Dusnazarova Mavjuda Ilyamonovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “O‘zbek oilasida kuyov-kelin bilan bog‘liq nikoh marosimlarini etnomadaniy jarayonga ta’siri (XIX asrning ikkinchi yarmi-XXI asr boshlari Surxon-Sherobod vohasi misolida)”, 07.00.07–Etnografiya, etnologiya va antropologiya (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Tar1268.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Tursunov Saypulla Narzullaevich, tarix fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Termiz davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Tar.78.02.
Rasmiy opponentlar: Raxmonov Faxriddin Shoymardanovich, tarix fanlari doktori (DSc), professor; Eshqurbonov Sirojiddin Bozorovich, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbek oilasida kuyov va kelin bilan bog‘liq nikoh marosimlarining tarixiy rivojlanishi, etnomadaniy jarayonlarga ta’siri va hududiy xususiyatlarini, xususan, XIX asrning ikkinchi yarmi va XXI asr boshlarida Surxon-Sherobod vohasi misolida, ilmiy asosda tadqiq etishdan iborat. Ushbu jarayonlarni o‘rganish orqali o‘zbek xalqining nikoh va oila tuzish anʼanalarining milliy meros sifatidagi o‘rnini aniqlash va ularning ijtimoiy hamda madaniy ahamiyatini yoritishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Surxon-Sherobod vohasida yosh bolalarni go‘daklik chog‘ida unashtirib qo‘yish bilan bog‘liq, “Quloqtishlar”, “Beshik kerti”, “Etak yirtish”, “Etakka solish” kabi udumlar bo‘lganligi biroq bu udumlar quda tomonlarning qarindosh – urug‘chilik va oshna – og‘aynichilikning uzilib ketmasligi maqsadida amalga oshirilganligi aniqlandi.
vohasida  nikoh to‘ylarida qilinadigan xarajatlar, “Korda”, (o‘zaro kelishuv), “Ko‘gan to‘ldirish” (qizning uyiga haydab boriladigan chorva mollari soni), “Surug‘” (kelinga beriladigan kiyim kechak va taqinchoqlar), “Borg‘i” (qudalarga beriladigan sarpo) shaklida bo‘lib, bu yurtimizning boshqa hududlarida umuman boshqa nomlar bilan atalishi hamda udumlardagi farqlar dalillandi.
voha chorvador aholisi kelin kuyov uchun oq o‘tov tikkanligi, oq o‘tov faqat qishloq oqsoqoli yoki qabila boshlig‘ining yashash manzili bo‘lib qolmasdan balki yosh kelin-kuyovlar uchun ham barpo qilinganligi, o‘troq aholi esa kelinni “Xurjun tom”, “Bomi tom” yoki Cho‘pkori uylarga tushirib olganligi bilan bog‘liq an’analar keng yoyilganligi Boysun, Sariosiyo, Sherobod, Termiz va Jarqo‘rg‘on hududlarida yashovchi aholi turmushini qiyoslash asosida asoslangan.
voha aholisi orasida oila va nikoh marosimlari bilan bog‘liq “Tovoq jo‘natar”, “Tag bosti”, “Ona chiqdi”, “Boqqan tutdi” marosimlarini yurtimizning boshqa hududlarida uchramasligi, ushbu udumlarning ayrimlari, vohaning turli tumanlarida o‘ziga xos lokal xususiyatga egaligi Jarqo‘rg‘on va Boysun, Sherobod va Termiz tumanlaridagi farqli jihatlar asosida dalillandi.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbek oilasida kuyov-kelin bilan bog‘liq nikoh udumlarining etnomadaniy jarayonga ta’sirini (XIX asrning ikkinchi yarmi-XXI asr boshlari Surxon-Sherobod vohasi misolida) o‘rganish yuzasidan to‘plangan ma’lumotlar asosida:
Surxon-Sherobod vohasida yosh bolalarni go‘daklik chog‘ida unashtirib qo‘yish bilan bog‘liq, “Quloqtishlar”, “Beshik kerti”, “Etak yirtish”, “Etakka solish” kabi udumlar bo‘lganligi biroq bu udumlar quda tomonlarning qarindosh – urug‘chilik va oshna – og‘aynichilikning uzilib ketmasligi maqsadida amalga oshirilganligi aniqlandi. (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2023-yil 11-yanvardagi 02-31-64-son ma’lumotnomasi). Natijada tomoshabinlarning o‘zbek xalqining oila va nikoh bilan bog‘liq qadriyatlari haqidagi tasavvurlarining kengayishiga hizmat qilgan. 
Surxon-Sherobod vohasida nikoh to‘ylarida qilinadigan xarajatlar, “Korda”, (o‘zaro kelishuv), “Ko‘gan to‘ldirish” (qizning uyiga haydab boriladigan chorva mollari soni), “Surug‘” (kelinga beriladigan kiyim kechak va taqinchoqlar), “Borg‘i” (qudalarga beriladigan sarpo) shaklida bo‘lib, bu yurtimizning boshqa hududlarida umuman boshqa nomlar bilan atalishi hamda udumlardagi farqlar dalillandi (O‘zbekiston Respublikasi Ma’naviyat va ma’rifat markazi vazirligining 2023-yil 25-yanvardagi 02-22/56-sonli ma’lumotnomasi). Natijada o‘zbek xalqining boy qadriyarlari nikoh bilan bog‘liq an’anasi va udumlari haqidagi keng qamrovli ma’lumotlar ma’naviy - ma’rifiy tadbirlar mazmun va mohiyatini boyitishga asos bo‘lgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish