Yusufaliev Shohzodjon Zafar o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi haqida e’lon

I.    Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):  “XIX asr ikkinchi yarmi – XX asr boshlarida Turkiston o‘lkasining faunasi va ovchilik tarixi”, 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/Tar
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/27.09.2024.Tar.72.07 raqamli Ilmiy kengash 
Ilmiy  rahbar: Tursunov Ravshan Normuratovich - tarix fanlar doktori, professor;
Rasmiy opponentlar: G‘afforov Shokir Safarovich - tarix fanlari doktori, professor; Raxmonov Rashit Raximovich - biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent; 
Yetakchi tashkilot:  Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti
Dissertatsiya  yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga  molik.
II. Tadqiqotning maqsadi XIX asr ikkinchi yarmi – XX asr boshlarida Turkiston o‘lkasining faunasi va ovchilik tarixini yoritib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi
O‘lkada ovchilikning shakllanishining tarixiy ildizlari ochib berilganligi, XX asr boshidan Rossiya imperiyasi va Turkiston general-gubernatorligi o‘lkada chorva hayvonlarini yanada ko‘paytirish, ularni turli yuqumli kasalliklarga chalinishini oldini olish borasida qator chora-tadbirlar ishlab chiqganligi, xususan, Turkiston o‘lkasida hayvonlarni nazorat qilish, ularni davolash bo‘yicha veterinariya inspetori va veterinariya shifokori kabi lavozimlar joriy etilib, ularning faoliyati yo‘lga qo‘yilganligi dalillangan; 
1892-yil 3-fevralda Rossiya imperiyasida “Ovchilik to‘g‘risida”gi Qonunning qabul qilinishi, keyinchalik uning Turkiston general-gubernatorligi hududida ham tadbiq etish maqsadida amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida Turkiston o‘lkasida hayvonot olamini muhofaza qilish yo‘lidagi huquqiy asoslarning shakllanishi ilmiy jihatdan asoslangan;
XX asr boshlarida Turkiston general-gubernatorligi tomonidan o‘lkada ovchilik bo‘yicha yangi qonun loyihalarini ishlab chiqilishi, ov qilish muddatlarini belgilanishi, o‘rmonlardan ovchilik uchun foydalanish va ovchilikni tartibga solish, tadbirkor-ovchilarning tustovuqlarni ovlashga bo‘lgan huquqi ustidan qat’iy tartib o‘rnatilishi, 1899-1900-yillardagi qattiq sovuq oqibatida nobud bo‘lgan tustovuqlar ko‘payishiga imkoniyat yaratish uchun ularni ovlashni bir necha yil muddatga butunlay taqiqlanishi, o‘lkasidagi yo‘lbarslarning ovlash jarayonlari, ularning qirilib ketishi sabablari, yirtqich hayvonlarning ovlashga esa aholiga turli imtiyozlar berilishi hukumatni faunaning turlariga nisbatan muhofazasida farqlar mavjudligi aniqlashtirilgan; 
1898-yilning 3-iyunida Sirdaryo viloyatida “Toshkent ovchilik jamiyati”, 1898-yilning 11-iyulida Kaspiyorti viloyatida “To‘g‘ri ov qilish Kaspiyorti jamiyati”, 1899-yilning 12-fevralida esa Ettisuv viloyatida “To‘g‘ri ov qilish Semipalatinsk jamiyati” tashkil etilganligi, Toshkent ovchilik jamiyatining Nizomi tasdiqlanganligi, mazkur jamiyatning faoliyati hamda Turkiston general-gubernatorligining ovchilikka oid topshiriqlarini hududlardagi ijro holati dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. XIX asrning ikkinchi yarmi – XX asr boshlarida Turkiston o‘lkasining faunasi va ovchilik tarixiga oid ishlab chiqilgan ilmiy xulosa va takliflar asosida:
O‘lkada ovchilikning shakllanishining tarixiy ildizlari ochib berilganligi, XX asr boshidan Rossiya imperiyasi va Turkiston general-gubernatorligi o‘lkada chorva hayvonlarini yanada ko‘paytirish, ularni turli yuqumli kasalliklarga chalinishini oldini olish borasida qator chora-tadbirlar ishlab chiqganligi, xususan, Turkiston o‘lkasida hayvonlarni nazorat qilish, ularni davolash bo‘yicha veterinariya inspetori va veterinariya shifokori kabi lavozimlar joriy etilib, ularning faoliyati yo‘lga qo‘yilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlardan “O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Taqdimot” ko‘rsatuvining ssenariylarini tayyorlashda keng foydalanildi (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “Ma’rifat” ijodiy birlashmasi” davlat muassasasining 2025-yil 20-oktyabrdagi 01-33/788-son ma’lumotnomasi). Berilgan ma’lumotlar “Taqdimot” ko‘rsatuvining ssenariylarini yanada boyitishga va aholining ekologik madaniyatini oshishiga xizmat qilgan.
1892-yil 3-fevralda Rossiya imperiyasida “Ovchilik to‘g‘risida”gi Qonunning qabul qilinishi, keyinchalik uning Turkiston general-gubernatorligi hududida ham tadbiq etish maqsadida amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida Turkiston o‘lkasida hayvonot olamini muhofaza qilish yo‘lidagi huquqiy asoslarning shakllanishi haqidagi ma’lumotlardan “O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Taqdimot” ko‘rsatuvining ssenariylarini tayyorlashda keng foydalanildi (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “Ma’rifat” ijodiy birlashmasi” davlat muassasasining 2025-yil 20-oktyabrdagi 01-33/788-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalarining amaliyotga joriylantirilishi teletomoshabinlarda XIX asr oxiri - XX asr boshlarida Turkiston o‘lkasining tabiati va hayvonot olamini borasidagi qarashlarini boyitishga xizmat qildi.
XX asr boshlarida Turkiston general-gubernatorligi tomonidan o‘lkada ovchilik bo‘yicha yangi qonun loyihalarini ishlab chiqilishi, ov qilish muddatlarini belgilanishi, o‘rmonlardan ovchilik uchun foydalanish va ovchilikni tartibga solish, tadbirkor-ovchilarning tustovuqlarni ovlashga bo‘lgan huquqi ustidan qat’iy tartib o‘rnatilishi, 1899-1900-yillardagi qattiq sovuq oqibatida nobud bo‘lgan tustovuqlar ko‘payishiga imkoniyat yaratish uchun ularni ovlashni bir necha yil muddatga butunlay taqiqlanishi, o‘lkasidagi yo‘lbarslarning ovlash jarayonlari, ularning qirilib ketishi sabablari, yirtqich hayvonlarning ovlashga esa aholiga turli imtiyozlar berilishi hukumatni faunaning turlariga nisbatan muhofazasida farqlar mavjudligi borasidagi ma’lumotlardan O‘zbekiston Ekologik partiyasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasida biologik xilma-xillikni saqlash strategiyasining 6-bobi (Biologik xilma-xillikni saqlab qolish bo‘yicha harakatlarning asosiy yo‘nalishlari)da belgilangan vazifalarning ijrosi doirasida foydalanildi (O‘zbekiston ekologik partiyasining 2025-yil 27-oktyabrdagi 02/421-son ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy natijalar partiyaning biologik xilma-xillikni asrash kabi asosiy faoliyat yo‘nalishlarining samaradorligini yanada oshirishga xizmat qildi.
1898-yilning 3-iyunida Sirdaryo viloyatida “Toshkent ovchilik jamiyati”, 1898-yilning 11-iyulida Kaspiyorti viloyatida “To‘g‘ri ov qilish Kaspiyorti jamiyati”, 1899-yilning 12-fevralida esa Ettisuv viloyatida “To‘g‘ri ov qilish Semipalatinsk jamiyati” tashkil etilganligi, Toshkent ovchilik jamiyatining Nizomi tasdiqlanganligi, mazkur jamiyatning faoliyati hamda Turkiston general-gubernatorligining ovchilikka oid topshiriqlarini hududlardagi ijro holati to‘g‘risidagi natijalardan O‘zbekiston Respublikasi Ovchilar va baliqchilar sport birlashmasi dasturida belgilangan vazifalarni ijrosi doirasida hamda birlashmaning tarixini yangi ilmiy dalillar bilan boyitishda keng foydalanildi (O‘zbekiston Respublikasi Ovchilar va baliqchilar sport birlashmasi 2025-yil  2-oktyabrdagi 07/11-48-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalarining joriylanishi Ovchilar va baliqchilar sport birlashmasining shakllanishi tarixining yangi ma’lumotlar bilan boyishiga hamda uning faoliyatini rivojlantirishga xizmat qildi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish