Abdumalikova Feruza Baxtiyarovnaning
fan doktori (DSs) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Yurak ishemik kasalligini avj olishida epigenetik markerlarning klinik-diagnostik va prognostik ahamiyati», 14.00.06 – Kardiologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.DSc/Tib896.
Ilmiy maslahatchi: Nurillaeva Nargiza Muxtarxanovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy–amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/30.12.2019.Tib.64.01.
Rasmiy opponentlar: Zolotovskaya Irina Aleksandrovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Muxamedova Muyassar Gafurdjanovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Abdullaeva Guzal Jaloliddinovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi:
YuIKli bemorlarda koronar aterosklerozni beqarorlashishida epigenetik – miRNK, yallig‘lanish va kardiovizualizatsiya biomarkerlarining klinik-diagnostik va prognostik ahamiyatini kompleks o‘rgangan holda, YuIK avj olish xavfi ehtimolini yuqori sezuvchan mezonlari asosida prognostik platformani ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor YuIKning klinik kechishi avj olib borishini istiqbolli prognostik mezonlari sifatida yallig‘lanish, epigenetik va kardiovizualizatsion biomarkerlarni kompleks baholashga mul`tibiomarkerli modelga asoslangan yondashuvning yurak-qon tomir hodisalari (YuQTH) rivojlanish xavfini erta va aniq prognozlashdagi amaliy samaradorligi asoslangan;
ilk bor stenokardiyaning turg‘un va nomuqim klinik shakllarida epigenetik marker – miRNA-155 ekspressiyasi darajasining 2^-ΔΔCt indikatorini hisoblash orqali yurak-qon tomir asoratlari (YuQTA) sodir bo‘lishining o‘rta muddatli prognostik xavfini baholashda ishonchli mezon bo‘lib xizmat qiluvchi muqobil chegaraviy qiymatlar – rivojlanib boruvchi zo‘riqish stenokardiyasida 21.0 barobar va stabil zo‘riqish stenokardiyasida esa 18.0 karra yuqorilik darajasi aniqlangan.
noinvaziv kardiovizualizatsiya usuli aterosklerotik pilakchaning (ASP) klinik namoyon bo‘lgunga qadar erta vizual beqarorlashuvini aniqlashda yuqori diagnostik ahamiyatga egaligi, hamda MSKT-AGni CAD-RADS/R-tasnifga muvofiq ko‘rsatkichlarini kardiovaskulyar xavf omillari (XO), yallig‘lanish mediatorlari (IL-1β, IL-4 va TNF-α) hamda epigenetik marker (miRNA-155) bilan kuchli korrelyasiyasi (r=0.6–0.8; p<0.05) YuIKni nomuqim klinik kechishida diagnostik jihatdan ahamiyatli ekanligi aniqlangan;
ilk bor ko‘p omilli logistik regression tahlil asosida miRNA-155 yuqori nisbiy ekspressiya (RE) darajasi, oshgan yallig‘lanish reaksiyasi indeksi (YaRI) hamda MSKT-angiografik beqarorlik ko‘rsatkichlari (ASPni HU<30 zichligi, koronar arteriya (KA) stenozi CAD-RADS darajasi, KA remodellashuvi indeksi)ning birgalikdagi majmuasi nofatal YuQTH rivojlanish ehtimolini bashoratlashda yetakchi, yuqori sezuvchan va ishonchli prognostik ahamiyat kasb etishi asoslangan;
ilk bor koronar aterosklerozning avj olib borishi darajasi va YuQTH rivojlanishi xavfini hisobga olgan holda YuIK bilan og‘rigan bemorlarni keyingi tashxislash strategiyasini tanlash hamda muvofiq klinik boshqaruv tamoyillarini optimallashtirish usulining amaliy ahamiyati aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy texnik kengashning 2025 yil 17 iyuldagi 22-sonli yig‘ilish bayonnomasiga asosan Ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarini amaliyotga tadbig‘i bo‘yicha №22/27 sonli xulosasiga binoan, YuIKni beqarorlashishida epigenetik, yallig‘lanish va kardiovizualizatsiya biomarkerlarning klinik-diagnostik va prognostik ahamiyatini kompleks baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: ilk bor YuIKning klinik kechishi avj olib borishini istiqbolli prognostik mezonlari sifatida yallig‘lanish, epigenetik va kardiovizualizatsion biomarkerlarni kompleks baholashga mul`tibiomarkerli modelga asoslangan yondashuvning yurak-qon tomir hodisalari (YuQTH) rivojlanish xavfini erta va aniq prognozlashdagi amaliy samaradorligi asoslanganligi Toshkent davlat tibbiyot universiteti Ilmiy Kengashida 2025 yil 26 martdagi yig‘ilishining 8-sonli bayonnomasi bilan tasdiqlangan «Mul`tibiomarkerli modelga asoslangan YuIK avj olish xavfini prognozlash usuli» nomli uslubiy tavsiyanomasi mazmuniga singdirilgan. Ushbu taklif Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida 2025 yil 5 apreldagi 120-son hamda Orolbo‘yi mintaqasi ixtisoslashtirilgan kardiologiya va kardio-xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi klinik amaliyotiga 2025 yil 10 apreldagi 46-sonli buyruqlarga muvofiq joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: YuIKli nomuqim kechishini erta tashxislash va xavf darajasi guruxlarini tabaqalashtirishda miRNA-155 va yallig‘lanish biomarkerlarini kompleks baholashga asoslangan takomillashtirilgan diagnostik-prognostik usullar kasallik asoratlari va nogironlikning oldini olishga imkon berdi. Iqtisodiy samaradorligi: YuIK avj olish xavfini erta aniqlash, kasallikning nofatal YuQTH sodir bo‘lish ehtimolini bashoratlashda mul`tibiomarkerli model asosidagi yondashuvni qo‘llash natijasida kech tashxis qo‘yish, sodir bo‘lgan nojuya asoratlarni davolash bilan bog‘liq xarajatlarni sezilarli darajada qisqartirib, har bir bemorda 3,5 mln so‘m tejash imkonini berdi.
ikkinchi ilmiy yangilik: ilk bor stenokardiyaning turg‘un va nomuqim klinik shakllarida epigenetik marker – miRNA-155 ekspressiyasi darajasining 2^-ΔΔCt indikatorini hisoblash orqali yurak-qon tomir asoratlari (YuQTA) sodir bo‘lishining o‘rta muddatli prognostik xavfini baholashda ishonchli mezon bo‘lib xizmat qiluvchi muqobil chegaraviy qiymatlar – rivojlanib boruvchi zo‘riqish stenokardiyasida 21.0 barobar va stabil zo‘riqish stenokardiyasida esa 18.0 karra yuqorilik darajasi aniqlanganligi Toshkent davlat tibbiyot universiteti Ilmiy Kengashida 2025 yil 26 martdagi yig‘ilishining 8-sonli bayonnomasi bilan tasdiqlangan «Mul`tibiomarkerli modelga asoslangan YuIK avj olish xavfini prognozlash usuli» nomli uslubiy tavsiyanomasi mazmuniga singdirilgan. Ushbu taklif Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida 2025 yil 5 apreldagi 120-son hamda Orolbo‘yi mintaqasi ixtisoslashtirilgan kardiologiya va kardio-xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi klinik amaliyotiga 2025 yil 10 apreldagi 46-sonli buyruqlarga muvofiq joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: YuIK bilan kasallanish va o‘limni kamaytirish tufayli sog‘liqni saqlash tizimiga yuklamani kamaytirib, davlat va shaxsiy resurslarni tejaydi. Bemorlarning salomatligi va hayot sifatini yaxshilash ularning mehnat unumdorligi va ijtimoiy-iqtisodiy faolligini oshirishga yordam beradi. Iqtisodiy samaradorligi: epigenetik marker-miRNA-155 ekspressiya darajasini ekspressiya darajasini 2^-ΔΔCt indikatori sifatida miqdoriy baholash asosida YuIK asoratlari rivojlanish xavfini prognozlash usulini joriy etishda ushbu kasallik avj olishi sababli gospitalizatsiya qilish bilan bog‘liq sarf-harajatlarni kamaytirish imkonini beradi va bitta bemor uchun kunlik 1328000 so‘mni iqtisod qilish imkonini berdi.
uchinchi ilmiy yangilik: noinvaziv kardiovizualizatsiya usuli aterosklerotik pilakchaning (ASP) klinik namoyon bo‘lgunga qadar erta vizual beqarorlashuvini aniqlashda yuqori diagnostik ahamiyatga egaligi, hamda MSKT-AGni CAD-RADS/R-tasnifga muvofiq ko‘rsatkichlarini kardiovaskulyar xavf omillari (XO), yallig‘lanish mediatorlari (IL-1β, IL-4 va TNF-α) hamda epigenetik marker (miRNA-155) bilan kuchli korrelyasiyasi (r=0.6–0.8; p<0.05) YuIKni nomuqim klinik kechishida diagnostik jihatdan ahamiyatli ekanligi aniqlanganligi Toshkent davlat tibbiyot universiteti Ilmiy Kengashida 2025 yil 26 martdagi yig‘ilishining 8-sonli bayonnomasi bilan tasdiqlangan «Yurak ishemik kasalligi avj olishini noinvaziv kardiovizualizatsiya usuli yordamida erta tashxislash tamoyillari» nomli uslubiy tavsiyanomasi mazmuniga singdirilgan. Ushbu taklif Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida 2025 yil 5 apreldagi 120-son hamda Orolbo‘yi mintaqasi ixtisoslashtirilgan kardiologiya va kardio-xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi klinik amaliyotiga 2025 yil 10 apreldagi 46-sonli buyruqlarga muvofiq joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: YuIKning klinik namoyon bo‘lgunga qadar aterosklerotik pilakchalarning beqarorlashuvini noinvaziv MSKT-angiografiya yordamida erta aniqlash, kasallikning avj olishi va nohush asoratlarining oldini olish, bemorlar hayot sifatini yaxshilab, nogironlik va o‘lim ko‘rsatkichlarini kamaytirishga imkon berdi. Iqtisodiy samaradorligi: YuIK avj olish xavfini noinvaziv MSKT-angiografiya yordamida barvaqt aniqlash, erta asoratlar rivojlanishining oldini olish va shaxsga yo‘naltirilgan davolash taktikasini tanlash natijasida kech tashxis, jiddiy asoratlarni davolash va samarasiz terapiya bilan bog‘liq xarajatlarni har bir bemorda 4850000 so‘mga qisqartirish imkonini berdi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: ilk bor ko‘p omilli logistik regression tahlil asosida miRNA-155 yuqori nisbiy ekspressiya (RE) darajasi, oshgan yallig‘lanish reaksiyasi indeksi (YaRI) hamda MSKT-angiografik beqarorlik ko‘rsatkichlari (ASPni HU<30 zichligi, koronar arteriya (KA) stenozi CAD-RADS darajasi, KA remodellashuvi indeksi)ning birgalikdagi majmuasi nofatal YuQTH rivojlanish ehtimolini bashoratlashda yetakchi, yuqori sezuvchan va ishonchli prognostik ahamiyat kasb etishi asoslanganligi Toshkent davlat tibbiyot universiteti Ilmiy Kengashida 2025 yil 26 martdagi yig‘ilishining 8-sonli bayonnomasi bilan tasdiqlangan «Mul`tibiomarkerli modelga asoslangan YuIK avj olish xavfini prognozlash usuli» nomli uslubiy tavsiyanomasi mazmuniga singdirilgan. Ushbu taklif Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida 2025 yil 5 apreldagi 120-son hamda Orolbo‘yi mintaqasi ixtisoslashtirilgan kardiologiya va kardio-xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi klinik amaliyotiga 2025 yil 10 apreldagi 46-sonli buyruqlarga muvofiq joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: YuIK erta asoratlarini rivojlanishi xavfini baholovchi yuqori sezuvchan prognostik mezonlarning tatbiq etilishi YuIKli bemorlarda kasallikni barvaqt tashxislash, asoratlarning oldini olish, o‘lim va nogironlik ko‘rsatkichlarini pasaytirish orqali hayot sifatini yaxshilashga zamin yaratdi. Iqtisodiy samaradorligi: miRNA-155, yallig‘lanish reaksiyasi indeksi hamda MSKT-angiografik ko‘rsatkichlarga asoslangan erta tashxislash va prognozlash usulini joriy etish nofatal YuQTH rivojlanishi bilan bog‘liq xarajatlarni, xususan, kasallikni kech aniqlash, asoratlarni davolash va samarasiz terapiya uchun sarflanadigan mablag‘larni optimallashtirib, har bir bemor uchun 4205500 so‘mdan xarajatlarni kamaytirish imkonini berdi.
beshinchi ilmiy yangilik: ilk bor koronar aterosklerozning avj olib borishi darajasi va YuQTH rivojlanishi xavfini hisobga olgan holda YuIK bilan og‘rigan bemorlarni keyingi tashxislash strategiyasini tanlash hamda muvofiq klinik boshqaruv tamoyillarini optimallashtirish usulining amaliy ahamiyati aniqlanganligi Toshkent davlat tibbiyot universiteti Ilmiy Kengashida 2025 yil 26 martdagi yig‘ilishining 8-sonli bayonnomasi bilan tasdiqlangan «Yurak ishemik kasalligi avj olishini noinvaziv kardiovizualizatsiya usuli yordamida erta tashxislash tamoyillari» nomli uslubiy tavsiyanomasi mazmuniga singdirilgan. Ushbu taklif Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida 2025 yil 5 apreldagi 120-son hamda Orolbo‘yi mintaqasi ixtisoslashtirilgan kardiologiya va kardio-xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi klinik amaliyotiga 2025 yil 10 apreldagi 46-sonli buyruqlarga muvofiq joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: YuIKning barvaqt asoratlanishini oldini oluvchi erta diagnostika va samarali terapevtik yondashuv bemorlarning klinik-funksional holati hamda hayot sifatini yaxshilab, mehnatga layoqatliligini saqlash orqali iqtisodiy faol aholi sonini oshirishga yordam beradi. Iqtisodiy samaradorligi: nofatal YuQTH rivojlanishi va erta kardiovaskulyar asoratlarni bartaraf etish orqali aholining umr ko‘rish davomiyligini uzayadi, iqtisodiy samaradorlik taxlili amaliyotda qo‘llanilganda kasalxonaga yotqizish sonini kamaytiradi va shifoxonada qolish muddatini 5 kunga qisqartiradi. Pirovard natijada, har bir davolash muassasasiga murojaat qilgan bemorning sarf-harajatlarini 5420500 so‘mga tejash imkonini berdi.