Raxmanov Dmitriy Qalandarovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i) nomi “Parlament faoliyatini ilmiy-ekspert ta’minlash” (Nauchno-ekspertnoe obespechenie deyatel`nosti parlamenta), 12.00.11. – Parlament huquqi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Yu1262.
Ilmiy rahbar: Otaxonov Foziljon Xaydarovich, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat yuridik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat yuridik universiteti, DSc.07/30.12.2019.Yu.22.02.
Rasmiy opponentlar: yuridik fanlar doktori (DSc), professor Yakubov Shuxrat Ummatalievich, yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Abbosxonov Toirxon Xasan o‘g‘li.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Qonunchilik va huquqiy siyosat instituti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston Respublikasi Parlamenti faoliyatini ilmiy-ekspert jihatdan ta’minlashning konstitutsiyaviy-huquqiy asoslarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy asoslangan takliflar va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
parlament faoliyatining ilmiy tarkibiy qismini kuchaytirish maqsadida nafaqat parlamentning o‘zi, balki uning yordamchi xizmatlari, xususan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari instituti o‘z ishiga vazirliklar, idoralar hamda ilmiy-tadqiqot va ta’lim muassasalarining olimlarini va mutaxassislarini jalb etishi maqsadga muvofiq ekanligi asoslangan;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari instituti qoshida parlament faoliyatiga ilmiy va ekspert ko‘mak ko‘rsata oladigan Ilmiy-ekspert kengashini tashkil etish to‘g‘risidagi taklif asoslantirilgan;
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari institutining asosiy vazifalari qatoriga Qonunchilik palatasiga kiritilgan qonun loyihalarini ilmiy ekspertizadan o‘tkazishni kiritish zarurligi asoslangan;
Parlament tadqiqotlari institutining ilmiy, axborot-tahliliy materiallarni tayyorlash uchun olimlar va mutaxassislardan iborat ishchi guruhlarni, shu jumladan shartnoma asosida tuzish huquqiga oid taklif asoslantirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqot ishi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar quyidagilarda foydalanilgan:
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari Institut o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifa va funksiyalarni bajarish uchun ilmiy, axborot-tahliliy materiallarni, qonunlar loyihalarini tayyorlash, tadbirlar o‘tkazish hamda Institutning vakolatiga kiruvchi boshqa vazifalarni amalga oshirish uchun olimlar, mutaxassislar orasidan ishchi guruhlar tashkil etish, shu jumladan, shartnoma asosida tashkil etish huquqini berish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining 2023-yil 2-maydagi “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari institutini tashkil etish to‘g‘risida”gi 3129-IV-sonli Qaror bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari instituti to‘g‘risidagi nizomning 3-bobi 7 bandini ishlab chiqish jarayonida foydalanilgan. Mazkur qaror bilan Institut to‘g‘risidagi Nizomning yangi tahriri tasdiqlandi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari institutining 2025-yil
17-fevral №3/dn-32-son dalolatnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida Institutga vazirlik, idora, ilmiy-tadqiqot va ta’lim muassasalarining olim va mutaxassislarini jalb qilish vakolati biriktirildi;
Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari instituti huzurida Ilmiy-ekspert kengashini maslahat organi sifatida tashkil etish, uning tarkibiga etuk olimlar, amaliyotchilar, tadbirkorlik subektlarining, fuqarolik jamiyati institutlarining vakillari kiritish haqidagi taklifi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining 2023-yil 2-maydagi “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari institutini tashkil etish to‘g‘risida”gi 3129-IV-sonli Qaror bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari instituti to‘g‘risidagi nizomning 5-bobi 19 bandini ishlab chiqish jarayonida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari institutining 2025-yil 17-fevral
№3/dn-31-son dalolatnomasi). Mazkur qaror bilan Institut to‘g‘risidagi Nizomning yangi tahriri tasdiqlandi. Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida Institutga vazirlik, idora, ilmiy-tadqiqot va ta’lim muassasalarining olim va mutaxassislarini jalb qilish vakolati biriktirildi;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari institutining asosiy vazifalari qatoriga Qonunchilik palatasiga kiritilgan qonun loyihalarining ilmiy ekspertizasini o‘tkazish kiritilishi lozimligi to‘g‘risidagi taklif O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining 2023-yil 2-maydagi “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzurida Parlament tadqiqotlari institutini tashkil etish to‘g‘risida”gi 3129-IV-sonli qarorining 4-bandini tayyorlashda, shuningdek, mazkur qaror bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari instituti to‘g‘risidagi nizomning 2-bobi 5 va
6-bandlarida tayyorlashda inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari institutining 2024-yil
24-dekabr №3/08-265-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning amalga oshirilishi Qonunchilik palatasiga kiritilgan qonun loyihalarining ilmiy asoslantirilganligini ta’minlashga, qonun loyihalarini ilmiy ekspertizadan o‘tkazish institutini mustahkamlashga xizmat qiladi;
Institutning unga yuklangan vazifalarni bajarish maqsadida Qonunchilik palatasiga kiritilgan qonun loyihalarini ilmiy ekspertizadan o‘tkazish va uning natijalari bo‘yicha xulosa berish funksiyasini amalga oshirish haqidagi taklifi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining 2023-yil 2-maydagi 3129-IV-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari institutini tashkil etish to‘g‘risida”gi Qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari instituti to‘g‘risidagi nizomning 2-bobi
6-bandining “g” kichik bandini ishlab chiqish jarayonida foydalanildi. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari institutining 2025-yil 17-fevral №3/dn-29-son dalolatnomasi). Mazkur taklifni amaliyotga tatbiq etish Institutning faoliyatida, ayniqsa qonun loyihalarini ilmiy ekspertizadan o‘tkazishda, ilmiy tarkibiy qismni kuchaytirishga yordam berdi.
Mazkur dissertatsiya xulosalari asosida ishlab chiqilgan parlament faoliyatini ilmiy-ekspert jihatdan ta’minlashni takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar qabul qilingan.