Medensev Nikolay Vitalevichning
dissertatsiya himoyasisiz ixtiro patenti (seleksiya yutug‘i) asosida 
falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini berish bo‘yicha e’lon matni

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Epoksid smolasi uchun qavariqlanuvchi oligomer antipirenlar olish texnologiyasini ishlab chiqish”, 02.00.14 – Organik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/T2779.
Ilmiy rahbar: Nurqulov Fayzulla Nurmuminovich, texnika fanlari doktori, professor.
Ilmiy-tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Toshkent kimyo-texnologiya ilmiy tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya ilmiy tadqiqot instituti, DSc.16/30.12.2019.K/T.87.01.
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “Intellektual mulk markazi” davlat muassasasining ixtiroga patenti olingan: “Epoksid smolasi asosida qavariqlanuvchi kompozisiyasini olish usuli” (№ IAP 07594 29.12.2023).
II. Tadqiqotning maqsadi: epoksid smolasi uchun qavariqlanuvchi oligomer antipirenlar olish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
alyuminiy gidroksidi, ortofosfor kislotasi va mochevina asosida tarkibida metall saqlagan adduktlarni olingan va jarayonning maqbul nisbatlari aniqlangan (IAP 07594);
epoksid smola, pentaeritrit, tarkibida metall saqlagan addukt va polietilenpoliaminni aralashtirish orqali qavariqlanuvchi kompozisiya olishning,  analoglardan urotropin qo‘shilishi bilan farqlanuvchi ishlab chiqilgan yangi usulida,  polimer qoplamalar olishni maqbul sharoitlari aniqlangan (IAP 07594);
yangi tarkibli epoksid smolasini qo‘llash orqali, qavariqlanuvchi polimer qoplamalarni adgeziyasi 1-ball, qavariqlanish 25-30 baravarga va koks hosil qilish samaradorligi 21-22% ga yaxshilanishi asoslangan (IAP 07594);
termal qavariqlanishi orqali metall konstruksiyalarni 200–500 °C harorat oralig‘idagi yong‘in va issiqlikdan himoya qiluvchi epoksid smolali polimer tarkibli qoplamalarning yangi tarkibi va olish usuli ishlab chiqilgan (IAP 07594).
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Epoksid smolasi uchun qavariqlanuvchi oligomer antipirenlar olish texnologiyasini ishlab chiqish va amaliyotda qo‘llash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
epoksid smolasi uchun qavariqlanuvchi polimer qoplamalari “SEVEN SYSTEMS” MChJ korxonalarida olovbardosh materillar ishlab chiqarishda amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining 2024 yil 10 oktyabrdagi 5/4/38-3181-son ma’lumotnoma). Natijada, epoksid smolasi uchun qavariqlanuvchi oligomer antipirenlar olish texnologiyasini ishlab chiqish imkonini bergan;
tarkibida metall saqlagan addukt va urotropin asosida olingan qavariqlanuvchi epoksid smolasi “STATERM” MChJ korxonalarida olovbardosh qavariqlanuvchi polimer qoplamalarlar sifatida amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining 2024 yil 10 oktyabrdagi 5/4/38-3181-son ma’lumotnoma). Natijada, epoksid smolasi asosidagi qavariqlanuvchi qoplamalarni olish va qo‘llashdagi iqtisodiy samaradorligini o‘rtacha 48% ga oshirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish