Saidova Yulduz Zamon qizining falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Talabalarni ma’naviy tarbiyalashning milliy pedagogik strategiyasini loyihalashtirish (“Ma’naviyat soatlari” mashg‘ulotlari misolida)”
13.00.01 –Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Ped7040.
Ilmiy rahbar: Olimov Shirinboy Sharofovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK nomi: Buxoro davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Ped 72.04.
Rasmiy opponentlar: pedagogika fanlar doktori, professor G.T.Boymurodova; O‘zbekiston-Finlyandiya pedagogika instituti professori, p.f.d., (DSc) Sh.Z.Taylanova
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi oliy ta’lim muassasalarida “Ma’naviyat soatlari” mashg‘ulotlari jarayonida talabalarni ma’naviy tarbiyalashning pedagogik strategiyasini loyihalashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
- talabalarda ma’naviy tarbiyaning tarixiy-nazariy va pedagogik shart-sharoitlari, pedagogik-psixologik xususiyatlari (motivatsion, intellektual, hissiy) vatanparvarlik, shaxsiy namuna, odob-axloq, umuminsoniy va milliy-madaniy qadriyatlarni uyg‘unlashtirish asosida aniqlashtirilgan;
- talabalarni ma’naviy tarbiyalash jarayonini loyihalashnning tizimli va mazmunli modeli, yoshlar uyushmalarini o’zaro hamkorligi strategiyasini belgilash asosida takomillashtirilgan;
- “Ma’naviyat soatlari” mashg‘ulotini tashkil qilish mezonlari va komponentlari hamda ma’naviy tarbiya tamoyillari (milliy va umuminsoniy qadriyat, vatanparvarlik, xalqparvarlik) talabalarning tarixiy, adabiy-badiiy manbalarga bo‘lgan qiziqishini rag‘batlantirishga yo‘naltirilgan mexanizmlarini motivatsion faoliyatga optimallashtirish asosida takomillashtirilgan;
- talabalarda shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim asosida ma’naviy tarbiyalash jarayonini loyihalashga qaratilgan KPI tizimini joriy qilishga yo‘naltirilgan ta’lim-tarbiya samaradorligini aniqlash mexanizmlarini takomillashtirishga oid tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
talabalarda ma’naviy tarbiya ustuvorligining tarixiy-nazariy va pedagogik shart-sharoitlari, pedagogik-psixologik xususiyatlari (motivatsion, intelektual, hissiy) vatanparvarlik, shaxsiy namuna, odob-axloq, umuminsoniy va milliy-madaniy qadriyatlarni uyg‘unlashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan tavsiyalardan, ilmiy asoslangan ma’lumotlar hamda tadqiqot bo‘yicha yaratilgan dastur, xulosa va takliflardan Davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasida bajarilishi 2020-2022 yillarga mo‘ljallangan P3-202005236 raqamli “Oila psixologiyasi fanidan multimediya mahsulotini yaratish” mavzusidagi ilmiy loyihani bajarishda foydalanilgan. (Buxoro davlat universitetining 2024-yil, 21-sentyabr dagi 01-04/5546-son ma’lumotnomasi). Natijada oliy ta’lim muassasalarida talabalarni ma’naviy tarbiyalash jarayonini loyihalashning pedagogik shart-sharoitlari mazmunan boyitilgan;
talabalarni ma’naviy tarbiyalash jarayonini loyihalashnning tizimli va mazmunli modeli, talabalarning o’zini o’zi boshqarish organlari, yoshlar uyushmalarini o’zaro hamkorligi strategiyasini belgilashga oid taklif va tavsiyalar “Pedagogik kompetentlik va kreativlik” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Buxoro davlat universitetining 2023- yil 29 noyabrdagi 673-sonli buyrug‘i, 673-3 raqamli guvohnoma). Natijada ma’naviy-ma’rifiy ishlar jarayonida talabalarni ma’naviy tarbiyalash jarayonini loyihalashga oid dars va darsdan tashqari tarbiyaviy ishlarni rivojlantirish imkoniyati yaratilgan;
talabalarni tarbiyalashda “Ma’naviyat soatlari” mashg‘ulotini tashkil qilish mezonlari va komponentlari hamda ma’naviy tarbiya (milliy va umuminsoniy qadriyat, vatanparvarlik, xalqparvarlik) tamoyillarini talabalarning tarixiy, adabiy-badiiy manbalarga bo‘lgan qiziqishini rag‘batlantirishga yo‘naltirilgan motivatsion faoliyatni optimallashtirishga oid taklif va tavsiyalar asosida “Pedagogika nazariyasi va tarixi”, “Pedagogik mahorat”, “Ijtimoiy pedagogika”, “Pedagogik texnologiya” kabi fanlar va “Ma’naviyat soatlari” mashg‘ulotini o‘tishga integrativ yondashilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil, 04-iyundagi 4/17-4/4-9282-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarni ma’naviy tarbiyalash jarayonini loyihalash strategiyasining metodik ta’minoti takomillashtirilgan.