Mirzatillaev Jahongir O‘ktamjon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Tergov organlarining xorijiy davlatlar vakolatli organlari bilan o‘zaro hamkorligini takomillashtirishning protsessual tartibi”, 12.00.09 – “Jinoyat protsessi. Kriminalistika, tezkor-qidiruv huquq va sud ekspertizasi”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/Yu157.
Ilmiy rahbar: Karimova Dilrabo Ergashevna, yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi, DSc.31/30.12.2019.Yu.25.02.
Rasmiy opponentlar: yuridik fanlar doktori, professor Murodov Baxtiyor Bahodirovich, yuridik fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent Abduraximov Muxtor Xodjiakbarovich.
Yetakchi tashkilot: Jahon iqtisodiyoti va Diplomatiya universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi jinoyat ishlari bo‘yicha xorijiy davlatlarning vakolatli organlari bilan xalqaro hamkorlikning jinoyat-protsessual, kriminalistik jihatlarini tavsiflash va to‘plangan amaliyotni umumlashtirish, ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
protsessual harakatlarni xorijiy davlat hududida bajarish to‘g‘risidagi so‘rovda aniqlanishi lozim bo‘lgan holatlar bayoni, shuningdek, so‘ralayotgan hujjatlar, ashyoviy, yozma, raqamli va boshqa dalillar ro‘yxati bo‘lishi kerakligi asoslantirilgan;
sud, prokuror, tergovchi, surishtiruvchi xorijiy davlatning tegishli vakolatli organidan kelib tushgan, o‘zlariga belgilangan tartibda topshirilgan protsessual harakatlarni bajarish to‘g‘risidagi so‘rovni O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq yoki o‘zarolik prinsipi asosida ijro etishi shartligi asoslab berilgan;
protsessual harakatlarni bajarish to‘g‘risidagi so‘rovni ijro etishda ushbu Kodeks normalari qo‘llanishi, agar bu O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligiga zid bo‘lmasa xorijiy davlat vakolatli organining iltimosi bo‘yicha, xorijiy davlatning protsessual qonunchiligi normalari qo‘llanilishi mumkinligi asoslantirilgan;
agar so‘rov O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligiga zid bo‘lsa yoki uning ijrosi O‘zbekiston Respublikasi suverenitetiga yoxud xavfsizligiga zarar yetkazishi mumkin bo‘lsa, u ijro etilmasdan qaytarib yuborishi kerakligi asoslab berilgan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqot natijalaridan quyidagilarda foydalanilgan:
protsessual harakatlarni xorijiy davlat hududida bajarish to‘g‘risidagi so‘rovda aniqlanishi lozim bo‘lgan holatlar bayoni, shuningdek so‘ralayotgan hujjatlar, ashyoviy, yozma, raqamli va boshqa dalillar ro‘yxati bo‘lishi kerakligiga oid takliflardan O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 21-noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga raqamli dalillar bilan ishlash tizimini takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-1003-son Qonunining 1-moddasi 48-bandiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi “Sudlar, prokurorlar, tergovchilar va surishtiruv organlarining xorijiy davlatlar vakolatli organlari bilan o‘zaro hamkorligining tartibi to‘g‘risidagi asosiy qoidalar” nomli 64-bobi “Protsessual harakatlarni xorijiy davlat hududida bajarish to‘g‘risidagi so‘rovning mazmuni va shakli” nomli 593-moddasi birinchi qism beshinchi bandini ishlab chiqishda foydalanilagan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Mudofaa va xavfsizlik qo‘mitasining 04/5-10-4297-sonli dalolatnomasi). Ushbu taklifning joriy etilishi huquqni qo‘llash amaliyotida protsessual harakatlarni xorijiy davlat hududida bajarish to‘g‘risidagi so‘rovlarni sifatli rasmiylashtirish va isbotlanishi lozim bo‘lgan holatlarga aniqlik kiritishga xizmat qilgan;
sud, prokuror, tergovchi, surishtiruvchi xorijiy davlatning tegishli vakolatli organidan kelib tushgan, o‘zlariga belgilangan tartibda topshirilgan protsessual harakatlarni bajarish to‘g‘risidagi so‘rovni O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq yoki o‘zarolik prinsipi asosida ijro etishiga oid takliflardan O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 6-sentyabrdagi “Surishtiruv instituti takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” O‘RQ-442-sonli Qonunining 2-moddasi 137-bandiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi “Sudlar, prokurorlar, tergovchilar va surishtiruv organlarining xorijiy davlatlar vakolatli organlari bilan o‘zaro hamkorligining tartibi to‘g‘risidagi asosiy qoidalar” nomli 64-bobi “Protsessual harakatlarni bajarish to‘g‘risidagi so‘rovni O‘zbekiston Respublikasi hududida ijro etish” nomli 595-moddasi birinchi qismini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Mudofaa va xavfsizlik qo‘mitasining 04/5-10-4297-sonli dalolatnomasi). Ushbu taklifning inobatga olinishi jinoyat ishlari yuzasidan vakolatli davlat organlarining xorijiy davlatlar vakolatli organlari bilan o‘zaro hamkorligini kengaytirishga, shuningdek, huquqni qo‘llash amaliyotida mavjud huquqiy bo‘shliqlar va qarama-qarshiliklarni bartaraf etishga xizmat qilgan;
protsessual harakatlarni bajarish to‘g‘risidagi so‘rovni ijro etishda ushbu Kodeks normalari qo‘llanishi, agar bu O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligiga zid bo‘lmasa xorijiy davlat vakolatli organining iltimosi bo‘yicha, xorijiy davlatning protsessual qonunchiligi normalari qo‘llanilishi mumkinligiga oid takliflardan O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida” O‘RQ-683-sonli Qonunining 48-moddasi 33-bandiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi “Sudlar, prokurorlar, tergovchilar va surishtiruv organlarining xorijiy davlatlar vakolatli organlari bilan o‘zaro hamkorligining tartibi to‘g‘risidagi asosiy qoidalar” nomli 64-bobi “Protsessual harakatlarni bajarish to‘g‘risidagi so‘rovni O‘zbekiston Respublikasi hududida ijro etish” nomli 595-moddasi to‘rtinchi qismini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Mudofaa va xavfsizlik qo‘mitasining
04/5-10-4297-sonli dalolatnomasi). Ushbu taklifning inobatga olinishi protsessual harakatlarni bajarish to‘g‘risidagi so‘rovlarni O‘zbekiston Respublikasi hududida ijro etish bilan bog‘liq huquqiy bo‘shliqlar va qarama-qarshiliklarni bartaraf etishga xizmat qilgan;
agar so‘rov O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligiga zid bo‘lsa yoki uning ijrosi O‘zbekiston Respublikasi suverenitetiga yoxud xavfsizligiga zarar yetkazishi mumkin bo‘lsa, u ijro etilmasdan qaytarib yuborishi kerakligiga oid takliflardan O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida” O‘RQ-683-sonli Qonunining 48-moddasi 33-bandiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi “Sudlar, prokurorlar, tergovchilar va surishtiruv organlarining xorijiy davlatlar vakolatli organlari bilan o‘zaro hamkorligining tartibi to‘g‘risidagi asosiy qoidalar” nomli 64-bobi “Protsessual harakatlarni bajarish to‘g‘risidagi so‘rovni O‘zbekiston Respublikasi hududida ijro etish” nomli 595-moddasi ettinchi qismini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Mudofaa va xavfsizlik qo‘mitasining 04/5-10-4297-sonli dalolatnomasi). Ushbu taklifning inobatga olinishi jinoyat ishlari yuzasidan vakolatli davlat organlarining xorijiy davlatlar vakolatli organlari bilan o‘zaro hamkorligini kengaytirishga, shuningdek, huquqni qo‘llash amaliyotida mavjud huquqiy bo‘shliqlar va qarama-qarshiliklarni bartaraf etishga xizmat qilgan.