Babadjanova Saidaxon Abdullaevnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Pedagog shaxsi emotsional holatlarining ijtimoiy-psixologik xususiyatlari” mavzusidagi 19.00.05 – “Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya” (psixologiya fanlari).  
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.PhD/356.
Ilmiy rahbar: Muxamedova Dilbar Gafurdjanovna, psixologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, PhD.03/30.12.2021.P.01.07.
Rasmiy opponentlar: Sh.X.Abdullaeva psixologiya fanlari doktori, professor; D.K.Arapbaeva  psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dosent; 
Yetakchi tashkilot: Samarqand  Davlat Universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi pedagogning emotsional holati ijtimoiy-psixologik determinantlarini aniqlash va o‘z emotsional holatini samarali tartibga solish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
pedagoglarning psixoemotsional “Men obrazi”ni dinamikasiga ko‘ra pedagogik faoliyat unimdorligiga ta’sir etuvchi ob’ektiv va sub’ektiv omillarga bog‘liq shaxs xususiyatlarini differensiatsiyalanishi tufayli emotsional intellektning kasbiy refleksiya asosida rivojlanishi muhim ekanligi dalillangan;
pedagoglar emotsional holatining ijtimoiy psixologik xususiyatlariga ko‘ra shaxs adaptiv ko‘nikmalarining hissiy kuyinchaklik ta’sirida integral namoyon bo‘lishiga asoslanib pedagogik jamoaga moslashish salohiyatini belgilab beruvchi sifatlarni xulq-atvorni boshqarish ko‘nikmasi bilan identiv shakllanishi charchoq hissini pasayishiga olib kelishi dalillangan; 
pedagoglarning emotsional o‘z o‘zini boshqarish xususiyatini darajaviy ifodalanishiga ko‘ra xulqda o‘zini tartibga solishning modellashtirish, moslashuvchanlik, mustaqillik, rejalashtirish, natijalarni baholash xususiyatlari hissiy kuyinchaklikning sust namoyon bo‘lishiga olib kelganligi tufayli o‘qituvchi hissiy sohasining profilida regulyativ jarayonlar yetakchi omil ekanligi aniqlangan;
pedagoglarning emotsional holatini o‘ziga xos jihatlariga ko‘ra  shaxslararo munosabatlarda hissiy imo-ishoralarni anglash, farqlash bilan bog‘liq belgilarni  “Men”ga nisbatan intensiv qabul qilishiga asoslanib, shaxsiy xavotirlanish darajasining faoliyat natijalarini redukdiyalashga bog‘liq holdi yuqoriligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Pedagog shaxsi emotsional holatlarining ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini o‘rganish bo‘yicha amalga oshirilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
pedagogning kasbiy faoliyati jarayonida emotsional holatning beqarorligi emotsional kuyinish fenomenining shakllanishi va rivojlanishiga hamda faoliyat mahsuldorligining pasayishiga sabab bo‘lishi aniqlanganligiga doir natijalar Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 20-avgustdagi PM-432-sonli buyrug‘i bilan “Ijtimoiy psixologiya” moduliga kiritilgan (Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 23-avgustdagi PM-432a-sonli maʼlumotnomasi). Natijada pedagog emotsional holatiga ta’sir qiluvchi ijtimoiy-psixologik omillarni aniqlash imkoniyati yaratilgan;
pedagogning kasbiy faoliyati jarayonida emotsional holatning beqarorligi emotsional kuyinish fenomenining shakllanishi va rivojlanishiga hamda faoliyat mahsuldorligining pasayishiga sabab bo‘lishi aniqlanganligiga doir natijalar Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 20-avgustdagi PM-432-sonli buyrug‘i bilan “Ijtimoiy psixologiya” moduliga kiritilgan (Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 23-avgustdagi PM-432a-sonli maʼlumotnomasi). Natijada pedagoglarning ish jarayonida yuzaga keladigan emotsional holatlarga munosabatni aniqlash imkoniyati yaratilgan;
pedagogning emotsional holatini o‘zini-o‘zi boshqarishi tizimi ko‘p darajali ta’lim bo‘lib, bu erda har bir daraja pedagogik mahsuldorligini belgilovchi o‘zini-o‘zi boshqarish metodlari va usullari majmuasiga mos kelishi aniqlanganligiga doir natijalar Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 20-avgustdagi PM-432-sonli buyrug‘i bilan “Ijtimoiy psixologiya” moduliga kiritilgan (Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 23-avgustdagi PM-432a-sonli maʼlumotnomasi). Natijada emotsional holatlarning ijtimoiy-psixologik xususiyatlari determinantlarini empirik tadqiq etish imkoniyati yaratilgan;
pedagogning emotsional holati barqarorligi va faoliyat mahsuldorligini oshiruvchi darsda emotsional holatning ma’lum darajalariga mos keluvchi o‘zini-o‘zi tartibga solish metodlari va usullari majmui yaratilganligiga doir natijalar Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 20-avgustdagi PM-432-sonli buyrug‘i bilan “Ijtimoiy psixologiya” moduliga kiritilgan (Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 23-avgustdagi PM-432a-sonli maʼlumotnomasi). Natijada pedagoglarni o‘z emotsional holatini samarali tartibga solish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish