Bobokulov Azamat Uktamovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Gastroduodenal yaralardan qon ketish residivlarini prognozlash va davolash usullarini takomillashtirish», 14.00.27 – Xirurgiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/Tib5227.
Ilmiy rahbar: Daminov Feruz Asadullaevich, tibbiyot fanlari doktori (DSc), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Samarqand davlat tibbiyot universiteti, DSc.04/05.05.2023.Tib.102.03.
Rasmiy opponentlar: Xo‘jabaev Safarboy Tuxtabaevich, tibbiyot fanlari doktori (DSc), dotsent; Raxmanov Qosim Erdanovich, tibbiyot fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Xoja Ahmad Yasaviy nomidagi xalqaro qozoq-turk universiteti (Qozog‘iston Respublikasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: gastroduodenal yaralardan qon ketishda gemostaz jarayonini nazorat qilish orqali bemorlarda kompleks davo natijalarini yaxshilashdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
gastroduodenal yaralar bilan bemorlarda qon ketish asoratning uchrash darajasi, chastotasi gemostaz tizimining dinamikasi orqali asoslangan;
o‘tkir yaralardan qon ketishda endoskopik usulda gemostaz qilingan bemorlarda qon ketishning residivini prognozlash maqsadida trombodinamik test usuli samaradorligi isbotlangan;
gastroduodenal yaralardan qon ketishning qaytalanishida trombodinamik test usuli yordamida bemorlardagi qon ketish asoratining kamayishi, gemostatik davolash muddati va bemorlarning statsionar sharoitda o‘tkazadigan o‘rin kunlarining kamayishi ilmiy jihatdan asoslangan;
tavsiya qilingan kompleks davo taktikasi orqali bemorlarga xirurgik, endoskopik va konservativ davolash-diagnostik algoritmi ishlab chiqilgan va klinik asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Gastroduodenal yaralardan qon ketish residivlarini prognozlash va davolash usullarini takomillashtirish bo‘yicha olib borilgan ilmiy-tadqiqot natijalari asosida (O‘zbekiston Respublikasi SSV huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 17.07.2025 y. 22/33-son xulosasi):
birinchi ilmiy yangilik: gastroduodenal yaralar bilan bemorlarda qon ketish asoratning uchrash darajasi, chastotasi gemostaz tizimining dinamikasi orqali asoslangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Samarqand viloyat filiali (29.04.2025 y. 72-U-son buyrug‘i) va Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Sirdare viloyat filiali (11.03.2025 y. 43-son buyruq) bilan amaliy faoliyatiga joriy qilingan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: me’da va o‘n ikki barmoq ichak yara kasalligining qon ketish asorati bilan bemorlarda qon ketishning qaytalanish holatlarining sabablari o‘rganilib chiqilgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: me’da va o‘n ikki barmoq ichak yara kasalligining qon ketish asorati darajasini aniqlash amaliyotini o‘tkazish jarrohlik davolashni qo‘llash doirasida bemorlarning statsionar sharoitda davolash odatda umumiy o‘rtacha 10-15 kun uchun 3476500 so‘m. Bemorlarning barcha laborator-instrumental tekshirishlariga jami 1056800 so‘m sarflanadi. Iqtisodiy ko‘rsatkich 5456200 so‘mni tashkil etadi (bir nafar bemor uchun). Xulosa: gastroduodenal yaralar bilan bemorlarda qon ketish asoratining uchrashi holatlari asosan erkak jinsli (61,2%), o‘rta yoshlardagi (55,6%), 5-10 yillik yarali anamneziga ega (33.1%) bemorlarda kuzatilib, tekshirilayotgan guruxlarda statistik aniq farqlar aniqlanmadi.
ikkinchi ilmiy yangilik: o‘tkir yaralardan qon ketishda endoskopik usulda gemostaz qilingan bemorlarda qon ketishning residivini prognozlash maqsadida trombodinamik test usuli samaradorligi isbotlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Samarqand viloyat filiali (29.04.2025 y. 72-U-son buyrug‘i) va Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Sirdare viloyat filiali (11.03.2025 y. 43-son buyruq) bilan amaliy faoliyatiga joriy qilingan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: gastroduodenal yaralardan qon ketish bilan bemorlarda qon ketishni qaytalanishini prognozlashda trombodinamik testning boshqa koagulogramma tahlillaridan afzalliklari baholangan va isbot qilingan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: o‘tkir yaralardan qon ketishda endoskopik usulda gemostaz qilingan bemorlarda miniinvaziv texnologiyalardan foydalanish bemorlarning statsionarda qolish muddatining qisqarishi, dori-darmon sarfi kamayishi hisobiga 1 bemor hisobida 1546500 sum tejalishiga olib keldi. Bu mablag‘ning tejalishi statsionarda davolanish muddatini kamaytirdi, shu asosda tibbiy xizmatga sarflanadigan mablag‘ni tejalishi bilan asoslangan. Xulosa: trombodinamik test tahlillari asosida gastroduodenal yaralardan qon ketishi sababli ko‘p qon yo‘qotgan bemorlarda bajarilgan noto‘liq konservativ va endoskopik gemostatik davo muolajalari natijasida kechki gipokoagulyasiya holati o‘z vaqtida aniqlanishi natijasida, kuzatilishi mumkin bo‘lgan qon ketishlarning qaytalanishini 31.4% dan 17.6% ga pasayishiga erishildi. 
uchinchi ilmiy yangilik: gastroduodenal yaralardan qon ketishning qaytalanishida trombodinamik test usuli yordamida bemorlardagi qon ketish asoratining kamayishi, gemostatik davolash muddati va bemorlarning statsionar sharoitda o‘tkazadigan o‘rin kunlarining kamayishi ilmiy jihatdan asoslangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Samarqand viloyat filiali (29.04.2025 y. 72-U-son buyrug‘i) va Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Sirdare viloyat filiali (11.03.2025 y. 43-son buyruq) bilan amaliy faoliyatiga joriy qilingan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: gastroduodenal yaralardan qon ketish bilan bemorlarda qon ketishni qaytalanishini davolash va profilaktikasi algoritmi ishlab chiqilgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: trombodinamik test usuli orqali dinamik tekshirish imkoniyatlaridan odatda umumiy o‘rtacha 314000 so‘m sarflanadi. Bemorlarga yuqoridagi tavsiya qilingan minimal invaziv jarrohlikni hisobga olsak, yillik iqtisodiy ko‘rsatkich 5311800 so‘mni tashkil etadi. Xulosa: Forrest klassifikatsiyasiga ko‘ra, F-IA residivlari 3 (8,1%) bemorda kuzatilib, ulardan 1 tasi asosiy guruh va qolgan 2 nafari taqqoslash guruh bemorlarida kuzatilgan. Eng ko‘p qaytalanish ko‘rsatgichi F-IVda aks etib, (n=14 (37,9%)), ulardan asosiy guruhdagi 3 nafar va taqqoslash guruhidan 11 nafar bemorlarda bo‘lgan. F-IIA - da jami 12 (32,4%) nafar, F-IIV ko‘rsatgichi jami 7 (18,9%) nafar bemorlarda kuzatilgan. Ko‘rinib turibdiki, tavsiya qilingan kompleks davolash natijalari orasida sezilarli statistik (p<0,05) farq kuzatildi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: tavsiya qilingan kompleks davo taktikasi orqali bemorlarga xirurgik, endoskopik va konservativ davolash-diagnostik algoritmi ishlab chiqilgan va klinik asoslangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Samarqand viloyat filiali (29.04.2025 y. 72-U-son buyrug‘i) va Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Sirdare viloyat filiali (11.03.2025 y. 43-son buyruq) bilan amaliy faoliyatiga joriy qilingan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: tavsiya qilingan kompleks davo taktikasi orqali bemorlarga xirurgik, endoskopik va konservativ davolash-diagnostik algoritmi klinik asoslanganib tadbiq etildi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: tavsiya qilingan kompleks davo taktikasi orqali bemorlarda statsionar sharoitda davolash odatda umumiy o‘rtacha 4893350 so‘m sarflanadi. Bu summaning ichida operativ davo va 2 kun reanimatsiya va 5-7 kun intensiv terapiya bo‘limidagi o‘rin-kunlar 1829900 (431300 + 1398600) so‘mni tashkil qiladi. Bemorlarga yuqoridagi tavsiya qilingan kompleks davo natijasida miniinvaziv jarrohlik amaliyotini hisobga olsak, yillik iqtisodiy ko‘rsatkich 32659800 so‘mni (2 ta bemorga) tashkil etadi. Xulosa: tavsiya qilingan kompleks endoxirurgik taktikaning samaradorligi natijalari tahlil qilinganda, taqqoslash guruhidagi bemorlarda gemostatik terapiya o‘tkazish davomiyligi asosiy guruh bemorlariga nisbatan uzoqroq bo‘lganligi kuzatildi. Bemorlarning statsionar sharoitda gemostatik terapiya olishlarining davomiyligi asosiy guruhdagi bemorlarda o‘rtacha 3,5±0,7 (t=2,21; p<0,05) kun bo‘lgan bo‘lsa, taqqoslash guruhidagi bemorlarda o‘rtacha 4.8±0,6 kunni (t=2,87; p<0,05) tashkil qildi. Shuningdek, bemorlarning statsionar sharoitda o‘tkazgan o‘rin kunlari tahlilida asosiy guruhdagi bemorlarda o‘rtacha 2,5±0,8 (p<0,05) kun bo‘lgan bo‘lsa, taqqoslash guruhidagi bemorlarda o‘rtacha 3.9±0,4 kunni (p<0,05) tashkil qildi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish