Baltaeva Muxabbat Matnazarovnaning
dissertatsiyasi himoyasisiz ixtiro patenti asosida 
fan doktori (DSc) ilmiy darajasini berish bo‘yicha e’lon matni

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Tabiiy ipak tolali chiqindilari asosida funksional sorbentlarning olinishi va qo‘llanilishi”, 02.00.06 – ’Yuqori molekulyar birikmalar ̓ (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B20253DSc/K232.
Ilmiy maslahatchining F.I.Sh., ilmiy daraja va unvoni: Sarimsakov Abdushkur Abduxalilovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Polimerlar kimyosi va fizikasi instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi: IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Polimerlar kimyosi va fizikasi instituti, DSc.02/30.12.2019.K/FM/T.36.01.
O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti: “Tabiiy ipakdan kukun olish usuli” (№IAP 7675); “Funksional biologik faol serisin mahsulotlarini, fibroin asosidagi gemo- va enterosorbentlarni olish usuli” (№IAP 06273); “O‘simlik moylarini adsorbsion tozalash usuli”(№IAP 8141).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II. Taqiqot maqsadi: tabiiy ipak tolali chiqindilaridan noan’anaviy usulda fibroin asosli ko‘p funksiyali sorbentlar olish, ularning fizik-kimyoviy xossalarini o‘rganish va amaliy qo‘llanilish imkoniyatlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ipak sanoati tolali chiqindilari asosida o‘ta yuqori chastotali nurlar ta’sirida kislotali sharoitda qisqa vaqt yuqori unum bilan yuqori sorbsion xossaga ega bo‘lgan sorbentlar olish usuli yaratildi va ixtiro patenti olindi (Uz IAP №7675, 2024 y.);
ipak sanoati tolali chiqindilari asosida o‘ta yuqori chastotali nurlar ta’sirida tibbiyot va farmaseftika maqsadlariga mo‘ljallangan yuqori tozalik va g‘ovaklikka ega bo‘lgan gemo- va enterosorbentlar olish usuli yaratildi va ixtiro patenti olindi (Uz IAP №06273, 2020 y.);
ipak sanoati tolali chiqindilari asosida o‘ta yuqori chastotali nurlar ta’sirida ishqoriy muhitda gidroliz qilish orqali o‘simlik moylari tarkibidagi organik va noorganik qo‘shimchalardan tozalovchi sorbentlar olish usuli yaratildi va ixtiro patenti olindi (Uz IAP №8141, 2025 y.);
ilk bor fibroin asosli sorbentlarning spektrofotometrik usulda molekulyar massasini aniqlash usuli yaratildi.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Tabiiy ipak tolali chiqindilari asosida funksional sorbentlar olinishi va qo‘llanilishi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
ipakning tolali chiqindilaridan olingan gidrolizlangan fibroin sorbenti “Urganch yog‘-moy” aksiyadorlik jamiyatida paxta moyini tozalashda amaliyotga joriy qilingan. (“Urganch yog‘-moy” AJ ning 2022 yil 12-dekabrdagi  ma’lumotnomasi). Natijada, tolali chiqindilari asosida olingan polifunksional sorbentlar bilan tozalangan moy namunalarining sifat ko‘rsatgichlari oshgan, ranglilik darajasi qizil rang tiniqligi va perekis soni kamaygan, yuqori sifatli va saqlanish muddati oshirilgan tozalangan paxta moyi ishlab chiqarish imkonini bergan;
ipakning tolali chiqindilaridan olingan fibroin sorbenti “Khorezm Tex” MChJda paxta moyini tozalashda amaliyotga joriy qilingan. (“Khorezm Tex” MChJ ning 2025 yil 27-oktyabrdagi №275-sonli ma’lumotnomasi). Natijada ushbu olingan polifunksional sorbentlar bilan tozalangan o‘simlik moyining sifat ko‘rsatgichlari yaxshilangan, ranglilik darajasi kamaygan: yuqori sifatli va saqlanish muddati uzaytirishga, moyni adsorbentdan ajratish jarayonini soddalashtirishga imkon bergan. O‘simlik moyini tozalashda maxalliy xom-ashyo ipak tolali chiqindilaridan import o‘rnini bosuvchi adsorbentni qo‘llash iqtisodiy samaradorlikni oshirgan; 
ipak sanoati tolali chiqindilaridan yaratilgan sorbentlarning sorbsion xususiyati texnologik jarayondan chiquvchi Neytral quyuqmalarning yuqori quyilishi (NQYQ) dan metall ionlarini tozalash bo‘yicha qo‘llanilib, sinovlar o‘tkazilgan va laboratoriyada amaliyotga joriy etilgan. Sorbent na’munalarini sifat ko‘rsatgichlari tadqiq etilgan (“Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ ITICh va TEM ning 2025 yil 21-noyabrdagi 1-25/42-00014-sonli ma’lumotnomasi). Natijada metall ionlarini sorbsiyalashi o‘rganilgan va ushbu sorbentlarni chiqindi oqava suvlardagi metallarni ajratib olish jarayonida amaliyotga joriy etish maqsadga muvofiq deb topilgan;
ipak sanoati tolali chiqindilaridan yaratilgan sorbentlarining tajriba-sinov namunalari texnologik jarayonda suv tozalash inshoati bo‘limida oqava suvlarni taxlil qilish bo‘yicha sanoat oqava suvlarini tozalashda qo‘llanildi va amaliyotga joriy etilgan (“Urganch-Bahmal” MChJ ning 2025 yil 7-noyabrdagi ma’lumotnomasi, O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi Vazirligining Xorazm viloyati boshqarmasining 2025 yil 11-noyabrdagi 03-02/4-333-sonli ma’lumotnomasi). Natijada sorbent namunalarini chiqindi oqava suvlardagi metallarni ajratib olish jarayonida amaliyotga joriy etish maqsadga muvofiq deb topilgan;
F-12.53-sonli “Polimer tashuvchilarga immobillangan reagentlar bilan atrof-muhit obektlaridan ekotoksikantlarni fotometrik va sorbsion fotometrik aniqlash usullarini ishlab chiqish” mavzusidagi amaliy loyihasi bajarilishida foydalanilgan (O‘zMUning 2025 yil 25 noyabridagi №04/11-28455-sonli ma’lumotnomasi). Natijada fibroin namunalari immobillovchi reagentlarga sorbent sifatida amaliyotga qo‘llanilib, sorbent na’munalarining sifat ko‘rsatgichlari tadqiq etilgan;
AM-FZ -2017102347 “Gidrolizlangan fibroin asosida nanometall ushlagan bakterisid materiallar olish usulini o‘rganish va o‘zlashtirish” (2017-2019 yy) mavzusidagi “Yosh olimlarning akademik harakatchanligi” loyihasi bajarilishida foydalanilgan (UrDUning 2025 yil 30-oktyabrdagi 06-04/01-11/6382-sonli ma’lumotnomasi). Natijada fibroin tolasining vitamin-B12 ni sorbsiyalash xossasi o‘rganilib, tibbiyotda qo‘llanilishi mumkinligi ko‘rsatilgan;
“Production of fibrion from gemosorbens using silk waste” innovatsion g‘oyasi  O‘zbekiston ixtirochi ayollar markazi tomonidan Koreya ixtirochilar ayollar assotsiatsiyasi (KWIA) hamkorligida tashkil etilgan Xalqaro “Ixtirochi ayollar-2019” ko‘rgazmasida ishtirok qilgan. (O‘zbekiston ixtirochi ayollar markazi va Koreya ixtirochilar ayollar assotsiatsiyasi KWIAning  2019 yil 14-yanvaridagi NO 2019-029-sonli sertifikati). Natijada “Eng yaxshi innovatsiyon ishlanma” nominatsiyasiga ega bo‘lgan;
Koreya ixtirochi ayollar assotsiatsiyasi KWIA tomonidan Koreya Intellektual mulk idorasi KIPO va Jahon intellektual mulk tashkiloti WIPO ko‘magida Koreya Respublikasida 2023 yilning 20-22-iyul kunlari KINTEXda 16-Koreya xalqaro ayollar ixtirolari ko‘rgazmasi KIWIE – 2023 va Koreya xalqaro ayollar ixtirolari forumida qatnashgan. (Koreya ixtirochi ayollar assotsiatsiyasi (KWIA) prezidentining 2023 yil 22-iyulidagi NO 2023-170-sonli oltin medali uchun sertifikati). “Method for obtaining functional biologically active sericin producs and fibroin - based hemo - and enterosorbens” №IAP 06273 ixtiro patenti ishlanmalari uchun “Oltin medalni” qo‘lga kiritgan;
Charmm22 kuch maydoni hisoblari yordamida gidrolizlangan fibroindagi sorblangan kumush, oltin va mis ionlarining funksional guruhlar bilan o‘zaro ta’sirini o‘rganish bo‘yicha nashr qilingan “Study of the interaction of sorbed silver, gold and copper ions with functional groups on hydrolyzed fibroin using Charmm22 force field calculations” mavzusidagi maqoladagi ma’lumotlardan yuqori impakt faktorli (IF) 10 ta jurnallarda yangi materiallar yaratish va ularning fizik-kimyoviy tahlili uchun foydalanilgan (Chemical Review and Letters, - 2025, V8 (3), Scopus, IF=3,5; Trends in Sciences, -2025, 22(7), Scopus, IF=1,8; Journal of Physical Studies-2025, 29(1), Scopus, IF=1,0; Journal of Sulfur Chemistry -2025, 46(2), Scopus, IF=3,9; Computational and Theoretical Chemistry, - 2025, 1243 (114976), Scopus, IF= 4,7; Theoretical Chemistry Accouns, -2025, 7 (144), IF= 2.8; Journal of Molecular Modeling,-2024, 30(11), Scopus, IF=3,8; Nanochemistry Research, - 2024, 9 (3), Scopus, IF= 1,5; Chemical Review and Letters, - 2024, 7(3), Scopus, IF=3,5; Journal of Physical Organic Chemistry, - 2022, 35(9), Scopus, IF= 4,1). Natijada yuqori sorbsion xossaga ega biosorbentlar sintezida bog‘lanish energiyalarini baholash imkonini bergan;
Spektrofotometriya yordamida tabiiy ipak fibroinidan olingan tolali va kukunsimon fibroinning molekulyar massasini aniqlash bo‘yicha nashr qilingan “Determination of the molecular mass of hydrolyzed fibroin obtained from natural silk fibroin by spectrophotometry” maqoladagi usuldan yuqori impakt faktorli (IF) 1 ta jurnalida 1 ta kitobda yangi materiallar yaratish va molekulyar massa aniqlash uchun foydalanilgan (Polymer Science - Series A,- 2023, 65(3), IF=1,9; Natural Fibers: A Look from a Historical Perspective, Chapter 1, CRC Press, 2024,  DOI: 10.1201/9781003459774-1). Natijada ipak fibroini asosli materiallarning molekulyar massasini aniqlashning aniq va tejamkor usuli yaratilgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish