Akbarov Mirjamol Mirodilovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ildizmevali sabzavot ekinlarining zamburug‘lar qo‘zg‘atadigan kasalliklari va ularga qarshi biologik hamda kimyoviy kurash choralari”, 06.01.09 – O‘simliklarni himoya qilish (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Qx580.
Ilmiy rahbar: Xakimova Nigora Toxirovna, biologiya fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘simliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.05/30.12.2019.Qx.42.01.
Rasmiy opponentlar: Kimsanbaev Xojimurod Xamraqulovich, biologiya fanlari doktori, professor; Mamedov Normuxammad Mardanovich, qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Toshkent viloyati sharoitida ildizmevali sabzavot ekinlari (sabzi, sholg‘om, turp, rediska) ning zamburug‘lar qo‘zg‘atadigan kasalliklarini tarqalishi, rivojlanishi, zararini aniqlash, bu kasalliklarni qo‘zg‘atuvchi zamburug‘larning ayrim bioekologik xususiyatlarini o‘rganish hamda ularga qarshi biologik va kimyoviy kurash choralarini ishlab chiqish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Toshkent viloyati sharoitida sabzi, sholg‘om, turp va rediskaning o‘suv davrida zamburug‘lar qo‘zg‘atadigan kasalliklarini o‘rganish bo‘yicha maxsus tadqiqotlar amalga oshirilib, un-shudring, al`ternarioz va fuzarioz kasalliklari eng keng tarqalganligi hamda patogen zamburug‘larning tur tarkibi aniqlanib, Toshkent viloyatida un-shudring kasalligi 19,1-28,4% gacha, al`ternarioz 24,1-32,1% gacha, fuzarioz kasalligi 20,1-29,4% gacha tarqalganligi aniqlangan;
sabzi, sholg‘om, turp va rediska ekinlarida al`ternarioz kasalligini qo‘zg‘atuvchi Alternaria radicina, Alternaria brassicae, Alternaria raphani, fuzarioz kasalligini qo‘zg‘atuvchi Fusarium oxysporum (Schlecht.) Snyd. et Hans, Fusarium oxysporum Schlecht. f. raphani zamburug‘ turlarining sof kul`turalari ajratilgan;
al`ternarioz kasalligini qo‘zg‘atuvchi Alternaria sp., fuzarioz kasalligini qo‘zg‘atuvchi Fusarium sp. zamburug‘ turlari Chapek oziqaviy muhitida kartoshkali oziqaviy muhiti va och agarga qaraganida yaxshi o‘sib rivojlanishi aniqlangan;
laboratoriya sharoitida al`ternarioz kasalligini qo‘zg‘atuvchi Alternaria sp. turlari sporalarining rivojlanishi uchun optimal harorat 25-28oS, Fusarium sp. turlarlari uchun 26-27oS gacha ekanligi aniqlangan;
sun’iy zararlash yo‘li bilan o‘tkazilgan tajribalarda sabzining Mirzoyi jo‘ltaya 304, Mshak 195, Sholg‘omning Muyassar, Samarkandskaya mestnaya, Turpning Kuz hadiyasi, Rediskaning Krasniy velikan navlari kasalliklarga nisbatan chidamli navlar ekanligi aniqlangan;
laboratoriya sharoitida urug‘dorilagich preparatlarning ta’siri o‘rganilib, Vitavaks 200 FF 34% s.suk.s. (2,5 l/t) hamda Maksim XL 035 FS 3,5% cuk.s. (1,5 l/t) urug‘dorilagichlarini qo‘llash orqali fuzarioz kasalligini oldini olish mumkinliki aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ildizmevali sabzavot ekinlarining zamburug‘lar qo‘zg‘atadigan kasalliklarini tarqalishi, rivojlanishi hamda zararini aniqlash va ularga qarshi kurash choralarini ishlab chiqish bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqotlar natijalari asosida:
“Ildizmevali sabzavotlarni kasalliklardan himoya qilish” nomli tavsiyanoma tasdiqlangan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025 yil 9 apreldagi 05/06-04-130-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu tavsiyanoma sabzavotchilik bilan shug‘illanuvchi fermer, dehqon xo‘jaliklari va agroklasterlar uchun muxim qo‘llanma bo‘lib xizmat qilmoqda;
ildizmevali sabzavotlarning (sabzi, sholg‘om, turp, rediska) fuzarioz va al`ternarioz kasalliklariga qarshi kurashishda Sporagin s.e.k. (2,0 l/ga), Orgamika F s. (0,8-1,0 l/ga), Orgamika C s. (1,5-2,0 l/ga), Psevdobakterin–3 s. (0,1-0,2 l/ga) biofungisidlari, al`ternarioz kasalligiga qarshi kurashishda Miravis duo 200 k.s. (0,75 l/ga), Tanos 50% s.d.g. (0,4-0,6 kg/ga), Merit 32,5% suk.s. (0,8-1,0 l/ga) va Bellis 380 g/kg s.d.g. (0,6-0,8 kg/ga) kimyoviy preparatlarini qo‘llash Toshkent viloyati Yuqorichirchiq tumani “To‘ychiev Furqat” fermer xo‘jaligining 6,0 ga, Toshkent tumani “Shuxrat Ziyo” fermer xo‘jaligida 7,0 ga sabzi ekini maydonlarida joriy qilingan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025 yil 9 apreldagi, 05/06-04-130-sonli ma’lumotnomasi). Natijada biofungisidlar fuzarioz va al`ternarioz kasalliklariga qarshi qo‘llanganida 74,9-78,9%, kimyoviy preparatlar al`ternarioz kasalligiga qarshi qo‘llanganda 85,7-89,8% biologik samaradorlikka  erishilgan;
sholg‘om ekinida kimyoviy preparatlar va biofungisidlar qo‘llash Toshkent viloyati Toshkent tumanidagi “Raxmatxo‘jaev Toyir” fermer xo‘jaligining 4,5 ga, “Shuxrat Ziyo” fermer xo‘jaligining 5,5 ga maydonlarida joriy qilingan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025 yil 9 apreldagi 05/06-04-130-sonli ma’lumotnomasi). Natijada biofungisidlar qo‘llanganda 76,3-79,6%, kimyoviy preparatlar qo‘llanganida esa 86,9-88,6% biologik samaradorlikka  erishilgan;
turpda kimyoviy preparatlar va biofungisidlarni qo‘llash Yashnobod tumanidagi “Tuzel Nazarov Sardor” fermer xo‘jaligining jami 11,0 ga ekin maydonlarida joriy qilingan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025 yil 9 apreldagi 05/06-04-130-sonli ma’lumotnomasi). Natijada biopreparatlardan 75,1-79,7% va kimyoviy preparatlar qo‘llanganida 87,0-88,1% biologik samaradorlikka  erishilgan;
kimyoviy preparatlar va biofungisidlarni qo‘llash Toshkent viloyatining Yuqorichirchiq tumani “Zamon sari baraka” fermer xo‘jaligida 8,0 ga, Qibray tumanidagi “Shukurova Go‘zal Nasrullaevna” fermer xo‘jaligini 1,5 ga rediska ekin maydonlarida joriy qilingan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025 yil 9 apreldagi 05/06-04-130-sonli ma’lumotnomasi). Natijada biofungisidlar qo‘llanganda 71,4-77,3% va kimyoviy preparatlar qo‘llanganida esa 88,0-88,7% biologik samaradorlikka  erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish