Tulyaganov Nozim Alisherovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Yonoq-orbital kompleksi sinishlarida yuqori jag‘ bo‘shlig‘i travmatik zararlanishini tashxislash va davolashni takomillashtirish», 14.00.04 – Otorinolaringologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Tib4038.
Ilmiy rahbar: Rizaev Jasur Alimdjanovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat tibbiyot universiteti, DSc.04/05.06.2020.Tib.102.02.
Rasmiy opponentlar: Nasretdinova Maxzuna Taxsinovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Grigor`eva Alla Aleksandrovna, tibbiyot fanlari doktori, professor (Rossiya Federatsiyasi).
Yetakchi tashkilot: Abu Ali ibni Sino nomidagi Tojikiston davlat tibbiyot universiteti (Tojikiston Respublikasi).
II. Tadqiqotning maqsadi: mavjud jarrohlik davolash usullari asosida yonoq-orbital kompleksi sinishlarida yuqori jag‘ bo‘shlig‘i va burun skeletining travmatik shikastlanishlarini tashxislash, hamda davolash usullarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
prospektiv taxlililar asosida yonoq-orbital kompleksi sinishlarida asosiy sababi (yiqilishlar) va uchrash chastotasi (yuqori jag‘ - 65,5%, burun g‘alvirsimon kompleks - 18,8%, pastki jag‘ - 14,4%, peshona suyagi - 14,4%, tepa suyagi - 2,2% shikastlanishlari) aniklangan;
yuqori jag‘ bo‘shlig‘i va burun skeleti travmatik shikastlangan bemorlarda burun bo‘shlig‘i funksional holati, mukotsiliar klirens va respirator funksiyani kompleks ravishda baholash orkali shikastlanish hajmi va suyak bo‘laklarining siljish darajasi aniklangan;
yonoq-orbital kompleksi sinishlarida yuqori jag‘ bo‘shlig‘i travmatik zararlanishi bulgan bemorlarga jarrohlik amaliyoti utkazishning maqbul muddatlari va usullarini tanlash hamda zarur mutaxassislarni jalb qilishni o‘z ichiga olgan ketma-ket harakatlar sxemasi orkali davolash usuli takomillashtirilgan;
travmatik shikastlanishlarda burundan qon ketishini to‘xtatish va suyak bo‘laklarini fiksatsiya kilish uchun silikon tampondan foydalangan holda, burun ichi tamponadasi takomillashtirilgan va 37,5% hollarda asoratlar xamda 42,3% hollarda takroriy jarrohlik amaliyotini bajarishni oldini olinganligi hisobiga ushbu usul samaradorligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarini joriy qilinishi.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2025 yil 04 sentyabrdagi 15/20-son xulosasiga ko‘ra;
birinchi ilmiy yangilik: prospektiv taxlililar asosida yonoq-orbital kompleksi sinishlarida asosiy sababi (yiqilishlar) va uchrash chastotasi (yuqori jag‘ - 65,5%, burun g‘alvirsimon kompleks - 18,8%, pastki jag‘ - 14,4%, peshona suyagi - 14,4%, tepa suyagi - 2,2% shikastlanishlari) aniklanganligi "Yonoq-orbital kompleksi sinishlarida yuqori jag‘ bo‘shlig‘ining travmatik jarohatlarini tashxislashni optimallashtirish", "Yonoq-orbital kompleksi sinishlarida yuqori jag‘ bo‘shlig‘ining travmatik jarohatlarini davolashni optimallashtirish" nomli uslubiy tavsiyanoma Bilan tasdiqlangan (Samarqand davlat tibbiyot universiteti huzuridagi Ekspert kengashining 2024 yil 26 iyundagi 11-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma yonoq-orbital kompleksi sinishlarida yuqori jag‘ bo‘shlig‘ining travmatik jarohatlari bo‘lgan bemorlarni tekshirish va davolashning kombinatsiyalangan usullarini takomillashtirish imkonini bergan; ijtimoiy samaradorligi: jarrohlik davolashning asosiy maqsadi, intrakranial tuzilmalarni himoya qilish va bosh suyagi bo‘shlig‘ini germetizatsiya qilish va BYoB tomonidan erta va kechki yiringli-yallig‘lanish asoratlarining oldini olishdir; ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: o‘tkazilgan retrospektiv tahlillar yonoq-orbital o‘siqning yuqori jag‘ bo‘shlig‘i va burun skeleti bilan bog‘liq jarohatlanishlarining zamonaviy jihatlarini chuqurroq o‘rganish zarurligini, shuningdek, ushbu toifadagi bemorlarni davolash taktikasini takomillashtirish lozimligini ta’kidlaydi.
ikkinchi ilmiy yangilik: yuqori jag‘ bo‘shlig‘i va burun skeleti travmatik shikastlangan bemorlarda burun bo‘shlig‘i funksional holati, mukotsiliar klirens va respirator funksiyani kompleks ravishda baholash orkali shikastlanish hajmi va suyak bo‘laklarining siljish darajasi aniklanganligi "Yonoq-orbital kompleksi sinishlarida yuqori jag‘ bo‘shlig‘ining travmatik jarohatlarini tashxislashni optimallashtirish," "Yonoq-orbital kompleksi sinishlarida yuqori jag‘ bo‘shlig‘ining travmatik jarohatlarini davolashni optimallashtirish" nomli uslubiy tavsiyanoma bilan tasdiqlangan (Samarqand davlat tibbiyot universiteti huzuridagi Ekspert kengashining 2024 yil 26 iyundagi 11-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma yonoq-orbital kompleksi sinishlarida yuqori jag‘ bo‘shlig‘ining travmatik jarohatlari bo‘lgan bemorlarni davolashning kombinatsiyalangan usullarini takomillashtirish imkonini bergan; ijtimoiy samaradorligi: bemorlarni davolash usuli va taktikasini tanlashda burun suyagi siniqlarining optimal birikishi uchun eng qulay sharoit yaratishga alohida e’tibor berildi; ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanish: yuqori jag‘ bo‘shlig‘i va burun skeleti travmatik shikastlangan bemorlarning burun bo‘shlig‘ini funksional holatini kompleks baholashda, shikastlangan sinus va burun bo‘shlig‘i o‘rtasidagi tabiiy bo‘shliqlarning funksional holatiga alohida e’tibor qaratilgan.
uchinchi ilmiy yangilik: yonoq-orbital kompleksi sinishlarida yuqori jag‘ bo‘shlig‘i travmatik zararlanishi bulgan bemorlarga jarrohlik amaliyoti utkazishning maqbul muddatlari va usullarini tanlash hamda zarur mutaxassislarni jalb qilishni o‘z ichiga olgan ketma-ket harakatlar sxemasi orkali davolash usuli takomillashtirilganligi "Yonoq-orbital kompleksi sinishlarida yuqori jag‘ bo‘shlig‘ining travmatik jarohatlarini tashxislashni optimallashtirish," "Yonoq-orbital kompleksi sinishlarida yuqori jag‘ bo‘shlig‘ining travmatik jarohatlarini davolashni optimallashtirish" nomli uslubiy tavsiyanoma bilan tasdiqlangan (Samarqand davlat tibbiyot universiteti huzuridagi Ekspert kengashining 2024 yil 26 iyundagi 11-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma yonoq-orbital kompleksi sinishlarida yuqori jag‘ bo‘shlig‘ining travmatik jarohatlari bo‘lgan bemorlarni davolashning kombinatsiyalangan usullarini takomillashtirish imkonini bergan; ijtimoiy samaradorligi: bir vaqtning o‘zida jarrohlik amaliyoti o‘tkazish to‘siq va tashqi burun deformatsiyalarini rejali jarrohlik yo‘li bilan davolash uchun bemorlarni takroriy kasalxonaga yotqizilishning oldini olish imkonini bergan; iqtisodiy samaradorligi: o‘z vaqtida tibbiy yordam ko‘rsatish uchun ketma-ket harakatlar sxemasi takomillashtirilgan, bu bir bemor uchun 2700000 ming so‘mlik xarajatlarni kamaytirish imkonini bergan; ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanish: jarrohlik bosqichi muddatlarini belgilagan holda o‘z vaqtida tibbiy yordam ko‘rsatish uchun ketma-ket harakatlar sxemasi takomillashtirilgan, shuningdek, kerakli ixtisoslikdagi mutaxassislarni jalb qilish bemorlarni takroriy anesteziologik yordamlardan, jarrohlik jarohatlaridan xalos qilgan, hamda bemorning vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik muddatini 2 haftaga sezilarli darajada qisqartirgan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: travmatik shikastlanishlarda burundan qon ketishini to‘xtatish va suyak bo‘laklarini fiksatsiya kilish uchun silikon tampondan foydalangan holda, burun ichi tamponadasi takomillashtirilgan va 37,5% hollarda asoratlar xamda 42,3% hollarda takroriy jarrohlik amaliyotini bajarishni oldini olinganligi hisobiga ushbu usul samaradorligi isbotlanganligi "Yonoq-orbital kompleksi sinishlarida yuqori jag‘ bo‘shlig‘ining travmatik jarohatlarini tashxislashni optimallashtirish," "Yonoq-orbital kompleksi sinishlarida yuqori jag‘ bo‘shlig‘ining travmatik jarohatlarini davolashni optimallashtirish" nomli uslubiy tavsiyanoma bilan tasdiqlangan (Samarqand davlat tibbiyot universiteti huzuridagi Ekspert kengashining 2024 yil 26 iyundagi 11-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma yonoq-orbital kompleksi sinishlarida yuqori jag‘ bo‘shlig‘ining travmatik jarohatlari bo‘lgan bemorlarni davolashning kombinatsiyalangan usullarini takomillashtirish imkonini bergan; ijtimoiy samaradorligi: Operatsiyadan keyingi davrda burunni oldingi tamponlashning ishlab chiqilgan usuli burun bo‘shlig‘ining funksional holatini ertaroq tiklash imkoniyatini berdi; iqtisodiy samaradorligi: qo‘pol patologik chandiqlar hosil bo‘lishining oldini olishga qaratilgan burun ichini tamponlashning ishlab chiqilgan usuli bitta bemor uchun 1200000 ming so‘m miqdorida xarajatlarni kamaytirish imkonini bergan; ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: bemorlarda operatsiyadan keyingi davrda, qo‘llaniladigan takomillashtirilgan tamponni olib borish ortiqcha chandiqlanishning oldini olish, yallig‘lanishni bartaraf etish va regeneratsiyani rag‘batlantirish orqali, burun sohasida qo‘pol chandiqli deformatsiyalar hosil bo‘lish chastotasini kamaytirishni ta’minlashga qaratilgan va bemorlarning ushbu guruhida rekonvalessensiya muddatini 7 kunga qisqartirish imkonini bergan, bu burunning respirator funksiyasini qisqa vaqt ichida tiklanishi bilan tasdiqlangan.