Sirliboev Sirojiddin Alibobo o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): Qisman adentiyani chakka-pastki jag‘ bo‘g‘imidagi o‘zgarishlarga asoslangan holda davolashni takomillashtirish. 14.00.21 – Stomatologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/Tib4959.
Ilmiy rahbar: Kubaev Aziz Saidolimovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat tibbiyot universiteti, DSc.04/05.06.2020.Tib.102.02.
Rasmiy opponentlar: Nazarova Nodira Sharipovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Kopbaeva Mayra Taytoleuovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Tokay tibbiyot markazi (Yaponiya).
II. Tadqiqotning maqsadi: chakka-pastki jag‘ bo‘g‘imi disfunksiyasi bilan asoratlangan tish qatorlari chaynov qismi nuqsonlari bo‘lgan bemorlarda, qisman adentiyani davolashni raqamli texnologiyalarni hamda klinik diagnostika usullarini qo‘llash orqali takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
chakka pastki jag‘ bug‘imi disfunksiyalarida jag‘larning markaziy nisbatini aniqlash funksional usulini kullash markaziy okklyuziyada chakka-pastki jag‘ bo‘g‘imlari elementlarining topograf-anatomik munosabatlarini tiklashga xamda chaynov mushaklari va ChPJB funksiyasining mutanosibligi va simmetriyasini ta’minlashi aniqlangan;
ilk bor, chakka-pastki jag‘ bo‘g‘imi disfunksiyasi bilan asoratlangan yon tish qatorlari nuqsonlari bo‘lgan bemorlarda chaynov mushaklarining bioelektrik faolligiga asoslangan elektromiografiya erdamida tish-jag apparatining morfofunksional uzgarishlari aniqlangan;
qoziq tishlar dizokklyuziyasini bartaraf etish uchun tish qatorlarining o‘zaro okklyuzion nisbatlarini tiklash uchun mo‘ljallangan okklyuzion kappa konstruksiyasi mushak-bugim funksional uzgarishlarini inobatga olgan xolda takomillashtirilgan;
chakka-pastki jag‘ bo‘g‘imi disfunksiyasi bilan asoratlangan yon tish qatorlari nuqsonlari bo‘lgan bemorlarda qoziq tishlar dizokklyuziyasini tiklash uchun mo‘ljallangan takomillashtirilgan "yuqori jag‘ kappasi"ni kullash orkali okklyuzionogramma indeksi 86,15±1,51% r<0,001 kursatkichlarining yuqoriga kutarilishi orkali ortopedik davolash samaradorligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarini joriy qilinishi.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2025 yil 26 avgustdagi 05/20-son xulosasiga ko‘ra;
birinchi ilmiy yangilik chakka pastki jag‘ bug‘imi disfunksiyalarida jag‘larning markaziy nisbatini aniqlash funksional usulini kullash markaziy okklyuziyada chakka-pastki jag‘ bo‘g‘imlari elementlarining topograf-anatomik munosabatlarini tiklashga xamda chaynov mushaklari va ChPJB funksiyasining mutanosibligi va simmetriyasini ta’minlashi aniqlangan; ilmiy yangilikning ahamiyati: tayanch-harakat tizimi buzilishlari va okklyuziyani tashxislash uchun ishlab chiqilgan dastur, 74,5% holatda oddiy okklyuziyada erta kontaktlar mavjudligini, 25,5% holatda dinamik okklyuziyada erta kontaktlar mavjudligini aniqlash imkonini bergan; ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Jag‘ suyaklari atrofiyasi bilan og‘rigan bemorlarni jarrohlik yo‘li bilan davolashda, olingan ilmiy natijalar asosida ishlab chiqilgan "Jag‘ suyaklari atrofiyasida suyak to‘qimasini yo‘naltirilgan regeneratsiyasiga yangicha yondashuvlar" nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2024 yil 30 dekabrdagi 8n-r/1597-son ma’lumotnomasi). Olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Samarqand viloyat stomatologiya poliklinikasi va Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasi amaliy faoliyatiga joriy etilgan; ijtimoiy samaradorligi: elektron hisoblash mashinasi dasturini qo‘llash tish qatori nuqsonlari topografiyasi, og‘riq disfunksiyasi sindromi, tishlar va tish qatorlarining okklyuzion buzilishlari mavjudligi, shuningdek, chaynov mushaklari funksiyasida muammolar mavjudligidan kelib chiqqan holda tuzilgan; ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: ishlab chiqilgan elektron hisoblash mashinasi dasturi og‘riq sindromining tabiati, joylashuvi, paydo bo‘lish vaqti va sabablarini, shuningdek og‘riq sindromining og‘irlik darajasini baholash imkonini bergan.
ikkinchi ilmiy yangilik: chakka-pastki jag‘ bo‘g‘imi disfunksiyasi bilan asoratlangan yon tish qatorlari nuqsonlari bo‘lgan bemorlarda chaynov mushaklarining bioelektrik faolligiga asoslangan elektromiografiya erdamida tish-jag apparatining morfofunksional uzgarishlari aniqlangan; ilmiy yangilikning ahamiyati: tavsiya etilgan dasturlar yordamida chakka pastki jag‘ bug‘imi disfunksiyasi bilan asoratlangan tish qatorlari yon bo‘limlari nuqsonlari bo‘lgan bemorlarda tashqi ko‘rik o‘tkazilgan, bunda yuz konfiguratsiyasi, teri holati, ayniqsa chakka pastki jag‘ bug‘imi sohasidagi uning qatlamlari, burun-lab va iyak burmalarining ifodalanganlik darajasi, lablarning yopilish xarakteri, yuz pastki qismining balandligi, shuningdek yuz asimmetriyasining mavjudligi yoki yo‘qligi aniqlangan; ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Jag‘ suyaklari atrofiyasi bo‘lgan bemorlarni jarrohlik yo‘li bilan davolashda olingan ilmiy natijalar asosida ishlab chiqilgan "Jag‘ suyaklari atrofiyasida suyak to‘qimasini yo‘naltirilgan regeneratsiyasiga yangicha yondashuvlar" nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2024 yil 30 dekabrdagi 8n-r/1597-son ma’lumotnomasi). Olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Samarqand viloyat stomatologiya poliklinikasi va Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasi amaliy faoliyatiga joriy etilgan; ijtimoiy samaradorligi: ushbu dastur chakka pastki jag‘ bug‘imi mushak-bo‘g‘im disfunksiyasining turli darajalariga xos bo‘lgan klinik simptomlarni umumlashtirish asosida tuzilgan, shuningdek, har bir bemorning shaxsiy ma’lumotlarini kiritishni va ushbu patologiyani tekshirish va davolash bo‘yicha tavsiyalar berishni nazarda tutadi; iqtisodiy samaradorligi: tavsiya etilgan kompyuter dasturlari yordamida chakka pastki jag‘ bug‘imi disfunksiyasi bilan asoratlangan tish qatorlari yon bo‘limlari nuqsonlari bo‘lgan bemorlarda bir bemor uchun xarajatlarni 2 baravar kamaytirish imkonini bergan, bu esa o‘z navbatida asoratlar chastotasini kamaytirishga imkon bergan; ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: bemorlarni tekshirishda pastki jag‘ning ishlashi, shuningdek, tish qatorlari do‘mboqchalarining maksimal aloqasi davrida chakka pastki jag‘ bug‘imi va chaynov mushaklarini pal`patsiya qilish muhim bosqich bo‘lib xizmat qilgan.
uchinchi ilmiy yangilik: qoziq tishlar dizokklyuziyasini bartaraf etish uchun tish qatorlarining o‘zaro okklyuzion nisbatlarini tiklash uchun mo‘ljallangan okklyuzion kappa konstruksiyasi mushak-bugim funksional uzgarishlarini inobatga olgan xolda takomillashtirilgan; ilmiy yangilikning ahamiyati: tish qatorlarining o‘zaro okklyuzion nisbatlarini tiklash uchun qoziq tishlar dizokklyuziyasini bartaraf etish orqali chaynov mushaklari va chakka-pastki jag‘ bo‘g‘imining muvozanatli funksiyasini tiklaydigan yuqori jag‘ kappaning turi taklif etilgan va amaliyotda sinovdan o‘tkazilgan; ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Jag‘ suyaklari atrofiyasi bo‘lgan bemorlarni jarrohlik yo‘li bilan davolashda olingan ilmiy natijalar asosida ishlab chiqilgan "Jag‘ suyaklari atrofiyasida suyak to‘qimasini yo‘naltirilgan regeneratsiyasiga yangicha yondashuvlar" nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2024 yil 30 dekabrdagi 8n-r/1597-son ma’lumotnomasi). Olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Samarqand viloyat stomatologiya poliklinikasi va Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasi amaliy faoliyatiga joriy etilgan; ijtimoiy samaradorligi: Yuqori jag‘ qopqog‘ida pastki jag‘ antagonist tishlarining izlari mavjud, shuningdek, yuqori jag‘ qoziq tishlarining tanglay yuzasi proeksiyasida qalinligi 0,3 mm bo‘lgan metall plastinkali yo‘naltiruvchi egatchalar mavjud. Yo‘naltiruvchi ariqchalar yuqori jag‘ qoziq tishining tanglay yuzasi bo‘ylab pastki jag‘ bo‘g‘im o‘simtasining harakatini tiklash uchun mo‘ljallangan; iqtisodiy samaradorligi: molyarlar dizokklyuziyasini bartaraf etish uchun "yuqori jag‘ kappa" okklyuzion kappaning konstruksiyasi modifikatsiyalangan bo‘lib, bitta bemor uchun xarajatlarni 3500000 so‘mga kamaytirish imkonini bergan; ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanish: tish qatorlarining o‘zaro okklyuzion munosabatlarini tiklash uchun taklif etilgan kappaning afzalliklari, yo‘naltiruvchi ariqchaning mavjudligi bilan ifodalanadi, bu esa bemorning pastki jag‘ni maqsadsiz harakatlanish imkoniyatini cheklaydi va pastki jag‘ harakatlariga ma’lum bir yo‘nalish beradi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: chakka-pastki jag‘ bo‘g‘imi disfunksiyasi bilan asoratlangan yon tish qatorlari nuqsonlari bo‘lgan bemorlarda qoziq tishlar dizokklyuziyasini tiklash uchun mo‘ljallangan takomillashtirilgan "yuqori jag‘ kappasi"ni kullash orkali okklyuzionogramma indeksi 86,15±1,51% r<0,001 kursatkichlarining yuqoriga kutarilishi orkali ortopedik davolash samaradorligi isbotlangan. ilmiy yangilikning ahamiyati: chakka pastki jag‘ bug‘imi patologiyasi bilan kechadigan tish qatorlari yon bo‘limlari nuqsonlari bo‘lgan bemorlar, kompleks davolanishga muhtoj bo‘lib, bu o‘z navbatida okklyuziyani normallashtirish uchun turli xil kappalardan foydalanishni o‘z ichiga oladi; ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: davolash usullarini takomillashtirish bo‘yicha tadqiqotda olingan ilmiy natijalar asosida va jag‘ suyaklari atrofiyasi bo‘lgan bemorlarni jarrohlik yo‘li bilan davolashda olingan ilmiy natijalar asosida ishlab chiqilgan "Jag‘ suyaklari atrofiyasida suyak to‘qimasini yo‘naltirilgan regeneratsiyasiga yangicha yondashuvlar" nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 30.12.2024 yildagi 8n-r/1597-son ma’lumotnomasi). Olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Samarqand viloyat stomatologiya poliklinikasi va Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasi amaliy faoliyatiga joriy etilgan; ijtimoiy samaradorligi: qoziq tishlar okklyuziyasi saqlangan bemorlarda ChPJB disfunksiyasi belgilari yaqqolroq va ifodalangan bo‘lib, qoziq tishlar okklyuziyasi buzilgan bemorlarda takomillashtirilgan ortopedik davolash 82,3% holatda samarali ekanligi isbotlangan; iqtisodiy samaradorligi: yuqori jag‘ bo‘shlig‘i disfunksiyasi va oziq tishlar prikusining buzilishi bilan asoratlangan tish qatorlari yon bo‘limlari nuqsonlari bo‘lgan bemorlarda ortopedik davolash samaradorligi bir bemorga to‘g‘ri keladigan asosiy xarajatlarni 1,5 barobarga kamaytirgan; ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: takomillashtirilgan ortopedik davolashdan so‘ng olingan natijalarni ob’ektiv baholash uchun 96,87% bemorlarda yuzning simmetrik holati mavjudligi, 3,13% bemorlarda yuzning jipslashishida yuz asimmetriyasi shakllanishi kuzatilgan. Xulosa: Chakka pastki jag‘ bo‘g‘imida disfunsiyasi bor bemorlarni davolashda modifikatsiya qilingan yuqori jag‘ kappasidan foydalanish yuqori natija beradi.