Esanmurodova Nilufar Shaxobiddin qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Talabalarning individual ta’lim traektoriyasini amaliy ta’lim muhiti asosida shakllantirish metodikasi (“Kimyo” fani misolida)”, 13.00.02 - Ta’lim va  tarbiya nazariyasi va metodikasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Ped9567
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Xodjibekov Sadriddin Nasriddinovich, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti, DSc.03/30.12.2019.T.10.01
Rasmiy opponentlar: Todjiev Jamoliddin Nasiriddinovich, kimyo fanlari doktori, dotsent; Movlonova Sohiba Abdiqodirovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: kimyo fanini o‘qitishda talabalarning individual ta’lim traektoriyasini amaliy ta’lim muhiti asosida shakllantirish metodikasidan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
kimyo fanini o‘qitish jarayonida talabalarning individual ta’lim traektoriyasini amaliy ta’lim muhiti asosida shakllantirishning tashkiliy-pedagogik jihatlari talabalarda akademik-ijtimoiy bo‘shliqlarni tezkor diagnostika qilishga mo‘ljallangan differensiallashtirilgan kasbiy-amaliy topshiriqlarni validlik va moslashuvchanlik tamoyillari ustuvorligida ergonomik faol muhitda konsentratsiya imkoniyatlariga ko‘ra qo‘llash asosida ochib berilgan;
amaliy mashg‘ulot muhitida individual ta’lim traektoriyasini shakllantirishning metodik modeli kimyoviy masalalarni tarkiblash va echimini amaliy tavsiflashning analiz-sintez bosqichlarida o‘zlashtirishning vizual-kinesteziya ish turlarini kimyoviy reaksiyalar sababi va oqibati-determinizm impulsida personal monitoringda qo‘llash asosida takomillashtirilgan;
amaliy mashg‘ulot muhitida individual ta’lim traektoriyasini didaktik ta’minlashning pedagogik mexanizmlari talabalarning o‘zlashtirish xususiyatlariga ko‘ra abadiylashtirilgan dedlayn-mustaqil topshiriqlarini semantik-izohli kontekstda kimyoviy kinetika va termodinamikaning strukturali-grafikli tavsiflari asosida transformatsiyalash asosida takomillashtirilgan;
talabalarning individual ta’lim traektoriyasi samaradorligini baholash mezonlari tahlil, qaror, xulosa kabi kasbiy etilishning an’anaviy piramidali vektorida diagnostik-korreksiya, individual-differensiatsiya mashqlarini “My security”, “Discussion training” kabi interfaol usullari orqali qo‘llash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: amaliy mashg‘ulot muhitida individual ta’lim traektoriyasini shakllantirish asosida talabalarni kasbiy faoliyatga tayyorlash metodikasini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan uslubiy va amaliy takliflar hamda ilmiy natijalar asosida:
kimyo fanini o‘qitish jarayonida talabalarning individual ta’lim traektoriyasini amaliy ta’lim muhiti asosida shakllantirishning tashkiliy-pedagogik jihatlari talabalarda akademik-ijtimoiy bo‘shliqlarni tezkor diagnostika qilishga mo‘ljallangan differensiallashtirilgan kasbiy-amaliy topshiriqlarni validlik va moslashuvchanlik tamoyillari ustuvorligida ergonomik faol muhitda konsentratsiya imkoniyatlariga ko‘ra qo‘llashga doir takliflardan “Umumiy kimyo” qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 4-fevraldagi 01/01-01-41-son ma’lumotnomasi). Natijada texnika oliy ta’lim muassasasi talabalarining kimyo o‘qitishning didaktik vositalariga oid kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish imkonini bergan;
amaliy mashg‘ulot muhitida individual ta’lim traektoriyasini shakllantirishning metodik modeli kimyoviy masalalarni tarkiblash va echimini amaliy tavsiflashning analiz-sintez bosqichlarida o‘zlashtirishning vizual-kinestetik ish turlarini kimyoviy reaksiyalar sababi va oqibati-determinizm impulsida personal monitoringda qo‘llashga doir takliflar “Kimyo” o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 4-fevraldagi 01/01-01-41-son ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak muxandislarning ijodkorlik qobiliyatlarini rivojlantirish, o‘quv-metodik ta’minotini yaxshilashga, o‘qitish metodikasini takomillashtirish imkonini bergan;
talabalarning individual ta’lim traektoriyasi samaradaorligini baholash mezonlari tahlil, qaror, xulosa kabi kasbiy etilishning an’naviy piromidal vektorida diagnostik-korreksiya, individual-differensiatsiya mashqlarini “my security” , “discussion training” kabi interfaol usullari orqali qo‘llash asosidagi tavsiyalari berilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 4-fevraldagi 01/01-01-41-son ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak mutaxassislarning ta’lim traektoriyasini shakllantirish hamda ta’lim natijalarini baholash samaradorligini aniqlashga mo‘ljallangan metodik ta’minoti takomillashtirish imkonini bergan.
 

Yangiliklarga obuna bo‘lish