Malikov Nodirbek Muzaffar o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Eksperimental diabetik tovon sindromida kompozit shaklli kollagendan foydalanib jarohat defektini bartaraf etish asoslari», 14.00.16 – Normal va patologik fiziologiya, 14.00.27 – Xirurgiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Tib4615.
Ilmiy rahbarlar: Iriskulov Baxtiyar Uktyamovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Ergashev Ulug‘bek Yusufjanovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat tibbiyot universiteti huzuridagi DSc.04/30.12.2019.Tib.30.03 ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Karabaev Aminjon Gadaevich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Qodirov Shavkat Nomanovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Xoja Ahmad Yassaviy nomidagi xalqaro qozoq-turk universiteti (Qozog‘iston Respublikasi).
II. Tadqiqotning maqsadi: eksperimental diabetik tovon sindromida mahalliy kompozit shaklli kollagenning (kollagen+kversetin) jarohat defektini davolashdagi samaradorligini patogenetik asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
diabetik panja modelida jarohatga mahalliy kompozit kollagenni (kollagen+kversetin) qo‘llash jarohat defekti yallig‘lanishiga va bitishiga javobgar interleykin-1β, interleykin-2 va interleykin-10 sitokinlari mos ravishda tajribaning 10-kunidagi (0.122 pg/ml, 0.343 pg/ml, 0.124 pg/ml) qiymatlarini optimallashtirish bilan namoyon bo‘ladigan aniq immunomodulyasion ta’sirga ega ekanligi aniqlangan;
kompozit kollagenning (kollagen+kversetin) eksperimental diabetik panja modelidagi angiogenez regulyasiyasida ijobiy ta’siri qon tomir endotelial o‘sish omili VEGF-A (sitokin) ifodasini tartibga solish, shuningdek, jarohat bitishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi isbotlangan;
eksperimental diabetik panja modelida kompozit kollagen bilan davolash hujayra proliferatsiyasining faollashuvini tayminlaydigan, regeneratsiyani tezlashtiradigan va jarohat defekti to‘qimalarini tiklaydigan insulinga o‘xshash o‘sish faktori IGF (Insulin-like growth factors) darajasini sezilarli oshirishi aniqlangan;
alloksanli diabetik panja modelida jarohatga qo‘llanilgan mahalliy kompozit kollagenni (kollagen+kversetin) qo‘llash o‘tkir yallig‘lanish belgilarini erta bartaraf etilishga, derma va epidermis regeneratsiyasining reparativ faolligini oshirishga, distrofik va destruktiv o‘zgarishlarning kamayishiga va barcha hujayra-tolali tuzilmalarning qayta tiklashga olib kelishi patomorfologik jihatdan isbotlangan;
eksperimental diabetik panja jarohatiga kompozit kollagenni (kollagen+kversetin) qo‘llash natijasida yarani nekrotik massalardan tozalanish muddati qisqarishi, epitelizatsiyaning erta paydo bo‘lishi, granulyasiya to‘qimalarining faol shakllanishiga ta’sir etishi va pirovard natijada nazorat guruhiga nisbatan jarohatni to‘liq bitishi 4 kunga qisqarishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Eksperimental diabetik panja sindromida yangi mahalliy kompozit kollagenni qo‘llash orqali olingan ilmiy tahlillarning patogenetik jihatlarini baholash asosida:
birinchi ilmiy yangilik: diabetik panja modelida jarohatga mahalliy kompozit kollagenni (kollagen+kversetin) qo‘llash jarohat defekti yallig‘lanishiga va bitishiga javobgar interleykin-1β, interleykin-2 va interleykin-10 sitokinlari mos ravishda tajribaning 10-kunidagi (0.122 pg/ml, 0.343 pg/ml, 0.124 pg/ml) qiymatlarini optimallashtirish bilan namoyon bo‘ladigan aniq immunomodulyasion ta’sirga ega ekanligi aniqlanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent tibbiyot akademiyasi Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 21 iyunda 06-24/350-t-son bilan tasdiqlangan “Diabetik tovon sindromida kompozit shaklli kollagendan foydalanib jarohat defektini bartaraf etishni eksperimental asoslash” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Xorazm viloyati patologik anatomiya byurosi bo‘yicha 03.02.2025 yildagi 55-son hamda Buxoro viloyati patologik anatomiya byurosi bo‘yicha 01.04.2025 yildagi 35-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 17 iyuldagi 22/48-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: diabetik tovon sindromida yara defektining kompleks xirurgik davolash orqali kasallikning klinik kechishini engillashtirish, faollik darajasini pasaytirish va o‘lim xavfini kamaytirish natijasida bemorning vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik kunlarini kamaytirish imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: mazkur kasallikni statsionar sharoitida davolanish uchun sarflanadigan 2408145,25 so‘m mablag‘lar yangi davolash usulini joriy etish orqali bemorlarni shifoxonada davolanish muddatini qisqartirish va nogironlikni kamaytirish natijasida iqtisod qilinadi;
ikkinchi ilmiy yangilik: kompozit kollagenning (kollagen+kversetin) eksperimental diabetik panja modelidagi angiogenez regulyasiyasida ijobiy ta’siri qon tomir endotelial o‘sish omili VEGF-A (sitokin) ifodasini tartibga solish, shuningdek, jarohat bitishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent tibbiyot akademiyasi Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 21 iyunda 06-24/350-t-son bilan tasdiqlangan “Diabetik tovon sindromida kompozit shaklli kollagendan foydalanib jarohat defektini bartaraf etishni eksperimental asoslash” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Xorazm viloyati patologik anatomiya byurosi bo‘yicha 03.02.2025 yildagi 55-son hamda Buxoro viloyati patologik anatomiya byurosi bo‘yicha 01.04.2025 yildagi 35-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 17 iyuldagi 22/48-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: diabetik tovon sindromida yara defektining kompleks xirurgik davolash orqali kasallikning klinik kechishini engillashtirish, faollik darajasini pasaytirish va o‘lim xavfini kamaytirish natijasida bemorning vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik kunlarini kamaytirish imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: mazkur kasallikni statsionar sharoitida davolanish uchun sarflanadigan 2408145,25 so‘m mablag‘lar yangi davolash usulini joriy etish orqali bemorlarni shifoxonada davolanish muddatini qisqartirish va nogironlikni kamaytirish natijasida iqtisod qilinadi;
uchinchi ilmiy yangilik: eksperimental diabetik panja modelida kompozit kollagen bilan davolash hujayra proliferatsiyasining faollashuvini tayminlaydigan, regeneratsiyani tezlashtiradigan va jarohat defekti to‘qimalarini tiklaydigan insulinga o‘xshash o‘sish faktori IGF (Insulin-like growth factors) darajasini sezilarli oshirishi aniqlanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent tibbiyot akademiyasi Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 21 iyunda 06-24/350-t-son bilan tasdiqlangan “Diabetik tovon sindromida kompozit shaklli kollagendan foydalanib jarohat defektini bartaraf etishni eksperimental asoslash” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Xorazm viloyati patologik anatomiya byurosi bo‘yicha 03.02.2025 yildagi 55-son hamda Buxoro viloyati patologik anatomiya byurosi bo‘yicha 01.04.2025 yildagi 35-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 17 iyuldagi 22/48-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: diabetik tovon sindromida yara defektining kompleks xirurgik davolash orqali kasallikning klinik kechishini engillashtirish, faollik darajasini pasaytirish va o‘lim xavfini kamaytirish natijasida bemorning vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik kunlarini kamaytirish imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: mazkur kasallikni statsionar sharoitida davolanish uchun sarflanadigan 2408145,25 so‘m mablag‘lar yangi davolash usulini joriy etish orqali bemorlarni shifoxonada davolanish muddatini qisqartirish va nogironlikni kamaytirish natijasida iqtisod qilinadi;
turtinchi ilmiy yangilik: alloksanli diabetik panja modelida jarohatga qo‘llanilgan mahalliy kompozit kollagenni (kollagen+kversetin) qo‘llash o‘tkir yallig‘lanish belgilarini erta bartaraf etilishga, derma va epidermis regeneratsiyasining reparativ faolligini oshirishga, distrofik va destruktiv o‘zgarishlarning kamayishiga va barcha hujayra-tolali tuzilmalarning qayta tiklashga olib kelishi patomorfologik jihatdan isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent tibbiyot akademiyasi Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 21 iyunda 06-24/350-t-son bilan tasdiqlangan “Diabetik tovon sindromida kompozit shaklli kollagendan foydalanib jarohat defektini bartaraf etishni eksperimental asoslash” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Xorazm viloyati patologik anatomiya byurosi bo‘yicha 03.02.2025 yildagi 55-son hamda Buxoro viloyati patologik anatomiya byurosi bo‘yicha 01.04.2025 yildagi 35-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 17 iyuldagi 22/48-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: diabetik tovon sindromida yara defektining kompleks xirurgik davolash orqali kasallikning klinik kechishini engillashtirish, faollik darajasini pasaytirish va o‘lim xavfini kamaytirish natijasida bemorning vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik kunlarini kamaytirish imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: mazkur kasallikni statsionar sharoitida davolanish uchun sarflanadigan 2408145,25 so‘m mablag‘lar yangi davolash usulini joriy etish orqali bemorlarni shifoxonada davolanish muddatini qisqartirish va nogironlikni kamaytirish natijasida iqtisod qilinadi;
beshinchi ilmiy yangilik: eksperimental diabetik panja jarohatiga kompozit kollagenni (kollagen+kversetin) qo‘llash natijasida yarani nekrotik massalardan tozalanish muddati qisqarishi, epitelizatsiyaning erta paydo bo‘lishi, granulyasiya to‘qimalarining faol shakllanishiga ta’sir etishi va pirovard natijada nazorat guruhiga nisbatan jarohatni to‘liq bitishi 4 kunga qisqarishi aniqlanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent tibbiyot akademiyasi Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 21 iyunda 06-24/350-t-son bilan tasdiqlangan “Diabetik tovon sindromida kompozit shaklli kollagendan foydalanib jarohat defektini bartaraf etishni eksperimental asoslash” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Xorazm viloyati patologik anatomiya byurosi bo‘yicha 03.02.2025 yildagi 55-son hamda Buxoro viloyati patologik anatomiya byurosi bo‘yicha 01.04.2025 yildagi 35-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 17 iyuldagi 22/48-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: diabetik tovon sindromida yara defektining kompleks xirurgik davolash orqali kasallikning klinik kechishini engillashtirish, faollik darajasini pasaytirish va o‘lim xavfini kamaytirish natijasida bemorning vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik kunlarini kamaytirish imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: mazkur kasallikni statsionar sharoitida davolanish uchun sarflanadigan 2408145,25 so‘m mablag‘lar yangi davolash usulini joriy etish orqali bemorlarni shifoxonada davolanish muddatini qisqartirish va nogironlikni kamaytirish natijasida iqtisod qilinadi.