To‘raeva Zilola Turg‘unovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekiston Respublikasi sanoat tarmog‘i faoliyatining samaradorligini statistik baholash”, 08.00.06 – “Ekonometrika va statistika” (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/Iqt4402.
Ilmiy rahbar: Mamatkulov Baxtiyor Xalmuradovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.01.2021.I.16.03.
Rasmiy opponentlar: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti professori, iqtisodiyot fanlari doktori Salimov Baxtiyor Tadjievich, Millat Umidi universiteti professori, iqtisodiyot fanlari doktori (DSc) Umarova Muqaddas Abbasovna.
Yetakchi tashkilot: G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universitetining Toshkent filiali.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston Respublikasi sanoat tarmog‘i faoliyatining samaradorligini statistik baholash bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
sanoat korxonalarida ishlab chiqarish samaradorlik indikatorlari (ishchi vaqti, resurs sarfi, ishlab chiqarish quvvati, mehnat unumdorligi va h.k.)ning korrelyasion munosabati asosida samaradorlikning integral indeksi ishlab chiqilib, umumiy maqbul chegarasidagi o‘sishini ta’minlash orqali sanoat faoliyati samaradorligiga erishish asoslangan;
sanoat korxonalari xodimlari o‘rtasida mehnat unumdorligi va daromad taqsimoti o‘rtasidagi statistik disbalansni bartaraf etish hamda yopiq oraliqlar, desillar va boshqa oraliqlarda guruhlangan sanoat korxonalari xodimlarining oylik pul daromadlari miqdorini taqsimlash asosida modal daromad (Mo) va medianal daromad (Me) ning qiymati bo‘yicha desil koeffisienti (Kd) ni aniqlash takomillashtirilgan;
sanoat tarmog‘ining qo‘shilgan qiymatiga ta’sir etuvchi omillarning ARIMA modeli asosidagi tahlili orqali sanoat qo‘shilgan qiymatining (GVA) o‘sishiga ta’sir etuvchi asosiy ijobiy omillar sifatida ishlab chiqarishdagi investisiyalar, ishchi kuchi unumdorligi hamda texnologik modernizatsiya darajasi asosida sanoat ishlab chiqarishi qo‘shilgan qiymati ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan;
O‘zbekiston Respublikasida sanoat tarmog‘ining qo‘shilgan qiymati hajmiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarning ekonometrik modeli asosida 2027 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekiston Respublikasi sanoat tarmog‘i faoliyatining samaradorligini statistik baholash usullarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: sanoat korxonalarida ishlab chiqarish samaradorlik indikatorlari (ishchi vaqti, resurs sarfi, ishlab chiqarish quvvati, mehnat unumdorligi va h.k.)ning korrelyasion munosabati asosida samaradorlikning integral indeksi ishlab chiqilib, umumiy maqbul chegarasidagi o‘sishini ta’minlash orqali sanoat faoliyati samaradorligiga erishish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi tomonidan sanoat korxonalari samaradorligini statistik baholashni takomillashtirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining 2025-yil 30-maydagi 04-07-27-5784-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida anketa-so‘rovnomalarida qatnashgan 7792 ta sanoat korxonalar faoliyatidagi muammolarni bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqilib, statistik ko‘rsatkichlarni ochiq e’lon qilish kengaytirilgan va “Google Format” dasturiy ta’minoti ishlab chiqilishi natijasida samaradorlikni statistik baholashni takomillashtirish metodologiyasi amaliyotga joriy etilgan;
sanoat korxonalarida mehnat unumdorligi va daromad taqsimoti o‘rtasidagi statistik disbalansni bartaraf etish hamda yopiq oraliqlar, desillar va boshqa oraliqlarda guruhlangan sanoat korxonalari xodimlarining oylik pul daromadlari miqdorini taqsimlash asosida modal daromad (Mo) va medianal daromad (Me) ning qiymati bo‘yicha desil koeffisienti (Kd) aniqlashni takomillashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi tomonidan sanoat korxonalarini rivojlantirish va qo‘shilgan qiymat hajmini oshirish bo‘yicha hududiy dasturlarni ishlab chiqishda foydalangan (O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining 2025-yil 30-maydagi 04-07-27-5784-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida sanoat korxonalari daromadiga ta’sir etuvchi eng kuchli ijobiy omillar kombinatsiyasiga ko‘ra qo‘shilgan qiymat zanjirini mustahkamlash uchun qo‘shimcha imkoniyat va ularning aniqlik darajasini oshirishga erishilgan;
sanoat tarmog‘ining qo‘shilgan qiymatiga ta’sir etuvchi omillarning ARIMA modeli asosidagi tahlili orqali sanoat qo‘shilgan qiymatining (GVA) o‘sishiga ta’sir etuvchi asosiy ijobiy omillar sifatida ishlab chiqarishdagi investisiyalar, ishchi kuchi unumdorligi hamda texnologik modernizatsiya darajasi asosida ishlab chiqilgan sanoat ishlab chiqarishi qo‘shilgan qiymati ko‘rsatkichlaridan O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi tomonidan mamlakatni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, sanoat korxonalarida ishlovchi xodimlar turmush tarzini yaxshilash va ijtimoiy himoya qilish, iqtisodiy rivojlantirish dasturini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining 2025-yil 30-maydagi 04-07-27-5784-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida sanoat korxonalari faoliyatini rejalashtirishda mavjud resurslardan yanada samarali foydalanish imkoni yaratilgan;
sanoat tarmog‘ida qo‘llaniladigan elektron statistik hisobotlarni xalqaro andozalarga mos ravishda prognoz uslubiyatining ma’lumotlar bazasini kengaytirish orqali sanoat tarmog‘i qo‘shilgan qiymatining 2027-yilga qadar ishlab chiqilgan ko‘p variantli prognoz ssenariylari O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi tomonidan sanoat korxonalarini rivojlantirish va qo‘shilgan qiymat hajmini oshirish bo‘yicha hududiy dasturlarni ishlab chiqishda foydalangan (O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining 2025-yil 30-maydagi 04-07-27-5784 sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida O‘zbekiston Respublikasi sanoat tarmog‘ining qo‘shilgan qiymatiga ta’sir etuvchi omillarning istiqboldagi parametrlarini baholash imkoni yaratilgan.