Mohamed Eid Aly Balbaaning fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Makroiqtisodiy omillarning O‘zbekiston barqaror rivojlanishiga ta’siri”, 08.00.02 – Makroiqtisodiyot.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.DSc/Iqt826.
Ilmiy maslahatchi: Nasirxodjaeva Dilafruz Sabitxanovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.01.2021.I.16.03.
Rasmiy opponentlar: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti professori, iqtisodiyot fanlari doktori, professor Axmedieva Aliya Toxtarovna, Toshkent xalqaro moliyaviy boshqaruv va texnologiyalar universiteti (TIFT) kafedra dotsenti, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha fan doktori, professor Abduraximova Saida Axmadjonovna, Namangan davlat universiteti iqtisodiyot fanlari doktori Bustonov Mansur.
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonning barqaror rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatuvchi makroiqtisodiy omillarni aniqlash va iqtisodiyotni rivojlantirishga younaltirilgan konseptual tamoyillarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “barqaror rivojlanish” tushunchasining iqtisodiy mazmuni jamiyat ehtiyojlarini qondirish jarayonida iqtisodiy o‘sish, ijtimoiy farovonlik va tabiiy resurslardan samarali foydalanishni uyg‘unlashtirib, kelajak avlodlar manfaatlariga zarar etkazmasdan iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik muvozanatni ta’minlaydigan iqtisodiy kategoriya nuqtai nazaridan takomillashtirilgan;
iqtisodiy faoliyatning atrof-muhitga ta’siri, qayta tiklanadigan energiya manbalari va chiqindilarni qayta ishlash ko‘rsatkichlarini hisobga olgan holda O‘zbekiston sharoiti uchun Barqarorlik indeksi metodologiyasi sinov natijasida indeksning maqbul darajasi (82-85%)ni ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
inson kapitalini hisobga olgan holda to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investisiyalarning O‘zbekistonning barqaror rivojlanishiga ta’sirini baholovchi ekonometrik modelni ishlab chiqish asosida iqtisodiy o‘sishga investisiya ta’sirini 70-75% aniqlik bilan prognoz qilish imkonini berishi asoslangan;
barqaror rivojlanishni ta’minlash maqsadida ta’lim, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy muhofaza xarajatlari hisobga olingan holda davlat xarajatlarining samaradorligini baholashga qaratilgan uslubiy yondashuv inson kapitali rivojlanishiga davlat sarf-xarajatlari ta’sirini 1,3-1,5 martaga oshirishni ta’minlash orqali takomillashtirilgan;
O‘zbekistonda iqtisodiy o‘sish, ishsizlik, inflyasiya va boshqa makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarning o‘zaro bog‘liqligining ekonometrik modelini takomillashtirish asosida ijtimoiy barqarorlik va atrof-muhit muhofazasini hisobga olgan holda mamlakatni barqaror rivojlantirishning 2030-yilgacha uzoq muddatli prognozi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Milliy iqtisodiyotni barqaror rivojlantirish metodologiyasini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “barqaror rivojlanish” tushunchasining iqtisodiy mazmunini jamiyat ehtiyojlarini qondirish jarayonida iqtisodiy o‘sish, ijtimoiy farovonlik va tabiiy resurslardan samarali foydalanishni uyg‘unlashtirib, kelajak avlodlar manfaatlariga zarar etkazmasdan iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik muvozanatni ta’minlaydigan iqtisodiy kategoriya nuqtai nazaridan takomillashtirishga oid nazariy-uslubiy ishlanmalardan oliy o‘quv yurtlarining 5231000 – “Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti va mamlakatshunoslik (Musulmon mamlakatlari)” bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari talabalari uchun tavsiya etilgan “Makroiqtisodiyot” darsligini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021-yil 28-avgustdagi 375-sonli buyrug‘i). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga tatbiq etilishi natijasida talabalarda makroiqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash, ekologik va ijtimoiy o‘lchovlarni iqtisodiy siyosatga integratsiyalash, yashil texnologiyalarni fiskal rag‘batlantirishni joriy etish bo‘yicha nazariy bilimlarni kengaytirish imkoni yaratilgan;
iqtisodiy faoliyatning atrof-muhitga ta’siri, qayta tiklanadigan energiya manbalari va chiqindilarni qayta ishlash ko‘rsatkichlarini hisobga olgan holda O‘zbekiston sharoiti uchun Barqarorlik indeksi metodologiyasi sinov natijasida indeksning maqbul darajasi (82-85%)ni ta’minlash asosida takomillashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2025-yil 7-noyabrdagi 04/26-1-2-24490-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga tatbiq etilishi natijasida O‘zbekiston sharoiti uchun Barqarorlik indeksi metodologiyasi sinov natijasida indeksning maqbul darajasini ta’minlash asosida takomillashtirish imkoni yaratilgan;
inson kapitalini hisobga olgan holda to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investisiyalarning O‘zbekistonning barqaror rivojlanishiga ta’sirini baholovchi ekonometrik modelni ishlab chiqish asosida iqtisodiy o‘sishga investisiya ta’sirini 70-75% aniqlik bilan prognoz qilish taklifi O‘zbekiston Savdo-sanoat Palatasi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Savdo-sanoat Palatasining 2025-yil 11-noyabrdagi 05-33-12809-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga tatbiq etilishi natijasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investisiyalarning O‘zbekistonning barqaror rivojlanishiga ta’sirini prognoz qilish aniqligini oshirish imkoni yaratilgan;
barqaror rivojlanishni ta’minlash maqsadida ta’lim, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy muhofaza xarajatlari hisobga olingan holda davlat xarajatlarining samaradorligini baholashga qaratilgan uslubiy yondashuv inson kapitali rivojlanishiga davlat sarf-xarajatlari ta’sirini 1,3-1,5 martaga oshirishni ta’minlash ta’minlash taklifi O‘zbekiston Savdo-sanoat Palatasi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Savdo-sanoat Palatasining 2025-yil 11-noyabrdagi 05-33-12809-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga tatbiq etilishi natijasida inson kapitali rivojlanishiga davlat sarf-xarajatlari ta’sirining darajasini oshirish imkoni yaratilgan;
O‘zbekistonda iqtisodiy o‘sish, ishsizlik, inflyasiya va boshqa makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarning o‘zaro bog‘liqligining ekonometrik modelini takomillashtirish asosida ijtimoiy barqarorlik va atrof-muhit muhofazasini hisobga olgan holda mamlakatni barqaror rivojlantirishning 2030-yilgacha ishlab chiqilgan uzoq muddatli prognozidan foydalanish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2025-yil 7-noyabrdagi 04/26-1-2-24490-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga tatbiq etilishi natijasida O‘zbekistonda ijtimoiy barqarorlik va atrof-muhit muhofazasini hisobga olgan holda mamlakatni barqaror rivojlantirishning uzoq muddatli ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi o‘zaro muvofiqlikni ta’minlash imkoni yaratilgan.