Abelkosimova Muxarram Xamidovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Texnik mutaxassislik magistrantlarini ilmiy tadqiqot faoliyatiga tayyorlash metodikasini takomillashtirish (Ilmiy tadqiqot metodologiyasi fani misolida)”, 13.00.02 - Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi” (sohalar bo‘yicha)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Ped1233.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh.,ilmiy darajasi va unvoni: Maxmudov Abdulxalim Xamidovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan davlat texnika universiteti, PhD.03/30.12.2019.T.90.01.
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni:
Rustamov Raxmatali Murodovich, texnika fanlari doktori professor; Boltaeva Muxayyo Lutfillaevna, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: Farg‘ona davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi texnik mutaxassislik magistrantlarini ilmiy tadqiqot faoliyatiga tayyorlash metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Dissertatsiya tadqiqotining ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
texnik mutaxassislik magistrantlarining ilmiy faoliyatdagi muammolarni nazariy echimlariga oid algoritmi(izlanish, yo‘naltirish, tizimlilik, texnologik va umumlashtirish) mazmunan, metodik, didaktik qiyosiy tahlil hamda ilmiy-tadqiqot faoliyatdagi natijadorlikka ta’sir etuvchi omillar asosida takomillashtirilgan;
texnika mutaxassislik magistrantlarining ilmiy faoliyatga tayyorlash mazmuni, tuzilmasi(motivatsion, kognitiv, refleksiv), tadqiqotning tarkibiy qismlariga(bilishga qiziqish, empirik va nazariy bilimlarga egalik, o‘z-o‘zini tahlil qilish va baholash) oid ko‘nikmalarini o‘zlashtirishga ustuvorlik berish asosida motivatsion-yo‘naltirish, tahliliy-prognostik, kasbiy-izlanish, refleksiv-baholash bosqichlarini belgilash orqali takomillashtirilgan;
texnika mutaxassislik magistrantlarining ilmiy faoliyatga tayyorlashga yo‘naltirilgan pedagogik modelining komponentalari loyihalash, talabalarni mashg‘ulotlarga ijodiy yondashuvini (kombinatsion, innovatsion va tadqiqiy ijodkorlik) ta’minlash, mashg‘ulotlarning borishi va natijalarini monitoring qilish, talabalarda ilmiy tadqiqot faoliyat tajribasini shakllantirish samaradorligini ta’minlaydigan metodik sharoitlarning kreativlik jihatini optimallashtirish asosida takomillashtirilgan;
texnik mutaxassislik magistrantlarini ilmiy tadqiqot faoliyatga tayyorligini reproduktiv, variativ, qisman-izlanuvchi va izlanuvchi-kreativ indikatorlar orqali aniqlangan hamda ilmiy-tadqiqot kompetensiyalarini maqsadli, mazmunli va faoliyatli amaliy ko‘nikmalarini blok-modulli yondashuv asosida o‘quv-metodik ta’minoti va mutaxassislik fanlarini o‘qitish metodikasi takomillashtirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi texnik mutaxassislik magistrantlarini ilmiy-tadqiqot faoliyatga tayyorlash metodik tizimini takomillashtirish yuzasidan olib borilgan ilmiy-amaliy tadqiqotlar natijasi va ishlab chiqilgan nazariy-metodologik va amaliy takliflar asosida:
texnik mutaxassislik magistrantlarining ilmiy faoliyatdagi muammolarni nazariy echimlariga oid algoritmi(izlanish, yo‘naltirish, tizimlilik, texnologik va umumlashtirish) mazmunan, metodik, didaktik qiyosiy tahlil hamda ilmiy-tadqiqot faoliyatdagi natijadorlikka ta’sir etuvchi omillar asosida takomillashtirishga oid takliflar “Pedagogik tadqiqotlarni modellashtirish” nomli o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 25-avgustdagi 391-sonli buyrug‘i 391322-raqamli guvohnomasi). Natijada texnik mutaxassislik magistrantlarni ilmiy tadqiqot faoliyatini metodik tizimini takomillashtirishga qaratilgan nazariy bilimlarini oshirishga doir ilmiy asoslangan tahliliy materiallar hamda g‘oyalar o‘quv qo‘llanmada o‘z aksini topgan;
texnika mutaxassislik magistrantlarining ilmiy faoliyatga tayyorlash mazmuni, tuzilmasi(motivatsion, kognitiv, refleksiv), tadqiqotning tarkibiy qismlariga(bilishga qiziqish, empirik va nazariy bilimlarga egalik, o‘z-o‘zini tahlil qilish va baholash) oid ko‘nikmalarini o‘zlashtirishga ustuvorlik berish asosida motivatsion-yo‘naltirish, tahliliy-prognostik, kasbiy-izlanish, refleksiv-baholash bosqichlarini belgilash orqali takomillashtirishga oid metodik tavsiyalar O‘zbekiston Milliy universitetida bajarilgan FZ-2020010829-sonli “Talaba yoshlar ilmiy faoliyatida amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishning innovatsion mexanizmlari loyihasida foydalanildi (2024-yil 20 uyuldagi №04/11-5717- raqamli ma’lumotnoma); Natijada loyihaning “Ijtimoiy pedagogik loyihalashtirishning innovatsion usullari” qismi ilmiy ma’lumotlar bilan boyigan;
texnika mutaxassislik magistrantlarining ilmiy faoliyatga tayyorlashga yo‘naltirilgan pedagogik modelining komponentalari loyihalash, talabalarni mashg‘ulotlarga ijodiy yondashuvini (kombinatsion, innovatsion va tadqiqiy ijodkorlik) ta’minlash, mashg‘ulotlarning borishi va natijalarini monitoring qilish, talabalarda ilmiy tadqiqot faoliyat tajribasini shakllantirish samaradorligini ta’minlaydigan metodik sharoitlarning kreativlik jihatini optimallashtirish asosida takomillashtirishga oid takliflar “Pedagogik tadqiqotlarni modellashtirish” nomli o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 25-avgustdagi 391-sonli buyrug‘i 391322 raqamli mualliflik guvohnomasi). Natijada magistrlarni ilmiy tadqiqot faoliyati diagnostik ishlarni joriy etilishda o‘quv jarayonini va bajarilayotgan magistrlik dissertatsiya ishlarini sifatini oshirilishiga imkon berdi.
texnik mutaxassislik magistrantlarini ilmiy tadqiqot faoliyatga tayyorligini reproduktiv, variativ, qisman-izlanuvchi va izlanuvchi-kreativ indikatorlar orqali aniqlangan hamda ilmiy-tadqiqot kompetensiyalarini maqsadli, mazmunli va faoliyatli amaliy ko‘nikmalarini blok-modulli yondashuv asosida o‘quv-metodik ta’minoti va mutaxassislik fanlarini o‘qitish metodikasi takomillashtirilgan oid ilmiy- metodik tavsiyalar ishlab chiqilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi 2024-yil 10-sentyabrdagi 4/17-4/4-16346-sonli ma’lumotnomasi). Natijada texnik mutaxassislik magistrantlarining ilmiy tadqiqot faoliyatiga tayyorlash metodikasi takomillashtirilgan.