Yuldasheva Dilnavoz Xasanovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Gastroezofageal reflyuks kasalligi klinik, endoskopik manzarasi va terapiyasini reflyuksat muhitiga aloqadorligi», 14.00.05–Ichki kasalliklar (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD /Tib29.
Ilmiy rahbar: Orziev Zavqiddin Mansurovich, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi DSc.27.06. 2017.Tib.30.02.
Rasmiy opponentlar: Karimov Mirvasit Mirvasikovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Rustamova Mamlakat Tulabaevna, tibbiyot fanlari doktori, professor
Yetakchi tashkilot: Andijon tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: gastroezofageal reflyuks kasalligi klinik va endoskopik manzarasi belgilarining namoyon bo‘lish ko‘lami xususiyatlari va muolajasining terapevtik samaradorligi reflyuksat rN muhit turiga aloqador jihatlarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk marta reflyuksat rN muhiti ko‘rsatkichini ishonchli aniqlashga imkon beruvchi kompleks usul klinik amaliyotda qo‘llanilgan va uning imkoniyati baholangan;
gastroezofageal reflyuks kasalligi klinik va endoskopik manzarasi namoyon bo‘lish jarayoni reflyuksat rN muhit turiga aloqador jihatlarining shu kunga qadar mavhum bo‘lib turgan xususiyatlari asoslangan;
reflyuksat rN muhit aniq ko‘rsatkichiga tayangan holda gastroezofageal reflyuks kasalligi muolajasi turini taklif etish uning terapevtik samaradorlik imkoniyatini sezilarli darajada oshirishi asoslangan;
sog‘liqni saqlash tizimining birlamchi bo‘g‘inlarida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan shifokorlarning kundalik klinik amaliyoti davomida foydalanishi jihatdan qulay bo‘lgan gastroezofageal reflyuks kasalligi tashxisi va muolajasi taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Gastroezofageal reflyuks kasalligi klinik, endoskopik manzarasi va terapiyasini reflyuksat muhitiga aloqadorligini baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Gastroezofageal reflyuks kasalligi tipik shaklining klinik alomatlari miqdoriy ko‘rsatkichlarining diagnostik ahamiyati» mavzusidagi uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 7 dekabrdagi 8n-d/266-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma kasallikning asosiy klinik alomatlarining miqdoriy baholash, ambulator sharoitda uning erta tashxislash imkonini bergan;
«Gastroezofageal reflyuks kasalligi pog‘onalari optimizatsiyalashtirilgan muolaja usulining samaradorligi» uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 7 dekabrdagi 8n-d/266-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma GERK bilan xastalangan bemorlarni davolashning optimal variantlarini tanlash imkonini bergan;
gastroezofageal reflyuks kasalligi klinik, endoskopik manzarasi va terapiyasini reflyuksat muhitiga aloqadorligi baholash samaradorligi oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Buxoro shahar shifoxonasi va Buxoro viloyati Jondor tuman terapiya bo‘limlari amaliyotida tatbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 26 fevraldagi 8n-z/32-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalarning amaliyotga tadbiq etilishi gastroezofagal reflyuks kasalligining erta tashxisini ta’minlash bilan bir qatorda muolajasi samaradorligini sezilarli darajada oshirgan, kasallikning mintaqada tarqalishi va nogironlik ko‘rsatkichlarining pasayishiga olib kelgan, davolash xarajatlarini 20%ga, bemorlarning shifoxonada bo‘lish vaqtini 2 kunga kamaytirib, bemorlarning hayot sifatining yaxshilash imkonini bergan.