Haydarov Shuhrat Erkinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.    Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Shokogen shikastlanishlarda regionar og‘riqsizlantirish: ilk gospital davrda mutanosiblik va xavfsizlikni baxolash”, 14.00.37 – Anesteziologiya va reanimatologiya (tibbiyot fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Tib3964.
Ilmiy rahbarlar: Sharipova Visolatxon Xamzaevna, tibbiyot fanlari doktori,professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi, DSc.04/30.12.2019.Tib.63.01.
Rasmiy opponentlar: Ibragimov Nematjon Kamiljanovich, tibbiyot fanlari doktori; Xamraeva Gulchexra Shaxobovna, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot nomi: Shoshilinch tibbiy yordamni muvofiqlashtiruvchi Milliy markazi  (Qozog‘iston Respublikasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqot maqsadi qabul-diagnostika bo‘limining shok zalida regionar anesteziya usullarini erta qo‘llash orqali shokogen travma olgan bemorlarni davolash natijalarini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qo‘shma shokogen jaroxat olgan bemorlarda erta shifoxona bosqichida shokka qarshi qurash choralarda  regionar anesteziya usullarini qo‘llanishi bemorlarda o‘tkazuvchi og‘riqsilantirish va umumiy notseseptiv reseptorlarni bloklanishi hisobiga asoslangan;
og‘ir izolyasiyalangan, qo‘shma va ko‘plab shikast olgan bemorlarda turli og‘riqsizlantirish usullari fonida markaziy hamda periferik gemodinamika ko‘rsatkichlari, sub’ektiv og‘riq sezgi darajasi, sedatsiya va ajitatsiya darajasining o‘zgarishining o‘ziga xos hususiyatlari asoslangan;
erta gospital bosqichida ultratovush navigatsiyasi ostida o‘tkazilgan regionar og‘riqsizlantirishni umumiy shokka qarshi tadbirlar bilan birga qo‘llashda bemorni shok holatidan chiqarish o‘rtacha vaqtini 27 foizga kamaytirishi, analgeziya ta’sirining boshlanishini 51,6 foizga tezlashtirishi va og‘riqsizlantirish davomiyligini 37,5 foizga uzaytirishi isbotlangan;
shokogen kombinatsiyalangan jarohatlarda taklif etilgan turli anatomik sohalardagi shikastlanishning lokalizatsiyasi, xususiyati va og‘irligini hamda ultratovush navigatsiyasi imkoniyatlarini inobatga olgan va regionar anesteziyaning turli usullarini tanlash imkonini bergan og‘riqsizlantirish algoritmining samardorligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
«Shokogen shikastlanishlarda regionar og‘riqsizlantirish: ilk gospital davrda mutanosiblik va xavfsizlikni baholash» mavzusidagi yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2025-yil 15 avgustdagi 23-sonli xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: qo‘shma shokogen jaroxat olgan bemorlarda erta shifoxona bosqichida shokka qarshi qurash choralarda regionar anesteziya usullarini qo‘llanishi natijalari RShTYoIMning Buhoro (24.03.2025 yildagi №94-sonli buyruq) va Toshkent viloyat filiallarining (15.03.2025 yildagi №47-sonli buyruq) faoliyatiga tadbiq etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: turli anatomik sohalarda shikastlanishning xususiyati va og‘irligi, shuningdek shok darajasi va bemorning umumiy ahvoli kombinatsiyalangan shokogen travma kechishini va uning yakuniy natijasini prognoz qilishga, hamda erta gospital bosqichida regionar anesteziyaning turli usullarini qo‘llashni asoslashga imkon bergan. Iqtisodiy samaradorligi: travmatik shok darajasi, bemor holatining og‘irligi va shikastlanish xususiyatini aniqlash, shokga qarshi choralar bilan birga shikastlangan soha uchun maqsadli regionar anesteziya usullarini tanlashga yordam berishi hisobiga reanimatsiya bo‘limida davolanish muddatini o‘rtacha 11 kundan 8 kunga qisqartirishi byudjet mablag‘idan bir bemor uchun 6000000 so‘mni, tadqiqot doirasida (n=103) jami 618000000 so‘mni tejashga imkon bergan.
ikkinchi ilmiy yangilik: og‘ir izolyasiyalangan, qo‘shma va ko‘plab shikast olgan bemorlarda turli og‘riqsizlantirish usullari fonida markaziy va periferik gemodinamika ko‘rsatkichlarini, sedatsiya va ajitatsiya darajalari o‘zgarishining natijalari RShTYoIMning Buhoro (24.03.2025 yildagi №94-sonli buyruq) va Toshkent viloyat filiallarining (15.03.2025 yildagi №47-sonli buyruq) faoliyatiga tadbiq etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: shokogen jarohatli bemorlarda taklif etilgan regionar og‘riqsizlantirish usullari shokga qarshi chora-tadbirlarni differensiallashtirishga yordam bergan va travmatik shokning organizmning hayotiy muhim funksiyalariga ta’sirini kamaytirganligi hisobiga bemorlar tinchlantiriladi, asab tizimi tomonidan kuzatiladigan buzilishlar qisqaradi. Iqtisodiy samaradorligi: shokogen travmada regionar anesteziyani qo‘llanishi markaziy va periferik gemodinamika ko‘rsatkichlarining barqarorligini ta’minlash hisobiga umumiy statsionarda davolanish muddatini o‘rtacha 11 kundan 8 kunga qisqartirish bir bemor uchun 660000 so‘m, so‘mni, tadqiqot doirasida (n=103) jami 67980000 so‘m tejashga imkon bergan.
uchinchi ilmiy yangilik: erta gospital bosqichida ultratovush navigatsiyasi nazorati ostida regionar og‘riqsizlantirishni shokga qarshi chora-tadbirlar bilan birga qo‘llanishi RShTYoIMning Buhoro (24.03.2025 yildagi №94-sonli buyruq) va Toshkent viloyat filiallarining (15.03.2025 yildagi №47-sonli buyruq) faoliyatiga tadbiq etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: kombinatsiyalangan shokogen travmali bemorlarda erta gospital bosqichida shokga qarshi standarti joriy etilishi og‘riqsizlantirish sifatini va davomiyligini yaxshilaydi, bemorlarni shok holatidan chiqarish vaqtini qisqartiradi hamda murakkab toifadagi bemorlarga jarrohlik amaliyotlarni bajarilishini tezlashtirgan. Iqtisodiy samaradorligi: hayotiy muhim organlarni barqarorlashtirishga qaratilgan, zararlangan sohaga maqsadli regionar anesteziya kiritilgan shokga qarshi choralari kasalxonaga kelgan vaqtdan operatsiya boshlanishigacha bo‘lgan muddatni 37,6% ga qisqartirganligi bemorlarning klinikada qolish muddatini 11 kundan 8 kungacha kamaytirib, bir bemor uchun 660000 so‘m, so‘mni, tadqiqot doirasida (n=103) jami 67980000 so‘m tejashga imkon bergan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: shokogen kombinatsiyalangan jarohatlarda taklif etilgan turli anatomik sohalardagi shikastlanishning lokalizatsiyasi, xususiyati va og‘irligini hamda ultratovush navigatsiyasi imkoniyatlarini inobatga olgan va regionar anesteziyaning turli usullarini tanlash imkonini bergan og‘riqsizlantirish algoritmi RShTYoIMning Buhoro (24.03.2025 yildagi №94-sonli buyruq) va Toshkent viloyat filiallarining (15.03.2025 yildagi №47-sonli buyruq) faoliyatiga tadbiq etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: erta gospital bosqichida shokogen kombinatsiyalangan travmali bemorlarga ketma-ket qo‘llaniladigan ushbu algoritmning keng joriy etilishi ixtisoslashgan shoshilinch tibbiy yordam sifatini oshirgan. Iqtisodiy samaradorligi: ko‘plab tayanch-harakat tizimi zararlangan, kombinatsiyalangan shokogen shikastlangan bemorlarda taklif etilgan og‘riqsizlantirish algoritmi erta gospital bosqichida iqtisodiy jihatdan samarali bo‘lib, klinikada qolish muddatini 11 kundan 8 kungacha kamaytirib, bir bemor uchun 660000 so‘m, so‘mni, tadqiqot doirasida (n=103) jami 67980000 so‘m tejashga imkon bergan.
“Shokogen shikastlanishlarda regionar og‘riqsizlantirish: ilk gospital davrda mutanosiblik va xavfsizlikni baxolash” mavzusidagi dissertatsion tadqiqoti natijalarining amaliyotga joriy qilinganligi to‘g‘risida ilmiy yangilikni boshqa davolash-profilaktika muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining 2025 yil 13-avgustidagi 01-02/1942  sonli xati yuborilgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish