Eshmatov Davron Abduvaxobovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Investisiya dasturlari asosida hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini prognostik modellashtirish”, 08.00.06 – “Ekonometrika va statistika”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Iqt4969.
Ilmiy rahbar: Bayxonov Baxodirjon Tursunboevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti, DSc.03/27.09.2024.I.55.03.
Rasmiy opponentlar: Muxitdinov Xudoyar Suyunovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Masharipova Manzura Alimbaevna, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, (PhD) donsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi investisiya dasturlari asosida hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini prognostik modellashtirish bo‘yicha ilmiy asoslangan takliflar va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
investisiya dasturlarini baholash ko‘rsatkichlari ularning moliyaviy barqarorligini (sof joriy qiymat NPV>0 bo‘lganda foydali, IRR>r bo‘lganda foyda keltiradi va PI>1 bo‘lsa, loyiha samarali) shartlarga asoslangan holda, kollektiv qarorlar qabul qilishda ELECTRE “Elimination Et Choix Traduisantla Realite” usuli taklif etilgan;
iqtisodiy jarayonlar va hodisalarning rivojlanishiga o‘zaro bog‘liq bo‘lgan hududiy faoliyati ko‘rsatkichlarining turli xususiyatlariga ko‘ra investisiya dasturlari samaradorligi omillarning statistik va anketa so‘rovnoma natijalarini integratsiyalashgan Y=(〖X1〗^19.22*〖X2〗^0.1*〖X3〗^0.04*〖X4〗^0.11)/e^124,83763 ekonometrik modeli ishlab chiqilgan;
investisiya dasturlarining ijtimoiy-iqtisodiy natijalarini baholash mezonlari va ko‘rsatkichlari asosida hududlarni rivojlantirish samaradorligini baholash algoritmi tavsiya etilgan;
investision modellarning hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish strategiyasiga muvofiqligini ta’minlash yordamida Namangan viloyatining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda asosiy kapitaliga o‘zlashtirilgan investisiyalar hajmi o‘zgarishining 2025-2030-yillarga mo‘ljallangan prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Investisiya dasturlari asosida hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini prognostik modellashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
investisiya dasturlarini baholash ko‘rsatkichlari ularning moliyaviy barqarorligini (sof joriy qiymat NPV>0 bo‘lganda foydali, IRR>r kapital qiymatda foyda keltiradi va PI>1 bo‘lsa, loyiha samarali) shartlarga asoslangan holda, kollektiv qarorlar qabul qilishda ELECTRE “Elimination Et Choix Traduisantla Realite” usuli bo‘yicha yangiligi Namangan viloyati hokimligi faoliyatiga joriy etilgan (Namangan viloyati hokimligining 2025-yil 25-oktyabrdagi 03/24-721-son ma’lumotnomasi). Ushbu yangilik natijasida Namangan viloyatida kelgusida viloyat hududlarining o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda Norin tumanida aholi xonadonlarida intensiv usulda baliq etishtirish va Mingbuloqda o‘rdakchilikni rivojlantirish belgilab berilgan;
iqtisodiy jarayonlar va hodisalarning rivojlanishiga o‘zaro bog‘liq bo‘lgan hududiy faoliyati ko‘rsatkichlarining turli xususiyatlariga ko‘ra investisiya dasturlari samaradorligi omillarning statistik va anketa so‘rovnoma natijalarini integratsiyalashgan Y=(〖X1〗^19.22*〖X2〗^0.1*〖X3〗^0.04*〖X4〗^0.11)/e^124,83763 ekonometrik modeli bo‘yicha yangiligi Namangan viloyati hokimligi faoliyatiga joriy etilgan (Namangan viloyati hokimligining 2025-yil 25-oktyabrdagi 03/24-721-son ma’lumotnomasi). Mazkur yangilik natijasi Namangan viloyatida investisiya dasturlari asosida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarining 23,4 % i “yaxshi” holatda ekanligi aniqlangan;
investisiya dasturlarining ijtimoiy-iqtisodiy natijalarini baholash mezonlari va ko‘rsatkichlari asosida hududlarni rivojlantirish samaradorligini baholash algoritmi bo‘yicha yangiliklar Namangan viloyati hokimligi faoliyatiga joriy etilgan (Namangan viloyati hokimligining 2025-yil 25-oktyabrdagi 03/24-721-son ma’lumotnomasi). Mazkur yangilik natijasida 2024-yilda viloyat bo‘yicha 329,4 mln dollarlik to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investisiyalar va kreditlar o‘zlashtirilishi belgilangan bo‘lib, amalda 485,7 mln dollar yoki reja topshiriq 147,5 foizga bajarilgan;
investision modellarning hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish strategiyasiga muvofiqligini ta’minlash yordamida Namangan viloyatining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda asosiy kapitaliga o‘zlashtirilgan investisiyalar hajmi o‘zgarishining 2025-2030-yillarga mo‘ljallangan prognoz ko‘rsatkichlari bo‘yicha yangiliklar hamda tavsiyalar Namangan viloyati hokimligi faoliyatiga joriy etilgan (Namangan viloyati hokimligining 2025-yil 25-oktyabrdagi 03/24-721-son ma’lumotnomasi). Ushbu yangilik natijalaridan Namangan viloyatining 2026-2030-yillarda investision loyihalarni amalga oshirish chora-tadbirlarni ishlab chiqishda foydalanilgan.