Xodjakulova Diyora Erkin qizining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):  “Sudyalarda kasbiy deformatsiya namoyon bo‘lishining ijtimoiy-psixologik xususiyatlari” mavzusidagi 19.00.05 – “Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya” (psixologiya fanlari).  
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.PhD/458
Ilmiy rahbar:Muxamedova Dilbar Gafurdjanovna, psixologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi:O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, PhD.03/30.12.2021.P.01.07.
Rasmiy opponentlar: Sh.X.Abdullaeva psixologiya fanlari doktori, professor; L.S.Tursunov psixologiya fanlari nomzodi ,dotsent; 
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar Vazirligi akademiyasi 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Sudyalarda kasbiy deformatsiya namoyon bo‘lishining ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini o‘rganish hamda uning oldini olish va korreksiyalash bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish.  
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: sudyalarda kasbiy deformatsiyaning shakllanishi va namoyon bo‘lishiga ta’sir etuvchi asosiy ijtimoiy-demografik va psixologik omillar, jumladan, o‘zini o‘zi baholash, empatiya darajasi, nazorat lokusi va nizoli xulq-atvor uslublari aniqlangan va tizimlashtirilgan;
sudyalarda kasbiy deformatsiya namoyon bo‘lishining ijtimoiy-demografik xususiyatlari aniqlandi. Ayollarda kasbiy deformatsiya ko‘pincha hissiy toliqish yo‘lidan, erkaklarda esa depersonalizatsiya yo‘lidan borishi, kasbiy deformatsiyaning rivojlanishi uchun eng muhim davr o‘rtacha yosh (40-50 yosh) va 5 yildan 15 yilgacha bo‘lgan ish staji ekanligi aniqlangan; 
deformatsiya xavfini dastlabki bosqichlarda bashorat qilish va tashxislash imkonini beruvchi kasbiy deformatsiyaning emotsional so‘nish kabi komponentlari va sudyalar shaxsining ijtimoiy-psixologik xususiyatlari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqliklar aniqlangan;
sudyalarning kasbiy faoliyati va shaxsiy xususiyatlarini hisobga olgan holda kasbiy deformatsiyaning oldini olish va korreksiyalashga qaratilgan sudyalarni psixologik qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Nizomiy nomidagi O‘zbekiston  Milliy pedagogika universiteti nomidagi O‘quv ilmiy markazi 2024 10.11. PM 255-qaroriga asosan O‘zbekiston Milliy universiteti tadqiqotchisi Xodjakulova Diyora Erkin qizining “Sudyalarda kasbiy deformatsiya namoyon bo‘lishining ijtimoiy-psixologik xususiyatlari” mavzusida 19.00.05 Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya ixtisosligidan Psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori PhD ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan dissertatsiya ishi natijalarini joriy etilishi; 
 Sudyalarda kasbiy deformatsiyaning shakllanishi va namoyon bo‘lishiga ta’sir etuvchi asosiy ijtimoiy-demografik va psixologik omillar, jumladan, o‘zini o‘zi baholash, empatiya darajasi, nazorat lokusi va nizoli xulq-atvor uslublari aniqlanganligi va tizimlashtirilganligiga doir kasbiy deformatsiyani aniqlash uchun ishlab chiqilgan diagnostik majmua “Shaxs psixologiyasi” va “Psixodiagnostika” modullariga kiritilgan. Ularni amaliyotda qo‘llash amaliyotchi psixologlarda kasbiy deformatsiya to‘g‘risidagi bilimlarni chuqurlashtirish va kasbiy kompetentlikni oshirish imkonini berdi, bu esa sud amaliyotida psixologik xizmatni tashkil etish uchun sharoit yaratib, kasbiy so‘nish va deformatsiya alomatlarini erta aniqlashga, o‘z vaqtida psixologik yordam ko‘rsatishga va hissiy charchoq bilan bog‘liq kasbiy xatolar xavfini kamaytirishga xizmat qilgan;
 Sudyalarni qo‘llab-quvvatlashda ish staji, yoshi va jinsini hisobga olgan holda differensiallashgan yondashuv zarurligini ko‘rsatuvchi sudyalarda aniqlangan kasbiy deformatsiya namoyon bo‘lishining ijtimoiy-demografik xususiyatlari “Shaxs psixologiyasi” va “Mehnat psixologiyasi” modullariga kiritilgan. Natijada amaliyotchi psixologlarning kasbiy malakasini oshirishga yordam berib, ularni yosh sudyalarning moslashuv dasturlariga, psixologik yordam kurslariga, rotatsiya va yuklamani taqsimlash tizimiga kiritish orqali xavf guruhlarida deformatsiya darajasini pasaytirish, ular orasida kasbdan qoniqishni oshirish va jamoadagi iqlimni yaxshilash imkonini bergan;
 Erta bosqichlarda deformatsiya xavfini bashorat qilish va tashxislash imkonini beruvchi kasbiy deformatsiyaning hissiy charchoq kabi komponentllari va sudyalar shaxsining ijtimoiy-psixologik xususiyatlari o‘rtasidagi aniqlangan o‘zaro bog‘liqliklar “Shaxs psixologiyasi” va “Psixologik trening” modullariga kiritilgan. Natijada amaliyotchi psixologlar faoliyatining metodik ta’minotini kuchaytirishga, tegishli eslatmani ishlab chiqishga, kasbiy so‘nish va deformatsiya belgilarini aniqlash bo‘yicha qo‘llanmani ishlab chiqishga, xodimlarni boshqarish tizimini takomillashtirishga, sudyalarga o‘z vaqtida yordam ko‘rsatishga va jamoada nizolarning oldini olishga xizmat qilgan;
 Sudyalarning kasbiy faoliyati va shaxsiy xususiyatlarini hisobga olgan holda kasbiy deformatsiyaning profilaktika va korreksiyasiga qaratilgan sudyalarni psixologik qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ishlab chiqilgan amaliy tavsiyalar “Shaxs psixologiyasi” va “Psixologik trening” modullariga kiritilgan. Natijada psixologlarning kasbiy kompetentligini oshirib, ularga psixologik yordamning tarkibiy bo‘linmasini samarali tashkil etish, sudyalarning ruhiy salomatligini tizimli qo‘llab-quvvatlash, kadrlar qo‘nimsizligini kamaytirish va sud tizimiga bo‘lgan ishonchni oshirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish