Bektursinova Gulmira Joldasbaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Yangi O‘zbekistonda kitobxonlik madaniyati va uning uzlyuksiz ta’limdagi ahamiyati”, 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Fal847.
Ilmiy rahbar: To‘ychieva Sayyora Suyarkulovna, falsafa fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Nukus filiali
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti,  DSc.03/30.12.2019.F.01.05.
Rasmiy opponentlar: Atamuradov Sadulla, falsafa fanlari doktori, professor; O‘razalieva Gulshada Bekpo‘latovna, falsafa fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy-amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Yangi O‘zbekistonda kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, uning uzlyuksiz ta’limdagi ahamiyatini oshirishga doir taklif-tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
Kitobxonlikning tarixiy, falsafiy va ijtimoiy ildizlarini uzviylikda o‘rganilib, uni jamiyatning umumiy taraqqiyot mezonlari (ilmiy, madaniy va ma’naviy o‘sish, ijtimoiy barqarorlik va axloqiy kamolot) bilan o‘zaro aloqadorlik komponentlari isboltangan;
Uzlyuksiz ta’lim va kitobxonlik o‘rtasidagi dialektik bog‘liqlikni ochib berilib, yoshlar tarbiyasida (uzlyuksiz ta’lim jarayonida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish, uning samarali shakl va uslublarini joriy etish ma’rifatli va faol fuqarolarni tarbiyalash jarayonida) kitobxonlikning ustuvor o‘rin tutishi ilmiy asoslangan;
Yangi O‘zbekiston sharoitida kitobxonlik jarayonlarini innovatsion echimlar bilan xalqaro tajriba o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni ijtimoiy-falsafiy nuqtai nazardan ko‘rsatilib, yoshlarning kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish uchun amalga oshirilayotgan innovatsion ishlar va tajribalar o‘rtasidagi dialektik aloqadorligi ilmiy-falsafiy va ijtimoiy-amaliy jihatdan dalillangan;
Kitobxonlik madaniyatining ijtimoiy, falsafiy va ma’naviy ahamiyati hamda kitobxonlikning uzlyuksiz ta’lim tizimidagi roli milliy va xalqaro tajribalar asosida Yangi O‘zbekiston sharoitida yoshlarni ma’naviy va intellektual jihatdan rivojlantirishda kitobxonlikning o‘rni (dunyoqarashlilik, keng fikrlilik, mantiqiy asoslash, xulosalar qilish) ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Yangi O‘zbekistonda kitobxonlik madaniyati va uning uzlyuksiz ta’limdagi ahamiyati bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Yangi O‘zbekistonda kitobxonlik madaniyati va uning uzlyuksiz ta’limdagi ahamiyati bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Kitobxonlikning tarixiy, falsafiy va ijtimoiy ildizlarini uzviylikda o‘rganilib, uni jamiyatning umumiy taraqqiyot mezonlari (ilmiy, madaniy va ma’naviy o‘sish, ijtimoiy barqarorlik va axloqiy kamolot) bilan o‘zaro aloqadorlik komponentlari  tahlil qilingan takliflardanO‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi “O‘zbek adabiyoti” darsliklari, adabiyot o‘qitish metodikasiga oid qo‘llanmalar yaratishda, ma’ruza matnlari tuzishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining 2024-yil 11-martdagi 2-13-21-937 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, Yangi Uyg‘onish davrining to‘rt tayanch ustuni faoliyatida kitobxonlik madaniyati va ma’naviy yuksak, intellektual shaxslarni tarbiyalash borasidagi xulosalardan keng foydalanilgan.
Uzlyuksiz ta’lim va kitobxonlik o‘rtasidagi dialektik bog‘liqlikni ochib berilib, yoshlar tarbiyasida (uzlyuksiz ta’lim jarayonida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish, uning samarali shakl va uslublarini joriy etish ma’rifatli va faol fuqarolarni tarbiyalash jarayonida) kitobxonlikning ustuvor o‘rin tutishi ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi buyurtmasi asosida tayyorlangan “Ma’naviyat. Asosiy tushunchalar lug‘ati” kitobida foydalanilgan. (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi “Ma’rifat targ‘ibotchilari jamiyatining  2025-yil  13-maydagi 398-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, iqtidorli o‘quvchilar, talabalarga taqdim qilinayotgan kitoblar mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan tadbirlarda milliy o‘zlikni anglashga oid asarlar mualliflari tomonidan taqdimot qilinishi,  mamlakatda olib borilayotgan “Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun” shiori ostidagi madaniy-ma’rifiy tadbirlarning samarali va mazmunli o‘tishiga  erishilgan.
Yangi O‘zbekiston sharoitida kitobxonlik jarayonlarini innovatsion echimlar bilan xalqaro tajriba o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni ijtimoiy-falsafiy nuqtai nazardan ko‘rsatilib, yoshlarning kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish uchun amalga oshirilayotgan innovatsion ishlar va tajribalar o‘rtasidagi dialektik aloqadorligi ilmiy-falsafiy va ijtimoiy-amaliy jihatdan dalillangan ma’lumotlardan O‘zbekiston “Milliy tiklanish”  demokratik partiyasi Markaziy Kengashining ish faoliyatida foydalanilgan. (O‘zbekiston “Milliy tiklanish”  demokratik partiyasi Markaziy Kengashining 2024-yil 12-mart 02/03-18-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, milliy qadriyatlar va milliy o‘zlikni anglash  tamoyillari talqinida ilmiy to‘plam va kitoblarni boyitishda mumkinligi ma’lum qilingan.
Kitobxonlik madaniyatining ijtimoiy, falsafiy va ma’naviy ahamiyati hamda kitobxonlikning uzlyuksiz ta’lim tizimidagi roli milliy va xalqaro tajribalar asosida Yangi O‘zbekiston sharoitida yoshlarni ma’naviy va intellektual jihatdan rivojlantirishda kitobxonlikning o‘rni (dunyoqarashlilik, keng fikrlilik, mantiqiy asoslash, xulosalar qilish) ochib berilgan taklif va tavsiyalardan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2024 yil davomida o‘tkazilgan madaniy-ma’rifiy tadbirlarda hamda targ‘ibot faoliyatida foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2024-yil 17-dekabrdagi №2-04/2651-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, dissertatsiyada ilgari surilgan taklif va tavsiyalar, umumlashtirilgan xulosalar kitobxonlik madaniyati bilan bog‘liq madaniy-ma’rifiy targ‘ibot faoliyatining ta’sirchanligini oshirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish