Abdullaeva Zahira Bahodirovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekistonida fuqarolik jamiyati rivojlanishining mafkuraviy omillari”
09.00.06 – G‘oyalar tarixi va metodologiyasi (falsafa fanlari)
 Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/Fal435
Ilmiy rahbar: Mavlonov Jo‘rabek Yorqil o‘g‘li siyosiy fanlar doktori, dotsent 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti.
 IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.F.01.14. 
Rasmiy opponentlar: Ochilova Baxti Murodovna falsafa fanlari doktori, professor; Musaev Faxriddin Abdusattarovich falsafa fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat unverseteti 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy-amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi fuqarolik jamiyatini rivojlantirishda mafkuraviy omillarning falsafiy-ilmiy asoslarini tahlil qilish, jahon va milliy tajriba asosida ularning ta’sir mexanizmlarini aniqlash, hamda mafkuraviy barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan g‘oyaviy yondashuvlarni ilmiy jihatdan asoslab berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
fuqarolik jamiyatini rivojlantirishda mafkuraviy omillarning falsafiy va aksiologik jihatlarining tahlili asosida fuqarolik jamiyatining g‘oyaviy zamini va insonning ma’naviy-axloqiy kamolotga intilishi o‘rtasidagi ichki bog‘liqlikning metodologik ahamiyati ochib berilgan;
jahon tajribasi asosida mafkuraviy ta’sirning liberal, neomilitaristik, populistik va konservativ kabi modellarning mutanosibligi qiyosiy tahlil etilgan va ushbu modellarning fuqarolik jamiyatining shakllanishidagi o‘rni va O‘zbekiston inson qadri g‘oyasi asosidagi modelining mohiyati ilmiy asoslangan;
global axborot makonida namoyon bo‘layotgan mafkuraviy xurujlarning O‘zbekistonda fuqarolik jamiyatini shakllantirish jarayoniga salbiy ta’siri tizimlashtirilgan va bunda milliy mafkuraviy immunitetni shakllantirishning g‘oyaviy mexanizm sifatidagi ijtimoiy ahamiyati ochib berilgan;
fuqarolik jamiyatini mustahkamlashda mafkuraviy barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan falsafiy-nazariy yondashuv modeli ishlab chiqilgan, unda inson ongiga ta’sir etuvchi ichki va tashqi mafkuraviy omillar o‘zaro bog‘liq holda tahlil qilinib, ularni bartaraf etishning mexanizmlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekistonda fuqarolik jamiyatini rivojlantirishning mafkuraviy omillarini amalga oshirish borasida olingan tadqiqot ishi natijasi, xususan:
fuqarolik jamiyatini rivojlantirishda mafkuraviy omillarning falsafiy-ontologik va aksiologik asoslari ilmiy jihatdan chuqur tahlil qilinib, bu orqali fuqarolik jamiyatining g‘oyaviy zamini va insonning ma’naviy-axloqiy kamolotga intilishi o‘rtasidagi ichki bog‘liqlikning metodologik jihatlariga oid xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining ijtimoiy loyihalarida amaliyotga tadbiq qilingan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 1-avgustdagi 04/17-2577-raqamli ma’lumotnomasi). Natijalar, fuqarolik jamiyatida sun’iy intellektdan to‘g‘ri foydalanish insoniy qadriyatlarni asrashning omili ekanligini tushunishga xizmat qilgan;
Jahon tajribasi asosida mafkuraviy ta’sirning turli shakllari – liberal, neomilitaristik, populistik va konservativ modellar kontekstida tahlil qilinganligi va ushbu modellarining fuqarolik jamiyatining shakllanishiga bo‘lgan ta’sirining qiyosiy tahlili asosida, ularning ilmiy mohiyati ochib berilganligiga oid xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Navoiy viloyati Oila va xotin-qizlar boshqarmasi tomonidan tashkil etilgan O‘zbekistonda fuqarolik jamiyatini rivojlantirishda gender tenglik, ijtimoiy faollik va gumanistik qadriyatlarni kuchaytirishga yo‘naltirilgan innovatsion g‘oyalar bo‘yicha o‘tkazilgan seminar-trening va tadbirlarda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan 2025-yil 13-oktyabrdagi 02-02/1533-sonli ma’lumotnomasi). Natijalar, o‘tkazilgan tadbirlar va seminar-treninglar sifati, mazmunining ortishida hamda xotin-qizlarning muammolari, ehtiyojlari va qiziqishlarini o‘rganish, tizimli tahlil qilish va muammolarni hal etishga xizmat qilgan;
O‘zbekiston¬da fuqarolik jamiyatini shakllantirish jarayonidagi mafkuraviy zaifliklar va global axborot xurujlari ta’siri ilmiy asosda tizimlashtirilgan va bunda milliy mafkuraviy immunitetni shakllantirishning g‘oyaviy mexanizmlari hamda ularning falsafiy-amaliy jihatlarining ahamiyatiga oid xulosalardan Navoiy viloyat Ma’naviyat va ma’rifat kengashining 2025-yilga mo‘ljallangan “Yo‘l xaritasi”ning IV bo‘lim, 28-band doirasida belgilangan “Hudud o‘ziga xosligini inobatga olgan holda o‘rganishlar va tahlillarga asoslangan, ilmiy jihatdan asoslangan ’Ijtimoiy loyiha’ ishlab chiqish va uni eksperiment tarzida sinovdan o‘tkazish” vazifasini bajarishda foydalanilgan. (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi 2025-yil 20-oktyabrdagi 03-1276-sonli ma’lumotnomasi). Natijalar, O‘zbekistonda olib borilayotgan ma’naviy-ma’rifiy va siyosiy jarayonlarning mazmun-mohiyatini yoritishda, to‘li ijtimoiy loyihalarni yaratishga ilmiy manba bo‘lib xizmat qilgan;
Fuqarolik jamiyatini mustahkamlashda mafkuraviy barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan kompleks falsafiy-nazariy yondashuv modeli ishlab chiqilgani, unda inson ongiga ta’sir etuvchi ichki va tashqi mafkuraviy omillar o‘zaro bog‘liq holda tahlil qilinib, ularni bartaraf etishning ilmiy asoslangan mexanizmlari ishlab chiqilgani haqidagi xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining 2025–2029 yillarga mo‘ljallangan saylovoldi dasturining (Milliy va umuminsoniy qadriyatlarga tayan¬gan jamiyat barpo etish bobining 5.1 Davlat va jamoat tashkilotlari boshqaruvini takomillashtirish hamda 5.1.3. Mahalliy davlat hokimiyati, o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini takomillashtirish, fuqarolik jamiyatini rivojlantirish) yo‘nalishlarda keltirilgan vazifalarga mos kelishi inobatga olinib, xodimlarning ijtimoiy-siyosiy yo‘nalishdagi bilim va ko‘nikmalarini oshirishda hamda mafkuraviy targ‘ibot ishlarida foydalanilgan. (O‘zMTDP Markaziy kengashi, 13-oktyabrdagi 02/01-93-sonli ma’lumotnomasi). Natijalar, “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi elektoratining siyosiy faoliyatini takomillashtirish, mafkuraviy ongini oshirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish