Nazarov Feruz Yusufovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: «Koronavirusli infeksiya o‘tkazgan bemorlarda markaziy gemodinamika va tashqi nafas funksiyalarini baholash va korreksiyalash» 14.00.05 – Ichki kasalliklar (tibbiyot fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: №B2021.1.PhD/Tib1655. 
Ilmiy rahbar: Yarmuxamedova Saodat Xabibovna, tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Urganch davlat tibbiyot instituti, PhD 04/30.09.2020.Tib.123.01.
Rasmiy opponentlar: Norboev Farmon Ergashovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Ubaydullaeva Naima Nabixanovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: koronavirusli infeksiya o‘tkazgan bemorlarda kasallik klinik ko‘rinishning xususiyatlarini o‘rganish, yurak-qon tomir va nafas olish tizimlarining holatini baxolash orkadi davolash taktikasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
koronavirusli infeksiyasi o‘tkazgan bemorlarda kasallikning o‘ziga xos klinik kechishi va yallig‘lanish biomarkerlarining (IL-6, IL-8, CRO) sezilarli o‘sishi kuzatilgan va ushbu ko‘rsatkichlar kasallikning og‘irlik darajasini baholash va davolash natijalarini bashorat qilishda prognostik marker sifatida qo‘llanilishi mumkinligi asoslangan;
COVID-19 o‘tkazgan bemorlarda diastolik disfunksiya va KFK-MV, troponin-I kabi yurak shikastlanishining biomarkerlari xamda yallig‘lanish va trombotik ko‘rsatkichlar o‘rtasida yuqori musbat korrelyasion bog‘lanish aniqlangan; 
ilk bor koronavirusli infeksiya o‘tkazgan bemorlarda asososiy davo usuliga qo‘shimcha  kversitin va doksofillin dori vositalarini qo‘llash orqali markaziy gemodinamikani va tashqi nafasni yaxshilashga qaratilgan kompleks terapiya usuli takomillashtirilgan; 
ilk bor davolash guruhlari o‘rtasida natijalarning qiyosiy tahlili o‘tkazilib, immun tizimi va gormonal fonning tiklanganligi, asoratlar sonini kamayganligi, hamda takomillashtirilgan davo usulning  yuqori samaradorligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Olingan ilmiy natijalar koronavirusli infeksiya o‘tkazilgan bemorlarda markaziy gemodinamika va tashqi nafas funksiyalarini baholash va korreksiyalash bo‘yicha olingan ma’lumotlar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: koronavirusli infeksiyasi o‘tkazgan bemorlarda kasallikning o‘ziga xos klinik kechishi va yallig‘lanish biomarkerlarining (IL-6, IL-8, CRO) sezilarli o‘sishi kuzatilgan va ushbu ko‘rsatkichlar kasallikning og‘irlik darajasini baholash va davolash natijalarini bashorat qilishda prognostik marker sifatida qo‘llanilishi mumkinligi asoslangan Samarqand shahar tibbiyot birlashmasi 2024-yil 28-avgustdagi 3073-7-107-TB/2024-son buyruq va Samarqand tuman tibbiyot birlashmasi 2024-yil 28-avgustdagi 3788-7-103-TV/2024-son buyruq bilan amaliyotga joriy etilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 2024 yil 13-noyabrdagi 8-sonli yig‘ilish bayonnomasi). Ijtimoiy samaradorligi: Koronavirusli infeksiya o‘tkazgan bemorlarda interleykin-6 va interleykin-8 kabi markerlarning bosqichma-bosqich normallashuvi  kasallik oqibatini to‘g‘ri bashorat qilish imkonini berdi.  Iqtisodiy samaradorlik: shifoxonada qolish to‘lov miqdori 420000 so‘mga kamaytirildi; shifoxonada bo‘lish davrining 2 kunga qisqartirilishi hisobiga 280000 so‘mlik dori-darmon kam talab etiladi (1 kunga o‘rtacha 140000 so‘m dori vositalari sarflanadi). Xulosa: klinik amaliyotda tadqiqot natijalarini tadbiq qilinishi koronavirusli infeksiya (P-CV19) o‘tkazilgan bemorlarda tashhislash choralarini va kasallikning asoratlarini oldini olish samaradorligini sezilarli darajada oshirish imkonini bergan.
ikkinchi ilmiy yangilik: COVID-19 o‘tkazgan bemorlarda diastolik disfunksiya va KFK-MV, troponin-I kabi yurak shikastlanishining biomarkerlari xamda    yallig‘lanish va trombotik ko‘rsatkichlar o‘rtasida yuqori musbat korrelyasion bog‘lanish aniqlangan Samarqand shahar tibbiyot birlashmasi 2024-yil 28-avgustdagi 3073-7-107-TB/2024-son buyruq va Samarqand tuman tibbiyot birlashmasi 2024-yil 28-avgustdagi 3788-7-103-TV/2024-son buyruq bilan amaliyotga joriy etilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning  2024 yil 13-noyabrdagi 8-sonli yig‘ilish bayonnomasi). Ijtimoiy samaradorligi: asosiy terapiya fonida Kversetin va Doksofillin bilan kompleks terapiya o‘tkazilganda klinik belgilar kamayishi, markaziy gemodinamik ko‘rsatkichlarning yaxshilanishi va o‘pkada obstruktiv o‘zgarishlarning pasayishi koronavirusli infeksiya o‘tkazgan bemorlarda tiklanishning davomiyligi va natijalarini aniq bashorat qilish imkoni paydo bo‘lgan. Iqtisodiy samaradorligi: Kompleks terapiyani qo‘llash kasalxonada bo‘lishning o‘rtacha davomiyligini xar bir bemorga 2 kunga qisqartirish imkonini berdi, bu esa davlat byudjetidan 450 ming so‘m mablag‘ni tejash imkonini beradi (Samarqand shahridagi ko‘p tarmoqli klinikaning terapevtik bo‘limida bir kunlik yotoq narxi 225000 ming so‘mni tashkil etadi). Xulosa: komples terapiyani samaradorligining belgilari sifatida markaziy gemodinamika va tashqi nafas olish funksiyasi ko‘rsatkichlarining muhim roli hamda ularning dinamikasi va bemorlarning dastlabki klinik xususiyatlari o‘rtasida ijobiy korrelyasiyani aniqlash kasallikni o‘z vaqtida tashhislash va davolash, asoratlarni oldini olishga imkon bergan.
uchunchi ilmiy yangilik: koronavirusli infeksiya o‘tkazgan bemorlarda asososiy davo usuliga qo‘shimcha  kversitin va doksofillin dori vositalarini qo‘llash orqali markaziy gemodinamikani va tashqi nafasni yaxshilashga qaratilgan kompleks terapiya usuli takomillashtirilgan Samarqand shahar tibbiyot birlashmasi 2024-yil 28-avgustdagi 3073-7-107-TB/2024-son buyruq va Samarqand tuman tibbiyot birlashmasi 2024-yil 28-avgustdagi 3788-7-103-TV/2024-son buyruq bilan amaliyotga joriy etilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 2024 yil 13-noyabrdagi 8-sonli yig‘ilish bayonnomasi). Ijtimoiy samaradorligi: Markaziy gemodinamika va tashqi nafas olish ko‘rsatkichlarini tuzatish nafaqat yurak-qon tomir va nafas olish tizimlarining ob’ektiv ko‘rsatkichlarini yaxshilashga, balki koronavirusli pnevmoniyadan keyin bemorlarning hayot sifatini sezilarli darajada yaxshilashga imkon berishi aniqlandi. Iqtisodiy samaradorlik: ushbu holatni vaqtida aniqlash bemorlarni o‘z vaqtida davolash imkonini bergan va bir nafar bemor hisobidan byudjet mablag‘larini 890000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 765000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan. Xulosa: olingan ma’lumotlarga asoslanib, yallig‘lanish belgilari darajasining o‘zgarishi bilan yurak-qon tomir va nafas olish tizimlarining klinik ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi bog‘liqlik o‘rnatildi, bu esa ushbu markerlardan foydalanishga davolash samaradorligini kuzatish davolash davomiyligini bashorat qilish imkonini bergan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: davolash guruhlari o‘rtasida natijalarning qiyosiy tahlili o‘tkazilib, immun tizimi va gormonal fonning tiklanganligi, asoratlar sonini kamayganligi, hamda takomillashtirilgan davo usulning  yuqori samaradorligi isbotlangan Samarqand shahar tibbiyot birlashmasi 2024-yil 28-avgustdagi 3073-7-107-TB/2024-son buyruq va Samarqand tuman tibbiyot birlashmasi 2024-yil 28-avgustdagi 3788-7-103-TV/2024-son buyruq bilan amaliyotga joriy etilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning  2024 yil 13-noyabrdagi 8-sonli yig‘ilish bayonnomasi). Ijtimoiy samaradorligi: Koronavirusli pnevmoniyadan so‘ng bemorlarda yurak-qon tomir va nafas olish tizimlarining klinik va funksional ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi assotsiativ bog‘liqliklikni aniqlash, ushbu bemorlarda kasallikni tashhislash choralarini va kasallikning asoratlarini oldini olish imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi:  shifoxonada qolish to‘lov miqdori 486000 so‘mga kamaytirildi; shifoxonada bo‘lish davrining 2 kunga qisqartirilishi hisobiga 420000 so‘mlik dori-darmon kam talab etiladi (1 kunga o‘rtacha 140000 so‘m sarflanadi). Xulosa: Koronavirusli infeksiya o‘tkazgan bemorlarda markaziy gemodinamikani va tashqi nafas olish funksiyasini tuzatishga qaratilgan kompleks terapiyadan foydalanish yurak-qon tomir va nafas olish tizimlarining klinik va funksional ko‘rsatkichlarining sezilarli yaxshilanishiga olib kelishi aniqlangan. Dori-darmonlar bilan davolash va jismoniy reabilitatsiyani o‘z ichiga olgan kompleks terapiya interleykin-6 (IL-6) va interleykin-8 (IL-8) kabi yallig‘lanish belgilarining pasayishiga yordam berishi aniqlandi, bu tizimli yallig‘lanishning pasayishi va bemorlarning umumiy ahvoli yaxshilanganligini ko‘rsatadi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish