Daminov Jo‘rabek Nodir o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Toshkent viloyatida otlarning oshqozon-ichak gelmintozlari va ularga qarshi kurash choralari”, 03.00.06 -Zoologiya (veterinariya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/V167
Ilmiy rahbar: Yuldashov Nurbek Ergashovich, veterinariya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat veterinariya medisinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Toshkent filiali.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat veterinariya medisinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti, DSc.06/30.12.2019.V.12.01.
Rasmiy opponentlar: Daminov Asadullo Suvonovich, veterinariya fanlari doktori, professor; Ulashov Ilhom Axmadovich, veterinariya fanlari bo‘yicha falsafa doktori, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Toshkent viloyatining turli geografik iqlim mintaqalari va Toshkent shahrining viloyat bilan tutash bo‘lgan ippodrom hududida otlarning oshqozon-ichak gelmintozlarining tarqalishi, mavsumiy dinamikasi, gelmintozlar tarqalishini otlarning yoshi, zoti hamda xo‘jalik yuritish shakllariga bog‘liq holda tarqalishi, davolash va oldini olishda qo‘llanilgan antgelmintik vositalarni samaradorligini o‘rganishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Toshkent viloyati sharoitida otlarda keng tarqalgan oshqozon-ichak gelmintozlari aniqlangan;
Toshkent viloyatining sug‘oriladigan hamda tog‘ oldi-tog‘ mintaqalarida otlarning oshqozon-ichak gelmintozlarining tarqalish darajasi aniqlangan;
otlarning oshqozon-ichak gelmintozlarini tarqalishi, ularning yoshi va yil mavsumlari bo‘yicha aniqlangan;
otlar oshqozon-ichak gelmintozlari tarqalish darajasi turli ot zotlarida aniqlangan;
yilqichilik xo‘jaliklarining turli xo‘jalik yuritish shakllarida oshqozon-ichak gelmintozlarining tarqalish darajasi aniqlangan;
otlarning oshqozon-ichak nematodozlariga qarshi 7 xil antgelmint vositalar sinovdan o‘tkazilib, eng samarali preparat aniqlanib ishlab chiqarishga joriy etilgan;
otlar oshqozon-ichak nematodozlariga qarshi mahalliy antgelmint vositalar bilan vitamin-mineralli moddalarni birgalikda qo‘llashning yangi takomillashgan usuli ishlab chiqilgan  va amaliyotga joriy etilgan; 
otlar oshqozon-ichak nematodozlariga qarshi yangi mahalliy vositaning antgelmint xususiyati o‘rganilgan va uning yuqori antgelmint samara berishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Toshkent viloyatida otlarning oshqozon-ichak gelmintozlari va ularga qarshi kurash choralari bo‘yicha olib borilgan ilmiy-tadqiqotlar natijalari asosida:
Otlarning oshqozon-ichak nematodozini davolash va oldini olish maqsadida xorijiy  va mahalliy antgelmint vositalarning samaradorligi taqqoslab o‘rganilib, Toshkent viloyatining Oqqo‘rg‘on tumanidagi “Mavlon ota” fermer xo‘jaligida amaliyot uchun eng maqbul va samarador mahalliy antgelmintik “Mesalben-10” ning otlarning 100 kg tana massasiga 7,5 ml qo‘llanilgan (Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2025-yil 03/23-522-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida 76,9 foiz samaradorlikga erishilgan va otlarning oshqozon-ichak nematodozlariga qarshi o‘tkazilgan davolash chora-tadbirlari uchun sarflangan har bir so‘m xarajatga 5,9 so‘m iqtisodiy samara olingan. 
Shuning bilan birga yangi mahalliy Alglis vositasini antgelmintik xususiyati o‘rganilib, Toshkent shahrining Chilonzor tumani xududidagi “Markaziy ippodrom” kompleksidagi otlarning 1 kg tirik vazni hisobiga 40 mg miqdorda qo‘llanilgan (Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2025-yil 03/23-522-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida 90 foiz antgelmintik samaradorlikga erishilgan otlarning oshqozon-ichak nematodozlariga qarshi o‘tkazilgan davolash chora-tadbirlari uchun sarflangan har bir so‘m xarajatga 8,6 so‘m iqtisodiy samara olingan. 
Shuningdek, otlarining oshqozon-ichak nematodozlarini davolash usulini takomillashtirish uchun Toshkent shahrining ippodrom xududidagi “Sharapov va do‘stlari bolalar ot sporti” markazida “Mesalben-10” antgelmint vosita bilan Multivit+minerallar vositani birgalikda qo‘llash bo‘yicha yangi davolash usuli ishlab chiqilib, amaliyotda otchilik xo‘jaliklariga joriy etilgan (Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2025-yil 03/23-522-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu preparatni otlarning oshqozon-ichak nematodozlariga qarshi samaradorligi 88,0 foizni tashkil etgan va natijada otlarning oshqozon-ichak nematodozlariga qarshi o‘tkazilgan davolash chora-tadbirlari uchun sarflangan har bir so‘m xarajatga 10,91 so‘m iqtisodiy samara olingan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish