Alijanov Abrorjon Alijon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.    Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Qorin parda orti a’zolari yopiq shikastlanishlarida tashxislash va xirurgik davolashni takomillashtirish”, 14.00.40 – Shoshilinch tibbiyot (tibbiyot fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Tib2022.
Ilmiy rahbar: Xadjibaev Abduxakim Muminovich, tibbiyot fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi, DSc.04/30.12.2019.Tib.63.01.
Rasmiy opponentlar: Minnullin Il`dar Pulatovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Tulyaganov Davron Baxtiyarovich, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot nomi: Abu Ali Ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqodning maqsadi tashxislashni takomillashtirish, davolash taktikasini optimallashtirish va zamonaviy vizualizatsiya hamda jarrohlik texnologiyalarini joriy etish orqali qorin parda orti bo‘shlig‘i a’zolarining yopiq shikastlanishlarini davolash samaradorligini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
yosh va jins tuzilishi, jarohat mexanizmi, xavf omillari, shifoxonaga kelish muddatlari va holat og‘irligini tahlil qilishni o‘z ichiga olgan bemorlarning demografik va klinik xususiyatlarini kompleks tadqiq etish orqali qorin parda orti bo‘shlig‘i a’zolarining yopiq jarohati bo‘lgan bemorlarning klinik profiliga xos belgilari asoslangan;
buyrak, oshqozon osti bezi va o‘n ikki barmoqli ichakning yopiq jarohatlarida multislays kompyuter tomografiyasining diagnostik ahamiyati asoslangan va qo‘llash uchun ko‘rsatmalar, shuningdek shikastlanish darajasini ob’ektiv baholash, qorin parda orti bo‘shlig‘i gematomalariga ishora qiluvchi bilvosita belgilarni aniqlash va xirurgik aralashuv zaruriyatini belgilash imkonini beruvchi kompyuter tomografiyasining spesifik belgilari aniqlangan;
xirurgik taktikani tanlash uchun qorin parda orti bo‘shlig‘i a’zolarining shikastlanish darajasiga qarab a’zo saqlovchi operatsiyalar va radikal aralashuvlar uchun ko‘rsatmalarni aniqlashtirish, shuningdek asoratlar va o‘limning oldini olish imkonini beruvchi operatsiyadan keyingi asoratlar va o‘lim ko‘rsatkichining chastotasi va tarkibining prognostik qiymatligi isbotlangan;
klinik ko‘rik, ul`tratovush tekshiruvi, MSKT va videolaparoskopiyani qo‘llashga asoslangan tashxis aniqligini oshirish, diagnostik xatolar chastotasini kamaytirish va davolash taktikasini optimallashtirish imkonini beruvchi kompleks diagnostik yondashuvning maqsadga muvofiqligi, samaradorligi va xavfsizligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Qorin parda orti bo‘shlig‘i a’zolarining yopiq jarohatlarini tashxislash va davolashni takomillashtirish bo‘yicha olib borilgan ilmiy-tadqiqot natijalari asosida (O‘zbekiston Respublikasi SSV huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 25.04.2025 y. 16/13-son xulosasi):
birinchi ilmiy yangilik: yosh va jins tuzilishi, jarohat mexanizmi, xavf omillari, shifoxonaga kelish muddatlari va holat og‘irligini tahlil qilishni o‘z ichiga olgan bemorlarning demografik va klinik xususiyatlarini kompleks tadqiq etish orqali qorin parda orti bo‘shlig‘i a’zolarining yopiq jarohati bo‘lgan bemorlarning klinik profiliga xos belgilari asoslanganligi RShTYoIM Ilmiy kengashi tomonidan 2023 yil 18 mayda 3-son bilan tasdiqlangan «Qorin parda orti bo‘shlig‘i gematomalari bo‘lgan bemorlarda kasallikning klinik kechishi, tashxisoti va davolash xususiyatlari» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Mazkur taklif RShTYoIM Xorazm filialining 19.12.2024 yildagi 263/1-“I”-son buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: klinik ma’lumotlarni sistemalashtirish tashxis aniqligini oshirish va davolash taktikasi tanlovining asosliligini oshirishga va bemorlarning mexnatga layoqatsizligi davomiyligini qisqartirishga imkon yaratdi. Iqtisodiy samaradorligi: taklif qilinayotgan yangi yondashuvlarni amaliyotga tadbiq qilish natijasida mehnatga layoqatsizlik davomiyligi o‘rtacha 18,5 kundan 11,2 kungacha qisqartirilib, har bir bemorda 7,3 kunlik farq orqali 876000 so‘m iqtisod qilindi; 192 bemorda umumiy samara 168,2 mln so‘mni, respublika bo‘ylab 1370 shunga o‘xshash holatda esa 1,2 mlrd so‘mdan ortiqni tashkil etdi.
ikkinchi ilmiy yangilik: buyrak, oshqozon osti bezi va o‘n ikki barmoqli ichakning yopiq jarohatlarida mul`tispiralli kompyuter tomografiyasining diagnostik ahamiyati asoslangan va qo‘llash uchun ko‘rsatmalar, shuningdek shikastlanish darajasini ob’ektiv baholash, qorin parda orti bo‘shlig‘i gematomalariga ishora qiluvchi bilvosita belgilarni aniqlash va xirurgik aralashuv zaruriyatini belgilash imkonini beruvchi kompyuter tomografiyasining spesifik belgilari aniqlanganligi RShTYoIM Ilmiy kengashi tomonidan 2023 yil 18 mayda 3-son bilan tasdiqlangan «Qorin parda orti bo‘shlig‘i gematomalari bo‘lgan bemorlarda kasallikning klinik kechishi, tashxisoti va davolash xususiyatlari» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Mazkur taklif RShTYoIM Andijon filialining 03.01.2025 yildagi 12-son buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: tashxis aniqligi oshirildi, bu og‘ir shikastlanishlarni kech aniqlash holatlarini kamaytirish va davolash natijalarini yaxshilashga xizmat qiladi. Iqtisodiy samaradorligi: multislays kompyuter tomografiyasining maqsadli qo‘llanilishi orqali travmatik va ko‘p harajatli usul hisoblanmish diagnostik laparotomiya ulushi 28,6%dan 9,3%gacha kamaytirildi, bu esa har bir bemor uchun o‘rtacha 540000 so‘m xarajatni tejash imkonini berdi; 192 bemorda umumiy iqtisodiy samara 103,7 mln so‘mni, respublika bo‘ylab 1370 shunga o‘xshash holatda esa 740 mln so‘mdan ortiqni tashkil etdi.
uchinchi ilmiy yangilik: xirurgik taktikani tanlash uchun qorin parda orti bo‘shlig‘i a’zolarining shikastlanish darajasiga qarab a’zo saqlovchi operatsiyalar va radikal aralashuvlar uchun ko‘rsatmalarni aniqlashtirish, shuningdek asoratlar va o‘limning oldini olish imkonini bergan operatsiyadan keyingi asoratlar va o‘lim ko‘rsatkichining chastotasi va tarkibining prognostik ahamiyati aniqlanganligi RShTYoIM Ilmiy kengashi tomonidan 2023 yil 18 mayda 3-son bilan tasdiqlangan «Qorin parda orti bo‘shlig‘i gematomalari bo‘lgan bemorlarda kasallikning klinik kechishi, tashxisoti va davolash xususiyatlari» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Mazkur taklif RShTYoIM Buxoro filialining 01.04.2024 yildagi 40-son buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: operatsiyadan keyingi asoratlar chastotasi pasaytirildi, o‘lim holatlari kamaytirildi va bemorlarda funksional natijalar yaxshilandi. Iqtisodiy samaradorligi: statsionarda qolish muddati qisqartirildi, qayta jarrohlik aralashuvlar soni kamaytirildi va sog‘liqni saqlash tizimi yuki pasaytirildi. 
to‘rtinchi ilmiy yangilik: klinik tekshiruv, ul`tratovush tekshiruvi, MSKT va videolaparoskopiyani qo‘llashga asoslangan tashxis aniqligini oshirish, diagnostik xatolar chastotasini kamaytirish va davolash taktikasini optimallashtirish imkonini beruvchi kompleks diagnostik yondashuvning maqsadga muvofiqligi va xavfsizligi asoslanganligi RShTYoIM Ilmiy kengashi tomonidan 2023 yil 18 mayda 3-son bilan tasdiqlangan «Qorin parda orti bo‘shlig‘i gematomalari bo‘lgan bemorlarda kasallikning klinik kechishi, tashxisoti va davolash xususiyatlari» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Mazkur taklif RShTYoIM Farg‘ona filialining 04.09.2024 yildagi 122-son buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: tashhisni takomillashtirish va davolash taktikasi shahsiylashtirilishi orqali tibbiy yordam sifati oshirildi. Iqtisodiy samaradorligi: zamonaviy vizualizatsiya usullarini joriy etish orqali keng laparatomiya holatlari 32,5%dan 11,2–13,8%gacha kamaydi, a’zo saqlovchi operatsiyalar ulushi 18,6%dan 41,3–43,0%gacha oshdi, operatsiyadan keyingi asoratlar va statsionarda qolish muddati sezilarli qisqardi. Har bir bemorda o‘rtacha 61000 so‘m, 4374 ta operatsiyada esa 266,8 mln so‘mgacha iqtisod qilindi.
Xulosa: buyrak, oshqozon osti bezi va o‘n ikki barmoqli ichakning yopiq jarohatlarida mul`tislays kompyuter tomografiyasining qo‘llash uchun ko‘rsatmalar, shuningdek shikastlanish darajasini ob’ektiv baholash, qorin parda orti bo‘shlig‘i gematomalariga ishora qiluvchi bilvosita belgilarni aniqlash va xirurgik aralashuv zaruriyatini belgilash imkonini beruvchi kompyuter tomografiyasining spesifik belgilari aniqlashtirilganligi algoritmlaridan foydalanish har bir bemor uchun operatsiyadan keyingi asoratlar chastotasi pasayishi, o‘lim holatlari kamayishi funksional natijalar yaxshilanishi, statsionarda qolish muddati qisqarishi, qayta jarrohlik aralashuvlar soni kamayishi va sog‘liqni saqlash tizimiga yuk pasayishi xisobiga mehnatga layoqatsizlik davomiyligi o‘rtacha 18,5 kundan 11,2 kungacha qisqartirish imkon berganligi qayd etilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish