Mardieva Kamila Maratovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ziziphora pedicellata Pazij et Vved dan ajratilgan endofit zamburug‘lar ikkilamchi metabolitlarining biologik faolliklarini tadqiq etish”, 03.00.04 – Mikrobiologiya va virusologiya, 03.00.12 – Biotexnologiya (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/B1160.
Ilmiy rahbarlar: Egamberdieva Dilfuza Rustamovna, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Eshboev Farhod Bakir o‘g‘li biologiya fanlari falsafa doktori (PhD), katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti huzuridagi Fundamental va amaliy tadqiqotlar instituti, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademik S.Y. Yunusov nomidagi O‘simlik moddalari kimyosi instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti qoshidagi Fundamental va amaliy tadqiqotlar instituti, PhD.03/14.07.2022.B.10.06.
Rasmiy opponentlar: Tashmuxamedova Shohista Sabirovna, biologiya fanlari doktori, professor; Karimov Husniddin Xolmamatovich, PhD, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Bioorganik kimyo instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Z. pedicellata Pazij et Vved dan endofit zamburug‘larni ajratib olish va ularning ikkilamchi metabolitlarining biologik faolligini o‘rganish, shuningdek faol zamburug‘ izolyatlarining to‘liq genom va metabolom tahlillarini o‘tkazish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor O‘zbekiston hududida o‘suvchi Z. pedicellata Pazij et Vved dorivor o‘simligidan endofit zamburug‘lar ajratib olindi va molekulyar identifikatsiya qilindi;
ajratib olingan endofit zamburug‘lar tomonidan biosintez qilingan ikkilamchi metabolitlarning antimikrob, sitotoksik va antioksidant faolligi aniqlandi;
Z. pedicellata Pazij et Vved bilan assotsiatsiyalangan endofit zamburug‘lar ekstraktlarining kimyoviy tarkibi xromatografik va spektrofotometrik tahlil usullari yordamida ilk bor o‘rganildi;
ilk bor faol endofit zamburug‘ shtammi A. aflatoxiformans S13 ning to‘liq genom sekvensi va funksional annotatsiyasi amalga oshirildi;
birinchi marta AntiSMASh tahlili yordamida A. aflatoxiformans S13 endofit zamburug‘ining ikkilamchi metabolitlar sinteziga javobgar bo‘lgan 84 ta gen klasterini o‘z ichiga oluvchi yuqori biosintetik salohiyati aniqlandi;
A. aflatoxiformans S13 va R. arrhizus S8.2 endofit zamburug‘laridan foydalangan holda kojik kislotasini biotexnologik yo‘l bilan olishning laboratoriya sharoitlari ishlab chiqildi va optimallashtirildi.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Z. pedicellata Pazij et Vved o‘simligidan ajratilgan endofit zamburug‘larning molekulyar identifikatsiyasi va biologik faolligi bo‘yicha olingan natijalar asosida:
Z. pedicellata Pazij et Vved o‘simligidan ajratilgan endofit zamburug‘larning etil atsetat ekstraktlari O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi O‘simlik moddalari kimyosi institutida “Tabiiy va sintetik birikmalarning biologik faolligini in vitro o‘rganish. Oqsil injenerligi. Rekombinant oqsillarni tayyorlash. Ijtimoiy abamiyatga ega bo‘lgan va boshqa turdagi kasalliklar diagnostikasi uchun aniq molekulyar-genetik markyorlarni ishlab chiqish” mavzusidagi fundamental tadqiqotlarda qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi ma’lumotnomasi № 4/1255-3004, 2025-yil 27-noyabr). Natijada, mazkur ekstraktlar Bacillus subtilis, Staphylococcus aureus va Pseudomonas aeruginosa ga nisbatan kuchli antibakterial faollik, shuningdek, HeLa, HEp-2, HBL-100 va CCRF-CEM saraton hujayra liniyalariga nisbatan sitotoksik faollik namoyon qilgan;
ajratilgan shtammlarning DNK ketma-ketliklari xalqaro NCBI ma’lumotlar bazasida ro‘yxatdan o‘tkazilgan: R. arrhizus (PX396432), A. doliconidium (OR435582), P. africana (OR435585), A. alternata (OR435586) va A. aflatoxiformans (PX396498). GenBank bazasida ketma-ketliklarning ro‘yxatdan o‘tkazilishi xalqaro ma’lumotlar bazasini boyitdi va ularning endofit zamburug‘lar bo‘yicha keyingi ilmiy tadqiqotlar hamda biotexnologik ishlanmalarda foydalanish imkonini yaratdi.