Shukurov Sobir Juraevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar: 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan Tarmog‘i nomi): O‘zbekiston Respublikasining Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan iqtisodiy hamkorligi Tarixi (1991-2021-yillar misolida), 07.00.01 – O‘zbekiston Tarixi (Tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:  B2022.2.PhD/Tar1139 
Ilmiy rahbar: Mirzaev Gulom Rizoqulovich, Tarix fanlari doktori (DSc), dotsent
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Shahrisabz davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti. PhD.03/27.02.2021.Tar.70.05.
    Rasmiy opponentlar: Tarix fanlari doktori, professor Ergasheva Yulduz Alimovna; Tarix fanlari doktori, professor G‘afforov Shokir Safarovich. 
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi 1991-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasining Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan iqtisodiy hamkorlik aloqalari Tarixini yoritib berishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat: 
O‘zbekiston Respublikasining Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan iqtisodiy, savdo-sotiq, tovar ayirboshlashning shakllantirilishi mintaqa mamlakatlarining iqtisodiyotini diversifikatsiya qilganligi oqibatida rivojlanganligi, mintaqaviy iqtisodiy integratsiyalashuv asosida rivojlantirilishi ochib berilgan; 
O‘zbekistonning mintaqa mamlakatlari bilan iqtisodiy hamkorligini rivojlantirishda qo‘shma korxonalar amaliy faoliyati va hududlararo qo‘shma investisiyaviy loyihalar asosida “chegarabo‘yi hududlar”da tashkil etilishining samaradorligi dalillangan;
Davlatlararo iqtisodiy hamkorligi va tovar-savdo aylanma hajmi tadrijiy o‘sganligi holati yuqori darajadagi iqtisodiy hamkorlik (Qozog‘iston Respublikasi), o‘rtacha darajadagi iqtisodiy hamkorlik (Qirg‘iz Respublikasi va Turkmaniston Respublikasi), quyi darajadagi iqtisodiy hamkorlik (Tojikiston Respublikasi) misolida aniqlangan;
O‘zbekistonning Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan transport kommunikatsiyasi “O‘zbekiston-Turkmaniston-Eron-Ummon”, “Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston” temir yo‘l koridori, “Qozog‘iston-Turkmaniston-Eron” temir yo‘li kabilar transport kommunikatsiyasi sohasini rivojlantirish va tashqi savdo yuklari tashiluvchi yo‘nalishlarini diversifikatsiya qilishdagi tashabbuslarni joriy qilish, mintaqaning tranzit salohiyati samaradorligini oshirishning qiyosiy tahlili natijalari ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekiston Respublikasining Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan iqtisodiy hamkorligi Tarixi (1991-2021-yillar misolida)ga oid ishlab chiqilgan ilmiy xulosa va takliflar asosida:
O‘zbekiston Respublikasining Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan iqtisodiy, savdo-sotiq, tovar ayirboshlashning shakllantirilishi mintaqa mamlakatlarining iqtisodiyotini diversifikatsiya qilganligi oqibatida rivojlanganligi, mintaqaviy iqtisodiy integratsiyalashuv asosida rivojlantirilishi ochib berilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston Teleradiokanali” davlat uniTar korxonasining 2023-yil 12-maydagi 02-06-748-son ma’lumotnomasi). Natijada bu O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali tomonidan “Taqdimot” ko‘rsatuvi ssenariysi mazmunini boyitishga xizmat qilgan.
O‘zbekistonning mintaqa mamlakatlari bilan iqtisodiy hamkorligini rivojlantirishda qo‘shma korxonalar amaliy faoliyati va hududlararo qo‘shma investisiyaviy loyihalar asosida “chegarabo‘yi hududlar”da tashkil etilishining samaradorligi dalillangan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” davlat uniTar korxonasining 2023-yil 12-maydagi 02-06-748-son ma’lumotnomasi). Natijada bu O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali tomonidan “Taqdimot” ko‘rsatuvini statistik ma’lumotlarni qiyosiy tahlil etishga xizmat qilgan.
Davlatlararo iqtisodiy hamkorligi va tovar-savdo aylanma hajmi tadrijiy o‘sganligi yuqori darajadagi iqtisodiy hamkorlik (Qozog‘iston Respublikasi), o‘rtacha darajadagi iqtisodiy hamkorlik (Qirg‘iz Respublikasi va Turkmaniston), quyi darajadagi iqtisodiy hamkorlik (Tojikiston Respublikasi) holati misolida aniqlangan (Xalqaro “Oltin meros” xayriya jamoat fondining 2023-yil 31-maydagi 01-35-31/05-23-son ma’lumotnomasi). Natijada Xalqaro “Oltin meros” xayriya jamoat fondini mazmunan boyitishga xizmat qildi.
O‘zbekistonning Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan transport kommunikatsiyasi “O‘zbekiston-Turkmaniston-Eron-Ummon”, “Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston” temir yo‘l koridori, “Qozog‘iston-Turkmaniston-Eron” temir yo‘li kabilar transport kommunikatsiyasi sohasini rivojlantirish va tashqi savdo yuklari tashiluvchi yo‘nalishlarini diversifikatsiya qilishdagi tashabbuslarni joriy qilish, mintaqaning tranzit salohiyati samaradorligini oshirishning qiyosiy tahlili natijalari ochib berilgan (Xalqaro “Oltin meros” xayriya jamoat fondining 2023-yil 31-maydagi 01-35-31/05-23-son ma’lumotnomasi). Natijada O‘zbekistonning Markaziy Osiyo mamlakatlarining o‘zaro hamkorligi, xalqaro munosabatlari va tashqi siyosati Tarixini o‘rganishda hamda obektiv Tarixiy bilimlarni ilmiy jihatdan takomillashtirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish