Tuxtabaev Mirzoxid Axmadjanovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Paxtachilik traktori shinasini tuproq zichlanishiga ta’siri bo‘yicha tanlash», 05.07.01–Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya mashinalari. Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/T219.
Ilmiy rahbar: Boymetov Rustam Isaevich, texnika fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti, DSc.27.06.2017.T.10.01.
Rasmiy opponentlar: Xudayberdiev Tolibjon Solievich, texnika fanlari doktori, professor; Kamilov Asil Ikramovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi texnika va texnologiyalarni sertifikatlash va sinash davlat markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: chopiq traktori g‘ildiraklariga maqbul shinalar turini tanlash hamda ularning tuproqqa ta’sirini tadqiq etish asosida tuproqning zichlanishini kamaytirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
traktorlarning g‘ildirak formulasi, shinalarga qo‘yilgan agrotexnik talablar va ularning tuproqqa ko‘rsatadigan ta’sirini hisobga olgan holda shina tanlash usuli ishlab chiqilgan;
paxtachilik traktori shinasining tuproq zichlanishi va undagi izning chuqurligiga ta’siri agregatning harakat tezligi va shina ichki havo bosimini hisobga olgan holda aniqlangan;
paxtachilik traktori uchun maqbul shina turi uni profil kengligi va ichki havo bosimining tuproq zichlanishiga ta’sirini hisobga olgan holda asoslangan;
paxtachilik traktori shinasining tuproqqa ta’sirini ifodalovchi ko‘rsatkichlari hamda uning maqbul parametrlarini aniqlash uchun analitik bog‘lanishlar olingan;
tanlangan shina o‘rnatilgan paxtachilik traktorining tuproqqa ko‘rsatadigan ta’siri tuproqning xossalari, shinaning parametrlari hamda agregat tezligiga bog‘liq ravishda aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Paxtachilik traktori shinasini tuproq zichlanishiga ta’siri bo‘yicha tanlashda olingan natijalar asosida:
shinalarni laboratoriya sharoitida sinash qurilmasiga Intellektual mulk agentligining foydali modelga patenti olingan («Shinalarni sinash uchun stend», №FAP 00836–2014 y.). Natijada to‘rt g‘ildirakli paxtachilik traktori old va yetakchi g‘ildiraklariga shinalarni tanlash uchun ketadigan mehnat va vaqt sarfini kamaytirish imkoni yaratilgan;
maqbul parametrlarga ega bo‘lgan shina bilan jihozlangan paxtachilik traktori Andijon viloyatining Qo‘rg‘ontepa tumanidagi “Oqsuv” fermer xo‘jaligi paxta dalalarida keng qamrovli mashinalar bilan agregatlangan holda joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 11 dekabrdagi 02/023-339-son ma’lumotnomasi). Natijada agrotexnik jarayonlarni bajarishda traktorlar g‘ildiraklari bilan tuproqning zichlanishi 6 foizga, yonilg‘i sarfi 25 foizgacha kamaytirish imkoni yaratilgan;
to‘rt g‘ildirakli chopiq traktorining g‘ildiraklariga tanlangan maqbul shina parametrlari “Traktor” Maxsus konstruktorlik byurosiga ishlab chiqarishda qo‘llash uchun joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 11 dekabrdagi 02/023-339-son ma’lumotnomasi). Natijada to‘rt g‘ildirakli paxtachilik traktoriga tuproqning kam zichlanishini ta’minlaydigan shinalarni tanlash imkoni yaratilgan.