Radjabova Zulola Abduxakimovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Homilador ayollar trombotik mikroangiopatiyalarining yashirin prediktorlari: klinik-morfologik jihatlari”, 14.00.01 – Akusherlik va ginekologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqami: B2023.3.DSc/Tib903.
Ilmiy maslahatchi: Karimova Feruza Djavdatovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat tibbiyot universiteti, DSc.04/30.12.2019.Tib.29.01.
Rasmiy opponentlar Kattaxodjaeva Maxmuda Xamdamovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Zakirova Nodira Islamovna, tibbiyot fanlari doktori professor; Nishanov Daniyar Anarbaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: N. I. Pirogov nomidagi Rossiya milliy tadqiqot tibbiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi trombotik mikroangiopatiyalar bilan bog‘liq bo‘lgan homiladorlik asoratlarini baholash, erta tashxislash va bashoratlashni takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
homiladorlarda trombotik mikroangiopatiyalarning rivojlanishida og‘irlashgan anamnezning hal qiluvchi roli isbotlandi, oilaviy trombotik anamnez, somatik va akusherlik anamnezi kabi holatlar NELLP-sindromi, KAFS, og‘ir preeklampsiya bilan kasallangan bemorlarda yuqori chastotada uchrashi aniqlandi, bu, o‘z navbatida, ushbu anamnestik omillar shunchaki xavf omillari emas, balki kasallikning eng og‘ir (fulminant) shakllariga transformatsiyasining asosiy yashirin prediktorlari ekanligini isbotlangan;
homiladorlar trombotik mikroangiopatiyasining og‘irlashish traektoriyasini belgilovchi yashirin prediktorlar sifatida aniq genetik markerlarning yetakchi prognostik roli isbotlandi. F5 Leiden (G1691A) mutant gomozigot genotipi tashuvchanligi NELLP -sindromi rivojlanish imkoniyatini 14,8 martaga, MTHFR C677T polimorfizmi esa — 10,1 martaga oshirishi aniqlandi. KAFS-sindromi uchun bir nechta protrombotik mutatsiyalar, xususan F2 Prothrombin G20210A va PAI-1 4G/4Gning kumulyasiyasi (to‘planishi) xos ekanligi isbotlandi, bu homiladorlarda trombotik mikroangiopatiyaning ful`minant shakllari turli xil genetik asosga ega ekanligi isbotlangan;
yashirin xavfni miqdoriy baholash uchun innovatsion mul`tiparametrik vosita — TMA Og‘irlik Integral Indeksi (TMSI) ishlab chiqildi, metodologik jihatdan asoslandi va validatsiyadan o‘tkazildi, bu anamnestik, genetik va laborator prediktorlarni birlashtirgan kompleks TMSI-10 indeksi NELLP-sindromini og‘ir preeklampsiyadan (AUC=0.806) va KAFSni og‘ir preeklampsiyadan (AUC=0.862) farqlash uchun yuqori prognostik aniqlikka ega ekanligi isbotlandi va tizimli poliorgan shikastlanish darajasini aks ettiruvchi yagona, kuchli omil sifatida TMSI ning yuqori bashorat qilish qobiliyati (p=0.0047) isbotlangan;
TMSI-10 indeksi asosida og‘ir preeklampsiyaning ful`minant shakllarga transformatsiyasining individual ehtimolini hisoblash imkonini beruvchi, prognostik matematik modellar (binar logistik regressiya asosida) ishlab chiqildi va validatsiya qilindi. TMSI-10 Indeksining bir birlikka oshishi NELLP-sindromi rivojlanish imkoniyatini (OR) 1,22 martaga va KAFS mavjudligi imkoniyatini — 1,30 martaga oshirishi aniqlandi, ushbu formulalarning yaratilishi har bir homiladorni shaxsiylashtirilgan ya’ni individual olib borish taktikasiga o‘tish uchun asos bo‘lgani isbotlangan;
homiladorlar trombotik mikroangiopatiyasi bilan og‘rigan bemorlarda F5 Leiden, F2 Prothrombin va PAI-1 4G/4G mutatsiyalarini tashuvchanligi va yo‘ldoshdagi tutqun vorsinkalar tomirlari trombozi darajasi, yo‘ldoshning tayanch vorsinkalari tomirlarining obliteratsion angiopatiyasi hamda infarktlar maydoni o‘rtasida kuchli ishonchli korrelyasiya aniqlandi, bu genetik nuqsonlarning aniq patologik jarayon orqali amalga oshishini va klinik manzarani belgilashi to‘g‘ridan-to‘g‘ri isbotlangan;
olingan matematik model` asosida klinik amaliyot uchun algoritm ishlab chiqildi, ushbu algoritm anamnezni baholash, TMSI indeksini hisoblash va bemorlarni past va yuqori havf guruhlariga stratifikatsiya qilishni o‘z ichiga oladi, bu esa ikkilamchi trombotik mikroangiopatiyaga moil homiladorlarni olib borishda personallashtirilgan yondashuvni joriy etish uchun ilmiy asos bo‘la olishi isbotlangan
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tadqiqot natijalarining amaliyotga joriy qilinishi. Trombotik mikroangiopatiyalar bilan bog‘liq bo‘lgan homiladorlik asoratlarini homiladorlik asoratlarini baholash, erta tashxislash va bashoratlashni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: homiladorlarda trombotik mikroangiopatiyalarning rivojlanishida og‘irlashgan anamnezning hal qiluvchi roli isbotlandi, oilaviy trombotik anamnez, somatik va akusherlik anamnezi kabi holatlar NELLP -sindromi, KAFS, og‘ir preeklampsiya bilan kasallangan bemorlarda yuqori chastotada uchrashi aniqlandi, bu, o‘z navbatida, ushbu anamnestik omillar shunchaki xavf omillari emas, balki kasallikning eng og‘ir (fulminant) shakllariga transformatsiyasining asosiy yashirin prediktorlari ekanligini isbotlangan shu bilan birga, ushbu tasniflarning qo‘llanilishi baholanib, ularning afzalliklari va isbotlanganligi «Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligini ilmiy-amaliy tibbiyot markazi» davlat muassasining Toshkent shahar filiali 05.06.2025 yildagi 95-son buyruq, «Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligini ilmiy-amaliy tibbiyot markazi» davlat muassasining Sirdaryo viloyati filiali 03.06.2025 yildagi 101-son buyruq, Toshkent Shahar Olmazor tumani TTB-MKTP 24.06.2025 yildagi 847-14-197-TB/2025-son buyruq, Toshkent Shahar Shayxontohur tumani TTB-MKTP 14.06.2025 yildagi 701-14-205-TB/2025-son buyruqlariga muvofiq amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘likni saqlash vazirligi Ilmiy-texnik kengashining xulosasi 2025 yil 15 avgustdagi 23-sonli yigilish bayonnomasi). Ijtimoiy samaradorligi: homiladorlarda uchraydigan trombotik mikroangiopatiyalarni o‘z vaqtida aniqlash, oldini olish, oilaviy trombotik anamnez, somatik-akusherlik anamneziga katta ahamiyat berish va patogenetik zanjirning yangi bo‘g‘inlarini aniqlash perinatal yo‘qotishlar va onalar o‘limini darajasini pasaytiradi, profilaktika chora- tadbirlarini o‘z vaqtida ishlab chiqishga, perinatal yordam sifatini yaxshilashga, tibbiy xizmatlardan foydalanish imkoniyati va samaradorligini oshirishga yordam beradi. Iqtisodiy samaradorligi: aniqlangan qonuniyatlar oilaviy trombotik anamnezga ega bo‘lgan va trombotik mikroangiopatiylarni havfi bo‘lgan homiladorlarni o‘z vaqtida aniqlash, oldini olish orkali perinatal yo‘qotishlar, onalar o‘limi va invalidizatsiyasi darajasini kamaytirgan, bu esa perinatal yordam resurslaridan samarali foydalanishni ta’minlagan bo‘lib, 48 ta homilador ayollarni xolati o‘rganilgan zamonaviy diagnostika, chuqur anamnestik tahlillarni tasniflash tizimi va profilaktika chora-tadbirlarini joriy etish iktisodiy xarajatlarni 498278000 so‘m kamaytirish imkonini bergan Xulosa: homiladorlarda uchraydigan trombotik mikroangiopatiylarni o‘z vaqtida tashxislash, zamonaviy tizimlarini joriy etish klinik amaliyotda o‘z axamiyatini ko‘rsatgan, xavf omillarini anikroq baholash va profilaktika choralari samaradorligini oshirish imkonini bergan, bu esa o‘z vaqtida tashxis ko‘yish va tibbiy yordamni optimallashtirish orkali sog‘liqni saklash tizimiga tushadigan moliyaviy yukni kamaytirgan, trombotik mikroangiopatiylar bilan bog‘liq har bir xolat uchun o‘rtacha 8591000 so‘mni tejash imkonini bergan;
ikkinchi ilmiy yangilik: homiladorlar trombotik mikroangiopatiyasining og‘irlashish traektoriyasini belgilovchi yashirin prediktorlar sifatida aniq genetik markerlarning yetakchi prognostik roli isbotlandi. F5 Leiden (G1691A) mutant gomozigot genotipi tashuvchanligi NELLP -sindromi rivojlanish imkoniyatini 14,8 martaga, MTHFR C677T polimorfizmi esa — 10,1 martaga oshirishi aniqlandi. KAFS-sindromi uchun bir nechta protrombotik mutatsiyalar, xususan F2 Prothrombin G20210A va PAI-1 4G/4Gning kumulyasiyasi (to‘planishi) xos ekanligi isbotlandi, bu homiladorlarda trombotik mikroangiopatiyaning ful`minant shakllari turli xil genetik asosga ega ekanligi isbotlangan va hamda natijalar «Homilador ayollar trombomikroangiopatiyasi rivojlanishida prognostik ahamiyatga ega bo‘lgan xavf omillarini baholash» (Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi huzuridagi Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 21.04.2025 yilda 8-son bilan tasdiqlangan) mavzusidagi uslubiy tavsiyanoma va «Preeklampsiyani asoratlarini erta tashxislash va bashorat qilishda zamonaviy yondasuv» (Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi huzuridagi Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 21.04.2025 yilda 8-son bilan tasdiqlangan) mavzusidagi uslubiy tavsiyanomalarga kiritilgan va natijalar «Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligini ilmiy-amaliy tibbiyot markazi» davlat muassasining Toshkent shahar filiali (05.06.2025 yildagi 95-son buyruq), «Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligini ilmiy-amaliy tibbiyot markazi» davlat muassasining Sirdaryo viloyati filiali (03.06.2025 yildagi 101-son buyruq), Toshkent Shahar Olmazor tumani TTB-MKTP (24.06.2025 yildagi 847-14-197-TB/2025-son buyruq) Toshkent Shahar Shayxontohur tumani TTB-MKTP (14.06.2025 yildagi 701-14-205-TB/2025-son buyruq) amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘likni saqlash vazirligi Ilmiy-texnik kengashining xulosasi 2025 yil 15 avgustdagi 23-sonli yigilish bayonnomasi). Ijtimoiy samaradorligi: genetik skrining profilaktika uchun asos yaratib beradi ya’ni homiladorlikni rejalashtirish bosqichidayoq genetik jihatdan yuqori xavfga ega bo‘lgan ayollarni aniqlash onalar va perinatal o‘lim hamda nogironlikni kamaytirish, hayot sifatini, reproduktiv salomatlikni yaxshilashga olib keladi. Iqtisodiy samaradorligi: genetik skriningni xavf guruhidagi ayollarda qo‘llash katastrofik xolatlarni o‘z vaqtida aniqlash va homiladorlikni boshqarish taktikasini optimallashtirish imkonini bergan. Bu shoshilinch kesar kesish operatsiyalari sonini va ona va bolaning intensiv terapiyaga bo‘lgan ehtiyojini kamaytirgan, natijada trombotik mikroangiopatiya xavfi bo‘lgan 48 nafar bemor uchun jami o‘rtacha 443246000 so‘m mablag‘ tejalishiga olib kelgan. Xulosa: Bu erdagi iqtisodiy samaradorlik juda katta, chunki og‘ir asoratlarni davolash har doim kasallikni oldini olishga ketadigan xarajatlardan bir necha baravar qimmat turadi. Bir nechta polimorfizmlarga bir martalik genetik testning narxi rivojlanib bo‘lgan kasallikni davolash qiymatidan solishtirib bo‘lmaydigan darajada past. Ushbu tadqiqot bunday genetik skriningni xavf guruhidagi ayollarni tekshirish standartlariga kiritish uchun iqtisodiy asos yaratadi, natijada bir nafar bemor xisobiga o‘rtacha 9651000 so‘m iqtisod kilish imkonini bergan;
uchinchi ilmiy yangilik: yashirin xavfni miqdoriy baholash uchun innovatsion mul`tiparametrik vosita — TMA Og‘irlik Integral Indeksi (TMSI) ishlab chiqildi, metodologik jihatdan asoslandi va validatsiyadan o‘tkazildi, bu anamnestik, genetik va laborator prediktorlarni birlashtirgan kompleks TMSI-10 indeksi NELLP-sindromini og‘ir preeklampsiyadan (AUC=0.806) va KAFSni og‘ir preeklampsiyadan (AUC=0.862) farqlash uchun yuqori prognostik aniqlikka ega ekanligi isbotlandi va tizimli poliorgan shikastlanish darajasini aks ettiruvchi yagona, kuchli omil sifatida TMSI ning yuqori bashorat qilish qobiliyati (p=0.0047) isbotlangan. Integrallashgan Trombotik Mikroangiopatiya Og‘irlik Indeksi (TMSI) -bu ko‘rsatkich haqida to‘liq ma’lumot «Homilador ayollar trombomikroangiopatiyasi rivojlanishida prognostik ahamiyatga ega bo‘lgan xavf omillarini baholash » nomli uslubiy ko‘llanmaga kiritilgan (Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi huzuridagi Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 21.04.2025 yilda 8-son bilan tasdiqlangan) va natijalar «Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligini ilmiy-amaliy tibbiyot markazi» davlat muassasining Toshkent shahar filiali (05.06.2025 yildagi 95-son buyruq), «Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligini ilmiy-amaliy tibbiyot markazi» davlat muassasining Sirdaryo viloyati filiali (03.06.2025 yildagi 101-son buyruq) amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘likni saqlash vazirligi Ilmiy-texnik kengashining xulosasi 2025 yil 15 avgustdagi 23-sonli yigilish bayonnomasi). Ijtimoiy samaradorligi: indeksning prognostik kuchi tizimli poliorgan etishmovchiligi, invalidizatsiya kabi hayot uchun xavfli xolatlarni oldini oladi, perinatal yordam samaradorligini oshiradi va soglikni saklash tizimiga tushadigan moliyaviy yukni kamaytiradi. Iqtisodiy samaradorligi: Indeksni klinik amaliyotda qo‘llash to‘g‘ridan-to‘g‘ri tibbiy xarajatlarni koyka-kun qiymati, dori vositalari, laboratoriya tahlillari va iqtisodiyot uchun bilvosita yo‘qotishlarni (mehnatga layoqatsizlik varaqasi bo‘yicha to‘lovlar, nogironlik nafaqalari, samarali hayotning yo‘qotilgan yillari) kamaytirishga yordam beradi, bu nafaqat klinik, balki ahamiyatli makroiqtisodiy samarani ham ta’minlaydi. Natijada, 58 nafar bemor hisobiga umumiy tejamkorlik 513996000 so‘mni tashkil etgan. Xulosa: taklif etilgan TMSI indeksi shunchaki yangi diagnostik marker emas, balki klinik va boshqaruv qarorlarini qabul qilishni qo‘llab-quvvatlovchi majmuaviy vositadir. U tibbiyotning reaktiv modelidan trombotik mikroangiopatiyasi bor bemorlarni olib borishning proaktiv, iqtisodiy jihatdan asoslangan va personallashtirilgan strategiyasiga o‘tishga imkon yaratadi, bu esa tug‘ruq xarajatlarini bitta bemor uchun 8862000 so‘m iktisod kilish imkonini bergan;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: TMSI-10 indeksi asosida og‘ir preeklampsiyaning ful`minant shakllarga transformatsiyasining individual ehtimolini hisoblash imkonini beruvchi, prognostik matematik modellar (binar logistik regressiya asosida) ishlab chiqildi va validatsiya qilindi. TMSI-10 Indeksining bir birlikka oshishi NELLP-sindromi rivojlanish imkoniyatini (OR) 1,22 martaga va KAFS mavjudligi imkoniyatini — 1,30 martaga oshirishi aniqlandi, ushbu formulalarning yaratilishi har bir homiladorni shaxsiylashtirilgan ya’ni individual olib borish taktikasiga o‘tish uchun asos bo‘lgani isbotlangan, ona uchun xomiladorlikning salbiy okibatlari xavfini potensial ravishda kamaytirgani isbotlangan hamda «Homilador ayollar trombomikroangiopatiyasi rivojlanishida prognostik ahamiyatga ega bo‘lgan xavf omillarini baholash » nomli uslubiy ko‘llanmaga kiritilgan (Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi huzuridagi Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 21.04.2025 yilda 8-son bilan tasdiqlangan) va natijalar «Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligini ilmiy-amaliy tibbiyot markazi» davlat muassasining Toshkent shahar filiali (05.06.2025 yildagi 95-son buyruq), «Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligini ilmiy-amaliy tibbiyot markazi» davlat muassasining Sirdaryo viloyati filiali (03.06.2025 yildagi 101-son buyruq) amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘likni saqlash vazirligi Ilmiy-texnik kengashining xulosasi 2025 yil 15 avgustdagi 23-sonli yigilish bayonnomasi). Ijtimoiy samaradorligi: matematik model` yuqori xavf guruhini dastlabki bosqichlarda ajratib olish imkonini beradi, bu esa ushbu bemorlar uchun individual kuzatuv va profilaktik chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqishga imkon yaratadi. Bu holat hayot uchun xavfli asoratlar rivojlanishini "o‘tkazib yuborish" xavfini kamaytiradi. Onalar va go‘daklar o‘rtasida kasallanish,o‘lim, invalidizatsiya holatlarini kamaytiradi. Iqtisodiy samaradorligi: matematik modelni qo‘llashga asosida homiladorlarda uchraydigan trombotik mikroangiopatiylarini erta tashxislash, xavfga yo‘naltirilgan individual yondashuvning iqtisodiy qiymati isbotlandi. Prognostik stratifikatsiya iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq strategiya hisoblanadi, chunki u sog‘liqni saqlash resurslarini optimallashtirishga, soglikni saklash tizimiga tushadigan moliyaviy yukni (ona va yangi tug‘ilgan chaqaloq intensiv terapiyasini talab qiladigan) rivojlanishining oldini olishga hamda uzoq muddatli kasalxonada bo‘lish va shoshilinch kesar kesish chastotasini kamaytirish imkonini beradi. Tadqiqotda 58 nafar homiladorlarda matematik model` qollanilgan va ularning davolanishi uchun umumiy iqtisod 507036000 so‘mni tashkil etgan. Xulosa: matematik modelni qo‘llash yuqori xavf guruhini erta aniqlash, profilaktik chora-tadbirlarni o‘z vaqtida olib borishga imkon beradi, bu bevosita og‘ir asoratlar xavfini kamaytirishga, onalar va perinatal natijalarni yaxshilashga yordam beradi. Olingan natijalar asosida homiladorlarda uchraydigan trombotik mikroangiopatiylarini erta tashxislash va oldini olishda samaradorligi isbotlangan, bu xomiladorlik va tugruk xarajatlarini bitta bemor uchun 8742000 so‘m iktisod kilish imkonini bergan;
beshinchi ilmiy yangilik: homiladorlar trombotik mikroangiopatiyasi bilan og‘rigan bemorlarda F5 Leiden, F2 Prothrombin va PAI-1 4G/4G mutatsiyalarini tashuvchanligi va yo‘ldoshdagi tutqun vorsinkalar tomirlari trombozi darajasi, yo‘ldoshning tayanch vorsinkalari tomirlarining obliteratsion angiopatiyasi hamda infarktlar maydoni o‘rtasida kuchli ishonchli korrelyasiya aniqlandi, bu genetik nuqsonlarning aniq patologik jarayon orqali amalga oshishini va klinik manzarani belgilashi to‘g‘ridan-to‘g‘ri isbotlangan hamda va ushbu natijalar «Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligini ilmiy-amaliy tibbiyot markazi» davlat muassasining Toshkent shahar filiali 05.06.2025 yildagi 95-son buyruq, «Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligini ilmiy-amaliy tibbiyot markazi» davlat muassasining Sirdaryo viloyati filiali 03.06.2025 yildagi 101-son buyruq, Toshkent Shahar Olmazor tumani TTB-MKTP 24.06.2025 yildagi 847-14-197-TB/2025-son buyruq, Toshkent Shahar Shayxontohur tumani TTB-MKTP 14.06.2025 yildagi 701-14-205-TB/2025-son buyruqlariga muvofiq amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘likni saqlash vazirligi Ilmiy-texnik kengashining xulosasi 2025 yil 15 avgustdagi 23-sonli yigilish bayonnomasi). Ijtimoiy samaradorligi: ushbu tadqiqotning ijtimoiy ahamiyati shundaki, u shifokorlarga kasallik oqibatlari bilan kurashish o‘rniga, uning rivojlanishidan oldin harakat qilish imkoniyatini beradi. O‘z vaqtida amalga oshirilgan tibbiy aralashuv o‘tkir buyrak etishmovchiligi (dializni talab qiladigan), insul`t, platsentaning barvaqt ko‘chishi kabi halokatli asoratlarning oldini olishga yordam beradi, og‘ir poliorgan etishmovchiligini davolash o‘rniga, uning rivojlanishining oldini olishga imkon beradi bu esa bevosita ayollar hayoti va salomatligini saqlab qoladi. Homiladorlarda trombotik mikroangiopatiyaning avj olishi ko‘pincha juda erta muddatlarda shoshilinch tug‘ruq amaliyotini o‘tkazishni talab qiladi, bu esa chuqur chala tug‘ilgan chaqaloqlar dunyoga kelishiga sabab bo‘ladi. Erta tashxis qo‘yish va onaning holatini barqarorlashtirish esa bolaning yashab ketishi va sog‘lom hayot kechirish imkoniyatlarini sezilarli darajada oshiradi va soglikni saqlash tizimiga tushadigan moliyaviy yukni kamaytiradi. Iqtisodiy samaradorligi: homiladorlarda uchraydigan trombotik mikroangiopatiylarini diagnostik markerlari takroriy instrumental va laborator tekshiruvlar xarajatlarini kamaytirgan, umumiy tekshiruv xarajatlarini qiskartirgan. Natijada 58 nafar bemor uchun umumiy tejamkorlik 45762000 so‘mni tashkil etgan. Xulosa: homiladorlarda uchraydigan trombotik mikroangiopatiylarini aniqlashda va oldini olishda diagnostik markerlaridan tashxislash jarayonida samarali foydalanish reanimatsiya va intensiv terapiya bo‘limida yotish va shoshilinch operativ aralashuvlarni oldini olish, xar bir bemor uchun o‘rtacha 6546000 so‘m iktisod qilish imkonini bergan;
oltinchi ilmiy yangilik: olingan matematik model` asosida klinik amaliyot uchun algoritm ishlab chiqildi, ushbu algoritm anamnezni baholash, TMSI indeksini hisoblash va bemorlarni past va yuqori havf guruhlariga stratifikatsiya qilishni o‘z ichiga oladi, bu esa trombotik mikroangiopatiyaga moil homiladorlarni olib borishda personallashtirilgan yondashuvni joriy etish uchun ilmiy asos yaratilgani isbotlandi hamda natijalar«Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligini ilmiy-amaliy tibbiyot markazi» davlat muassasining Toshkent shahar filiali (05.06.2025 yildagi 95-son buyruq), «Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligini ilmiy-amaliy tibbiyot markazi» davlat muassasining Sirdaryo viloyati filiali (03.06.2025 yildagi 101-son buyruq) amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘likni saqlash vazirligi Ilmiy-texnik kengashining xulosasi 2025 yil 15 avgustdagi 23-sonli yigilish bayonnomasi). Ijtimoiy samaradorligi: TMSI indeksi ijtimoiy samaradorligi shifokor xatolari xavfini kamaytirish, davolashning uzluksizligini ta’minlash va bemorlarni olib borishning yagona standartlarini joriy etish hisobiga tibbiy yordam sifati va xavfsizligini oshirishda namoyon bo‘ladi.Uzok muddatli parvarish va tibbiy kuzatuvga bo‘lgan ehtiyojni kamaytiradi, reproduktiv prognozni yaxshilaydi, onalar bolalar o‘limi sonini kamaytiradi, onalar va yangi tug‘ilgan chaqaloqlarning hayot sifatini yaxshilashga yordam beradi. Iqtisodiy samaradorligi: TMSI indeksi asosidagi algoritm iqtisodiy qiymati davolash-diagnostika jarayonini optimallashtirishdan iborat bo‘lib bemorlarni oqilona yo‘naltirishni (marshrutizatsiyasini), resurslardan samarali foydalanishni va gospitalizatsiya muddatlarini qisqartirishni ta’minlaydi, bu esa davolash uchun umumiy xarajatlarning kamayishiga olib keladi. Tadqiqotimizda TMSI indeksi 106 ayolda qollanilgan va barcha xarajatlarni hisobga olgan holda, umumiy 935072000 so‘mni tejash imkonini bergan. Xulosa: TMSI indeksiga asoslangan preventiv, pregravidar yondashuv og‘ir asoratlarni oldini olishga, reanimatsiya va uzoq muddatli reabilitatsiyaga sarflanadigan ulkan xarajatlarning qisqartirishga, sog‘liqni saqlash byudjetiga tushadigan yuklamani kamaytirishga olib kelgan, natijada TMSI indeksini ko‘llash xar bir bemor uchun o‘rtacha 8658074 so‘mni tejash imkonini bergan.