Yaxshimuratov Murodjon Rajapboy o‘g‘li
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy darajalar beriladigan fan tarmog‘i): “Kobalt(II), nikel(II) va mis(II) formiatlarining m-krezoksiatsetatlari bilan koordinatsion birikmalari sintezi, tuzilishi hamda xossalari”, 02.00.01 - Noorganik kimyo (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/K618.
Ilmiy rahbar: Hasanov Shodlik Bekpo‘latovich, kimyo fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.K.01.03.
Rasmiy opponentlar: Rafikov Adxam Salimovich, kimyo fanlari doktori, professor; Razzoqova Surayyo Razzoqovna, PhD, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zR FA Umumiy va noorganik kimyo instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: s, d-metall m-krezoksiatsetatlarining kobalt(II), nikel(II) va mis(II) formiatlari bilan koordinasion birikmalari sintezi, tuzilishi hamda xossalarini tadqiq qilishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kvant-kimyoviy usullar yordamida koordinatsion birikmalarning geometrik va energetik parametrlari, atomlardagi zaryadlarning taqsimoti, geometriyasi hamda reaksion qobiliyatidan kelib chiqib optimal sharoiti [Ni(F)2]:[MKA)4Zn2] 1:2 nisbatda koordinatsion soni 6 ga teng bo‘lgan birikmada elektron energiyasi qiymati -358,49 kJ/mol ekanligi nazariy hisoblashlar yordamida aniqlangan;
ilk bor natriy, kaliy, kalsiy, bariy, rux, xrom(II) va marganes(II) metakrezoksiatsetatlar bilan, Co(II), Ni(II) va Cu(II) formiatlari asosida 18 ta yangi anion, neytral koordinatsion birikmalari 76,8-83 % gacha unum bilan sintez qilingan;
sintez qilingan kompleks birikmalarning IQ- spektrda Ni-O qisqa to‘lqin uzunliklarining 688-642 sm-1 sohalarida siljishi kuzatilishi m-krezoksiatsetat as(C=O-) - s(C=O-) = 203sm-1 ushbu qiymat metall atom bilan monodentat bogʻ hosil bo‘lishini anglatadi, hamda EPR spektroskopiya usuli bilan turli elektron tuzilishli Cr+2(3d4), Mn+2(3d5), Co2+(3d7), Cu2+(3d9) paramagnit metall ionlarining gomo va aralash ligandli komplekslari tuzilishi, magnetokimyoviy xossalari markaziy ionlar elektron konfiguratsiyasi, ligand tabiatiga bog‘liqligi isbotlangan;
ilk bor [Co(F)2(MKA)4Zn2(H2O)4] va Cu(F)2(MKA)4Mn2]•4H2O polikristallar sintez qilinganligi rentgenfazaviy tahlil difraktogramma asosida FullProf dasturida qayta ishlash yordamida kompleks birikmalarning kristall tuzilishi isbotlangan;
sintez qilingan [Co(F)2(MKA)4Zn2(H2O)4] kompleks birikmasining Indigofera o‘simligining tashqi muhitning zararli ta’sirlariga bardoshliligini oshirishda, Ca2[Cu(F)2(MKA)4]4H2O kompleks birikmasi esa sholining rivojlanishi, ro‘vakdagi donlar soni va bo‘yi nazoratga nisbatan yuqoriligi aniqlanib, o‘simlikda zamburug‘lar keltirib chiqaradigan pirikulyarioz va boshqa kasalliklarga immunomodulyator xossasi yuqoriligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Sintez qilingan [Co(F)2(MKA)4Zn2(H2O)4] kompleks birikma Indigofera o‘simligiga immunomodulyator sifatida, Urganch davlat universitetida 2022-2024-yillarda bajarilgan IL-402104238 “Indigofera (Indigofera tinctoria L.) o‘simligini etishtirish agrotexnologiyasini ishlab chiqish” (Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 2-iyuldagi 4/17-4/4-11227-son malumotnomasi) loyihasida qo‘llanilgan. Natijada indigofera tarqalgan hududlarning tuproq unumdorligini oshirish uchun tarkibidagi mineral tuzlar miqdorini tahlil qilish imkoni berdi;
Ca2[Cu(F)2(MKA)4]4H2O kompleks birikma sholi o‘simligiga immunomodulyator sifatida qo‘llanildi. (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2024-yil 29-martdagi 05/01-05/02-05/04-04-116-son malumotnomasi). Natijada sholining rivojlanishi, ro‘vakdagi donlar soni va bo‘yi nazoratga nisbatan yuqoriligi aniqlandi hamda o‘simlikda zamburug‘lar keltirib chiqaradigan pirikulyarioz va boshqa kasalliklarga chalinish holatlari kuzatilmadi. Sholining unib chiqishi, rivojlanishi, hosildorligi nazorat variantiga qaraganda kompleks modda bilan ishlanganda gektariga 5-6 sentnerga oshganligi isbotlandi.