Xolova Madina Djalgashbaevnaning
falsafa doktori (PxD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «G.hirsutum L. navlarining stresslarga chidamliligini oshirishda “A1” va “B” genomli yovvoyi diploid turlari genetik potensiali», 03.00.09 – Umumiy genetika (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.PhD/V1337.
Ilmiy rahbar: Ernazarova Dilrabo Qo‘shboqovna, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi instituti, DSc.02/30.12.2019.B.53.01.
Rasmiy opponentlar: Ubaydullaeva Xurshida Abdullaevna, biologiya fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Egamberdieva Saida Abdusamatovna, biologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Gossypium L. turkumiga mansub “A1” (G.herbaceum L.) va “B” (G.anomalum) genomli yovvoyi diploid turlarining genetik xilma-xilligini baholash, eksperimental poliploidiyalash hamda ularni tetraploid navlar (G.hirsutum L. AD1) bilan duragaylash asosida amaliy seleksiyada foydalanish uchun stress omillariga chidamli tetraploid shakllar olishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor diploid G.herbaceum L. (A1 genomli) va G.anomalum (B genomli) turlari bilan tetraploid G.hirsutum (AD genomli) turlariga mansub mahalliy navlarining o‘zaro duragaylanish qobilyati hamda ularning molikulyar filogenetik munosabatlari aniqlanganda, G.hirsutum turi G.herbaceum L. kenja turlariga nisbatan G.anomalum turi genomiga yaqinroq ekanligi aniqlangan;
allopoliploid duragaylarning meyotik tahlili (MI bosqichi) ota-ona shakllariga nisbatan kariologik geterogenligini ko‘rsatdi, buning natijasida duragaylarning onalik chang xujayralarida bivalentlar bilan birga univalent va kvadrivalentlarning mavjudligi, shuningdek meyotik indeks va chang hayotchanligi ko‘rsatkichlaining pastligi bilan isbotlangan;
G.herbaceum va G.anomalum turlari ishtirokida olingan F1C, F2C avtopoliploid shakllarning barg kutikulasining qalinligi (≥0.85 µm), epiderma hujayra qalinligi (>20.0 µm) va izolateral anatomik tuzilishga ega ekanligi sababli hashorotlarga (oq pasha, o‘rgimchakkana, g‘o‘za biti) chidamliligi aniqlangan;
G.herbaceum L. va G.anomalum populyasiyalarining genetik xilma-xilligi bilan G.hirsutum turlari o‘rtasidagi turlararo chatishtirish, qiyosiy morfologik tahlillar va molekulyar markerlar (SSR) asosida yangi duragay shakllar tanlab olindi hamda istiqbolli navlar yaratishda samarali foydalanish imkoniyatini beruvchi qimmatli boshlang‘ich genetik manbalar ajratib olingan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. G.hirsutum L. navlarining stresslarga chidamliligini oshirishda yovvoyi diploid turlari genetik potensiali bo‘yicha olingan natijalar asosida:
F₁C va F₂C allopoliploidlarining (supsp.frutescens×G.anomalum) duragay kombinasiyasidan ajratib olingan 26D, 31D, shakllari, F₁C va F₂C allopoliploidlarining (subsp.pseudoarboreum ×G.anomalum) duragay kombinasiyasidan 15D, 20D shakllar urug‘lari O‘zR FA Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi institutining “Noyob ob’ekt” g‘o‘za genofondi kolleksiyasiga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2025 yil 29 iyuldagi 4/1255-1857-son ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu F2 duragay kombinasiyalar “G‘o‘za genofondi” noyob ob’ektini yanada boyitilgan va kelgusida genetik-seleksion tadqiqotlarda foydalanish imkonini bergan;
BNL0226, BNL1421, NAU1043, NAU1190, NAU233, BNL1231, BNL3347, BNL3792, NAU1151, NAU7049, NAU2437 kabi SSR markerlari “Gossypium L. turkumining dunyoviy bioxilma-xilligini genetik potensialini o‘rganish, filogeniyaning klassik uslublari asosida, tashqi muhitning biotik va abiotik ta’sirlariga bardoshli donorlar yaratish” mavzusidagi davlat byudjeti hisobidan bajarilgan ilmiy tadqiqot dasturida (2024 yil) tadqiqot namunalari o‘rtasidagi filogenetik munosabatlarini va qimmatli xo‘jalik belgilarini o‘rganish maqsadida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2025 yil 21 avgustdagi 4/1255-2029-son ma’lumotnomasi). Natijada, g‘o‘za (Gossypium L.) genotiplarining genetik polimorfizm darajasini aniqlash va molekulyar markerlar yordamida o‘rganilayotgan turlar va shakllarning filogenetik munosabatlariga oydinlik kiritish imkonini bergan.