Turamurotova Gulshod Xurramovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekistonning turli tuproq sharoitida g‘o‘zada vilt kasalligini tarqalishi va unga qarshi kurash chorasini ishlab chiqish”, 06.01.09 – O‘simliklarni himoya qilish (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B.2017.2.PhD/Qx111.
Ilmiy rahbar: Marupov Abbosxon, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘simliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.05/30.12.2019.Qx.42.01.
Rasmiy opponentlar: Kimsanbaev Xojimurod Xamraqulovich, biologiya fanlari doktori, professor; Nuriddinov Abdumalik Mukaranqulovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonning turli tuproqlarida g‘o‘zaning rayonlashtirilgan navlarida vilt kasalligini tarqalishi va keltiradigan zararini, yangi tizma va navlarni kasallikka bardoshligini aniqlash, solyarizatsiya va xantal (gorchisa) ekinini siderat sifatida ekishni vilt kasalligini qo‘zg‘atuvchi patogenlarga qarshi yangi innovatsion agrobiologik kurash usulini ishlab chiqish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Respublikaning turli tuproqlarida parvarishlanadigan, rayonlashtirilgan Namangan-77, Andijon-35, S-8290, Buxoro-8 va Buxoro-10 g‘o‘za navlarining vilt kasalligi bilan zararlanish darajasini aniqlangan;
g‘o‘zani rayonlashtirilgan navlarida vilt kasalligini tarqalish areali va qo‘zg‘atuvchi zamburug‘larning tur tarkibi, Farg‘ona vodiysi, Toshkent, Jizzax, Samarqand va Sirdaryo viloyatlarida asosan F.oxysporum va ayrim dalalarda V. dahliae zamburug‘i yuzaga keltirishi aniqlangan. Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida rayonlashtirilgan g‘o‘za navlari rivojlanishining erta fazalarida F.verticilloides, keyinchalik esa F.oxysporum bilan ham kasallanishi aniqlangan. Xorazm viloyatida rayonlashtirilgan Mehnat va Xorazm-127 navlarida V.dahliae dominantlik qilishi va ayrim dalalarda F.oxysporum patogeni bilan kasallanganligi aniqlangan;
Buxoro viloyatidan keltirilgan kasallangan g‘o‘zadan ajratilgan patogen, vilt kasalligini qo‘zg‘atuvchisi F.verticillioides (sin: F. moniliforme) zamburug‘i ekanligi aniqlangan. Viltni qo‘zg‘atuvchilari ichida fuzarioz viltining Buxoro shtammi kuchli virulentli ekanligi aniqlangan;
g‘o‘zada vilt kasalligini qo‘zg‘atuvchi zamburug‘lar - V. dahliae, F.oxysporum va F. verticilliodes larga T-888, T-526 tizmalari va S-8290, S-8297 navlarni bardoshliligi aniqlangan;
Ilk bor Buxoro viloyati allyuvial tuproqlarida solyarizatsiyadan so‘ng xantal ekinini siderat sifatida ekish va kuzda ko‘k massa holida haydash orqali tuproq mikroflorasini tiklanishi va uning biologik faolligi oshib o‘simliklarning o‘sishi, rivojlanishi va hosildorligini ortishi aniqlangan;
g‘o‘zaning fuzarioz vilt kasalligiga qarshi bug‘doydan bo‘shagan dalalarda solyarizatsiya usulini qo‘llab, so‘ng xantal ekinini siderat sifatida ekib noyabr` oyida haydab yuborishda iqtisodiy samarali hisoblanib, olingan sof foyda (2017 y. hisobida) 1 365 520,0 so‘m/ga, rentabellik 29,5% ni tashkil etgani aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekistonning turli tuproq sharoitida g‘o‘zaning rayonlashtirilgan navlarida vilt kasalligini tarqalishi va ularga qarshi kurash choralarini takomillashtirish bo‘yicha o‘tkazilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
“Buxoro viloyatida g‘o‘zaning vilt kasalligiga qarshi innovasion kurash bo‘yicha” va “G‘o‘zaning vilt kasalligiga qarshi kurashda solyarizasiya va xantal ekish bo‘yicha” tavsiyanomalar tasdiqlangan (Qishloq xo‘jaligida Bilim va Innovatsiyalar milliy markazining 2025 yil 9 apreldagi 05/04-04-128-son ma’lumotnomasi). Ushbu tavsiyanomalar fermer, dexqon xo‘jaliklari va agroklaster uchun qo‘llanma bo‘lib xizmat qilmoqda;
tuproqqa solyarizatsiya usulida ishlov berish va siderat sifatida xantal ekini ekish orqali viltga qarshi innovasion kurash usuli Buxoro viloyati Vobkent tumani “Kulxatib” f/x 0,5 ga, Buxoro tumani “Karim Qaxxor” f/x 0,5 ga Qoravulbozor tumani “Amir Amon Zamini” f/x 2 ga jami 3,0 ga maydonda joriy qilingan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovasiyalar milliy markazi 2025 yil 9 apreldagi 05/04-04-128-son ma’lumotnomasi). Natijada g‘o‘zaning vilt bilan kasallanish 33,8-54,7% kamayib, 38,8-45,4 s/ga hosil olgan holda gektaridan (2017 y. hisobida) 1 365 520,0 so‘m/ga sof foyda olingan va 29,5 % rentabillikka erishilgan.
G‘o‘zaning vilt patogenlariga chidamli navlarni yaratishda T-526 va T-888 tizmalardan foydalanish g‘o‘za seleksiyasi bilan shug‘ullanuvchi mussasalarga tavsiya qilingan (Qishloq xo‘jaligida Bilim va Innovasiyalar milliy markazining 2025 yil 9 apreldagi 05/04-04-128-son ma’lumotnomasi). Natijada g‘o‘za tizmalari vilt patogenlariga bardoshliligi bo‘yicha o‘rganilgan, nisbatan kompleks bardoshli nav va tizmalarini kelgusidagi seleksiya ishlari uchun boshlang‘ich manba sifatida tavsiya qilingan.