Umarova Gulchexra Shavkatovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Talabalarni iqtisodiy fanlar negizida kasbiy  madaniyatining  metodik tizimini takomillashtirish (texnik yo‘nalar misolida)”, 13.00.02 - Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi” (sohalar bo‘yicha). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Ped7555.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Asqarova O‘g‘iloy Mamashokirovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan davlat texnika universiteti, PhD.03/30.12.2019.T.90.01.
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni:
Muminova Dilafruz Akbaralievna, pedagogika fanlari  doktori (DSc), professor;   Urinov Bahrom Jamoliddinovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: Andijon davlat texnika instituti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi talabalarni iqtisodiy fanlar negizida kasbiy madaniyatining metodik tizimini takomillashtirishdan iborat.
 III.Dissertatsiya tadqiqotining ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
talabalarni iqtisodiy fanlar negizida kasbiy madaniyatiga oid nazariy bilimlarini ekstensiv rivojlanishi, iqtisodiy bilimlarni o‘zgartirish g‘oyalaridan, jamiyat uchun maqbul bo‘lgan (falsafiy, psixologik, huquqiy, ijtimoiy) nuqtayi nazardan pedagogik imkoniyatlari tahlil etish orqali, ularni ijtimoiy zaruriyati ekanligi  ilmiy asoslangan hamda kasbiy faoliyatga doir ko‘nikmalari takomillashtirilgan;
iqtisodiy fanlar negizida kasbiy madaniyatining metodik tizimini (pedagogik shakl, vosita, usul va shart-sharoitlar) rivojlantirishning funksional modelining tashkiliy-metodik komponenti innovatsion (hamkorlikda o‘qitish, o‘quv loyihalari, mustaqil ta’lim) texnologiyalariga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
talabalarni iqtisodiy fanlar negizida kasbiy madaniyatini takomillashtirish asosida motivatsion, baholash, kommunikativ, izlanuvchanlik bosqichlarga asoslangan kasbiy munosabatni shakllantirishga oid dars mashg‘ulotlarni intensiv loyihalash metodika asosida takomillashtirilgan;
talabalarning kasbiy madaniyatini takomillashtirishda modul texnologiyalari(analitik, tashkiliy, faoliyatga doir, monitoring va natijaviylik) bloklarida shaxsiy - kasbiy madaniyatni rivojlantirishning mazmunli-jarayonli va tashkiliy- pedagogik komponentlarini(ilmiy, kasbiy, metodik) optimalashtirish asosida takomillashtirilgan;
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi talabalarni iqtisodiy fanlar negizida kasbiy madaniyatining metodik tizimini takomillashtirish yuzasidan olib borilgan ilmiy-amaliy tadqiqotlar natijasi va ishlab chiqilgan nazariy-metodologik va amaliy takliflar asosida: 
talabalarni iqtisodiy fanlar negizida kasbiy madaniyatiga oid nazariy bilimlarini ekstensiv rivojlanishi, iqtisodiy bilimlarni o‘zgartirish g‘oyalaridan, jamiyat uchun maqbul bo‘lgan (falsafiy, psixologik, huquqiy, ijtimoiy) nuqtayi nazardan pedagogik imkoniyatlari tahlil etish orqali, ularni ijtimoiy zaruriyati ekanligi  ilmiy asoslangan hamda kasbiy faoliyatga doir ko‘nikmalariga oid bilimlar “Pedagogik texnologiyadan izohli lug‘at” nomli o‘quv qo‘llanma maznuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsyalar vazirligining 2024-yil 11-noyabrdagi 429-sonli buyrug‘i, 429-767-raqamli guvohnomasi). Natijada talabalarni iqtisodiy fanlar negizida kasbiy madaniyatining metodik tizimini takomillashtirishga qaratilgan nazariy bilimlarini oshirishga doir ilmiy asoslangan tahliliy materiallar hamda g‘oyalar asosida talabalar kasbiy madaniyati oshishiga xizmat qilgan;
iqtisodiy fanlar negizida kasbiy madaniyatining metodik tizimini (pedagogik shakl, vosita, usul va shart-sharoitlar) rivojlantirishning funksional modelining tashkiliy-metodik komponenti innovatsion (hamkorlikda o‘qitish, o‘quv loyihalari, mustaqil ta’lim) texnologiyalariga ustuvorlik berish asosida takomillashtirishga doir metodik tavsiyalar O‘zbekiston Milliy Universiteti 2020- 2023-yillarda bajarilgan FZ- 2020010829- sonli “Talaba yoshlar ilmiy faoliyatida amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishning innovatson mexanizmlari” mavzusidagi amaliy loyiha foydalanilgan (2024-yil 27- avgustdagi 04/11 6499-son ma’lumotnomasi).  Natijada talabalarni iqtisodiy fanlar negizida kasbiy madaniyatining metodik tizimini takomillashtirishda innovatsion usullari bilan boyigan;
talabalarni iqtisodiy fanlar negizida kasbiy madaniyatini takomillashtirish asosida motivatsion, baholash, kommunikativ, izlanuvchanlik bosqichlarga asoslangan kasbiy munosabatni shakllantirishga oid dars mashg‘ulotlarni intensiv loyihalash metodika asosida takomillashtishga doir taklif va tavsiyalari “Pedagogik texnologiyadan izohli lug‘at” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsyalar vazirligining 2024-yil 11-noyabrdagi 429-sonli buyrug‘i, 429-767-raqamli guvohnomasi). Natijada muammoga doir pedagogik metodik ta’minot takomillashtirilgan;
texnologiyalari(analitik, tashkiliy, faoliyatga doir, monitoring va natijaviylik) bloklarida shaxsiy - kasbiy madaniyatni rivojlantirishning mazmunli-jarayonli va tashkiliy- pedagogik komponentlarini(ilmiy, kasbiy, metodik) optimalashtirish asosida takomillashtirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsyalar Vazirligi Oliy ta’limni rivojlantirish markazi 2024-yil 25-noyabr 02/01-01-129-sonli ma’lumotnoma). Natijada talabalarning kasbiy bilim, ko‘nikma va malakalarini rivojlantirishga xizmat qiluvchi fanlardagi talabalarning kasbiy madaniyat komponentlari rivojlangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish