Raupova Kamola Musinovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): Shovqin va vibratsiya natijasida kelib chiqadigan sensonevral qattiqquloqligining diagnostikasini va davosini takomillashtirish, 14.00.04 – Otorinolaringologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Tib3288.
Ilmiy rahbar: Nasretdinova Maxzuna Taxsinovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat tibbiyot universiteti, DSc.04/05.06.2020.Tib.102.02.
Rasmiy opponentlar: Karabaev Xurram Esankulovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Vladimirova Tat`yana Yul`evna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Federal tibbiy biologik agentlik. Milliy otorinolaringologiya markazi.
II. Tadqiqotning maqsadi: kompleks diagnostik tekshiruvlar asosida klinik-funksional o‘zgarishlarni o‘rganish, hamda yuqori darajadagi ishlab chiqarish shovqini va vibratsiyasi sharoitida mehnat qiluvchi korxona xodimlarini davolash usullarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
domiy shovqin-vibratsiya ta’sirida bo‘lgan kasblardagi ishchilarning audiologik xususiyatlari batafsil taxlil kilingan va eshitish chastotasining yuqori diapazon tonlariga 8000-16000 Gs eshitish sezgirligini aniqlash orqali kasbiy qattiqquloqlikni erta tashxislashi aniqlangan;
shovqin ta’sirida kompensator reaksiyalarning buzilishi va miya qon oqimi, hamda psixoakustik tadqiqotlar yordamida aniqlanadigan ichki quloq labirintidagi bosimning oshishi bilan namoyon bo‘ladigan ichki quloqning qon tomir distoniyasi rivojlanishi isbotlangan;
shovqin-vibratsiya kasbidagi ishchilarda gipotalamo-gipofizar-buyrak usti bezi va qalqonsimon bez tizimi gormonlarining audiologik ko‘rsatkichlari va ma’lumotlari o‘rtasidagi bog‘liqlik aniqlangan;
shovqin sharoitida faoliyat olib boradigan ishchilarda miyoriy eshtish diapazonlarini inobatga olgan xolda maxsus shaxsiy himoya vositalaridan foydalanish orkali kasbiy sensonevral qattiqquloqligini davolash usuli takomilashtirilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarini joriy qilinishi.
Samarqand shahar tibbiyot birlashmasi markaziy shifoxonasi va Jizzax viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markaziga amalietga tadbik etildi (Uzbekiston Respublikasi Soglikni saklash vazirligi xuzuridagi Ilmiy texnik kengashining 10.06.25 yildagi 19-sonli yigilish bayonnomasi)
birinchi ilmiy yangilik: domiy shovqin-vibratsiya ta’sirida bo‘lgan kasblardagi ishchilarning audiologik xususiyatlari batafsil taxlil kilingan va eshitish chastotasining yuqori diapazon tonlariga 8000-16000 Gs eshitish sezgirligini aniqlash orqali kasbiy qattiqquloqlikni erta tashxislashi aniqlangan; Ilmiy natijalarning amaliyotga joriy etilishi: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Samarqand shahar tibbiyot birlashmasi markaziy shifoxonasi (2025 yil 13 yanvardagi 57-7-107-TV/2025-son) va Jizzax viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (2024 yil 12 dekabrdagi 353-son) amaliyotiga tadbiq etildi. Ijtimoiy samaradorligi: amaliy sog‘liqni saqlash tizimi uchun shovqin-vibratsiya ishlab chiqarishida ishlaydigan ishchilarda sub’ektiv shovqinni aniqlashning yanada maqbul va mutlaqo adekvat usullari taklif etildi. Iqtisodiy samaradorligi: shovqin-vibratsiya kasbidagi ishchilarda audiometrik tekshiruvdan foydalanish kasallikning kechishini to‘g‘ri baholash va diagnostik tekshiruvda bir nafar ishchiga o‘rtacha 525000 so‘m byudjet mablag‘i va 125000 so‘m byudjetdan tashqari mablag‘larni tejash imkonini yaratadi.
ikkinchi ilmiy yangilik: shovqin ta’sirida kompensator reaksiyalarning buzilishi va miya qon oqimi, hamda psixoakustik tadqiqotlar orqali intralabirint bosimning oshishi bilan namoyon bo‘ladigan ichki quloqning qon tomir distoniyasi rivojlanishi isbotlandi. Gliserol testini qo‘llash,  kasbiy sensonevral qattiqquloqlikning rivojlanishini bashorat qilish uchun ishlatilishi mumkinligi aniqlandi, bu 92,3% hollarda ichki quloqning qon tomir dekompensatsiyasi darajasini aniqlashga imkon beradi. Ilmiy natijalarning amaliyotga joriy etilishi: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Samarqand shahar tibbiyot birlashmasi markaziy shifoxonasi (2025 yil 13 yanvardagi 57-7-107-TV/2025-son) va Jizzax viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (2024 yil 12 dekabrdagi 353-son) amaliyotiga tadbiq etildi. Ijtimoiy samaradorligi: miyada qon aylanishini o‘rganish va psixoakustik tadqiqotlar, hamda ishlab chiqilgan diagnostika va davolash usullarini sog‘liqni saqlash amaliyotiga joriy etish, eshitish qobiliyati kasbiy buzilgan bemorlarni reabilitatsiya qilish samaradorligini oshirish imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: shovqin-vibratsiya kasbidagi ishchilarda audiometrik tekshiruvdan foydalanish orqali, kasallikning kechishini to‘g‘ri baholash va diagnostik tekshiruvda bir nafar ishchiga o‘rtacha 525000 so‘m byudjet mablag‘i va 125000 so‘m byudjetdan tashqari mablag‘larni tejash imkonini yaratadi
uchinchi ilmiy yangilik: shovqin-vibratsiya kasbidagi ishchilarda, gipotalamo-gipofizar-buyrak usti bezi va qalqonsimon bez tizimlarining gormonlari ma’lumotlari bilan audiologik ko‘rsatkichlar orasidagi bog‘liqlik aniqlandi. Ilmiy natijalarning amaliyotga joriy etilishi: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Samarqand shahar tibbiyot birlashmasi markaziy shifoxonasi (13.01.2025 yildagi 57-7-107-TV/2025-son) va Jizzax viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (12.12.2024 yildagi 353-son) amaliyotiga tadbiq etildi. Ijtimoiy samaradorligi: shovqin-vibratsiya kasbidagi ishchilarda, gipotalamo-gipofizar-buyrak usti bezi va qalqonsimon bez tizimlarining gormonlari ma’lumotlari tashxislashda va davolashda o‘z samaradorligini ko‘rsatdi. Iqtisodiy samaradorligi: shovqin-vibratsiya kasbidagi ishchilarda audiometrik tekshiruvdan foydalanish orqali, kasallikning kechishini to‘g‘ri baholash va diagnostik tekshiruvda bir nafar ishchiga o‘rtacha 525000 so‘m byudjet mablag‘i va 125000 so‘m byudjetdan tashqari mablag‘larni tejash imkonini yaratadi 
to‘rtinchi  ilmiy  yangilik:  shovqin sharoitida faoliyat olib boradigan ishchilarda miyoriy eshtish diapazonlarini inobatga olgan xolda maxsus shaxsiy himoya vositalaridan foydalanish orkali kasbiy sensonevral qattiqquloqligini davolash usuli takomilashtirilgan.  Bu usul 87,2% ishchilarda charchashni kamaytiradi va eshitish yo‘li obtyuratorlarini qo‘llashga nisbatan yaxshiroq qabul qilinadi. Ilmiy natijalarning amaliyotga joriy etilishi: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Samarqand shahar tibbiyot birlashmasi markaziy shifoxonasi (13.01.2025 yildagi 57-7-107-TV/2025-son) va Jizzax viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (12.12.2024 yildagi 353-son) amaliyotiga tadbiq etildi. Ijtimoiy samaradorligi: Taklif etilgan shaxsiy himoya vositalari ishchilarning ahvolini yaxshilash imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: ishlab chiqilgan shovqin-vibratsiya kasbidagi ishchilarni davolash taktikasi har bir bemor uchun davolash-reabilitatsiya tadbirlarida 425000 so‘mgacha mablag‘ni tejash imkonini beradi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish