Safarova Lola Ulmasovnaning 
texnika fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Metodi i algoritmi postroeniya logicheskoy modeli na osnove teorii interval`nix neytrosofskix mnojestv” (“Interval neytrosof to‘plamlar nazariyasi asosida mantiqiy modelni qurish usullari va algoritmlari”), 05.01.03 – “Informatikaning nazariy asoslari” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.DSc/T893
Ilmiy maslahatchining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Muxamedieva Dilnoz Tulkunovna, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti, DSc.03/26.05.2022.T.10.05.
Rasmiy opponentlar: Mirzaev Nomaz, texnika fanlari doktori, professor; Babomuradov Ozod Jo‘raevich, texnika fanlari doktori, professor; Dubrovskiy Aleksey Viktorovich texnika fanlari doktori, dotsent. 
Yetakchi tashkilot nomi: Nukus davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi interval neytrosof to‘plamlar nazariyasi asosida mantiqiy modelni qurish yondoshuvlari, usullari,  algoritmlari va dasturiy majmuasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
belgilar majmui xossa va xususiyatlarini inobatga olgan holda ularni  interval neytrosof to‘plamga o‘tkazish yondoshuvi ishlab chiqilgan;
intervalli neytrosof to‘plamlar nazariyasi asosida mantiqiy model qurish usuli ishlab chiqilgan;
ko‘p qiymatli intervalli neytrosof to‘plam nazariyasi asosida obeklarni tasniflash usuli takomillashtirilgan;
 vaznli proeksiyalash usuli asosida qaror qabul qilish mezonlari ishlab chiqilgan;
 singulyarlik holatlarini inobatga olgan holda  ma’lumotlarni  intelektual tahlil qilish usuli ishlab chiqilgan;
qoramollar kasalliklarining o‘ziga xos  xususiyatlarini inobatga olgan holda tashxislash modeli  ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Interval neytrosof to‘plamlar nazariyasining hozirda mavjud bo‘lgan va taklif etilayotgan yondashuvlari,  usullari  va algoritmlari asosida yaratilgan dasturiy majmua asosida:
belgilar majmui xossa va xususiyatlarini inobatga olgan holda ularni interval neytrosof to‘plamga o‘tkazish yondoshuvi, vaznli proeksiyalash usuli asosida qaror qabul qilish mezonlari asosida ishlab chiqilgan dasturiy majmua  Navoiy viloyati Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi (O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligining  2025-yil 2-iyun 05/06-02-558-sonli ma’lumotnomasi) hamda Belarus Respublikasi Vitebsk davlat veterinariya medisinasi akademiyasi amaliyotiga joriy qilingan.  Natijada qoramollar kasalliklarini tashxislash aniqligini o‘rtacha 10-15% ga oshirish imkonini bergan;
intervalli neytrosof to‘plamlar nazariyasi asosida mantiqiy model shakllantirish, singulyarlik holatlarini inobatga olgan holda ma’lumotlarni intelektual tahlil qilish usullari asosida ishlab chiqilgan dasturiy majmua Samarqand viloyati Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasining amaliyotiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligining  2025-yil 2-iyun 05/06-02-558-sonli ma’lumotnomasi). Natijada qoramollar kasalliklarini bashoratlash samaradorligini o‘rtacha 10%ga yaxshilanish imkonini bergan;
ko‘p qiymatli intervalli neytrosof to‘plam nazariyasi asosida obektlarni tasniflash takomillashtirilgan usuli, qoramollar kasalliklarining o‘ziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda tashxislash modeli asosida ishlab chiqilgan dasturiy majmua Qashqadaryo viloyati Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasining amaliyotiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligining  2025-yil 2-iyun 05/06-02-558-sonli ma’lumotnomasi). Natijada qoramollar kasalligini tashxislash vaqtini o‘rtacha 8-10% qisqartirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish