalardan Andijon davlat universitetida 2022-2023-yillarda bajarilgan “№ IL-402104213. O‘zbek tilida elektron lingvistik ensiklopedik lug‘at ishlab chiqish” davlat innovatsion-tadqiqot dasturlari doirasidagi loyihada ixtisoslashgan atamalar tavsifida foydalanilgan (Andijon davlat universitetining 2023-yil 14-dekabrdagi №39-01-2731-son ma’lumotnomasi). Natijada, olam lisoniy manzarasi tavsifida qo‘llaniluvchi ayrim birliklarining o‘ziga xosliklari ochib berilgan;
o‘zbek tilida fe’l va ism turkumiga mansub so‘zlar tilning mazmuniy yadrosini tashkil etishi, ingliz tilida esa fe’llar mazmuniy va grammatik so‘z turkumligi: fe’lsiz gap mavzusi va sodir bo‘layotgan harakatni ko‘rsatish imkonsizligiga xos jihatlar bilan bog‘liq ilmiy hulosa va natijalaridan Andijon davlat universitetida 2017-2020-yillarda bajarilgan “OT-F1-18. Ommaviy lisoniy madaniyatni shakllantirish metodlar va metodologiyasini ishlab chiqish” davlat fundamental-tadqiqot doirasidagi loyihada foydalanilgan (Andijon davlat universitetining 2024-yil 24-apreldagi №39-01-487-son ma’lumotnomasi). Natijada, lisoniy madaniyatni ta’minlashga oid metodologiya nutq vositalariga doir yangi nazariy qarashlar bilan boyitilgan;
fe’lning o‘zbek va ingliz tillarida faollik darajasi korpuslar va lug‘atlar asosida tahlili natijalari va materiallaridan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali DUK “Madaniy-ma’rifiy va badiiy eshittirishlar” muharririyati tomonidan tayyorlangan “Ta’lim va taraqqiyot”, “Millat va ma’naviyat”, “Adabiy jarayon”, “Jahon adabiyoti” nomli eshittirishlarida (2024-yil aprel va may oylari) foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2024-yil 27-maydagi 04-36-6791-son ma’lumotnomasi). Natijada, eshittirishlarning ilmiy saviyasi ortgan hamda olam manzarasi, asosiy tushuncha va tamoyillari, makon va zamon kategoriyasi kognitiv tadqiqi amalga oshirilib, turli funksional uslublardagi matnlardagi feʼllar orqali olamni modellashtirish asoslari hamda paradigmasi yaratilganligini shakllantirish orqali ko‘rsatib berish kabi jihatlarida o‘ziga xoslik ta’minlangan.