Tuxtasinov Zafarjon Odiljonovich
iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): “Mahallalarda hunarmandchilik va tadbirkorlikni rivojlantirish”, 08.00.15-“ Tadbirkorlik va kichik biznes iqtisodiyoti”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:  B2025.3.PhD/Iqt5837.
Ilmiy rahbari: Tursunov Bobir Ortiqmirzaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi DSc.03/30.12.2020.I.16.02 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Kasimova Fotima Tulkunovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor, Muxitdinov Shuxrat Ziyavitdinovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent xalqaro universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Mahallalarada tadbirkorlikni va hunarmadchilikni rivojlantirishni boshqarishni takomillashtirish bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mahallalarada tadbirkorlik va hunarmadchilikni rivojlanishiga ta’sir etuvchi latent omillarni aniqlovchi PLS-SEM modeli asosida ta’lim va malaka oshirish (F2 -> Q3) [0,111], (F2 -> Q1) [0,579], infratuzilma yaratilishi F3 -> Q3 [0,392], mahalladagi ijtimoiy muhit va madaniy an’analar F5 -> Q1 [0,010], F5 -> Q2 [0,347], F5 -> Q3 [0,281] ta’sir koeffisientlari aniqlangan;
mahallalarada tadbirkorlikni rivojlantirishni boshqarishni takomillashtirishning tashlkiliy-iqtisodiy mexanizmi “har bir mahalla — tadbirkorga tayanch” tamoyilining joriy etilishi hamda tijorat banklari bilan bevosita hamkorlikda “mahalla kredit portfeli” joriy etishi asosida takomillashtirilgan;
mahallalarda tadbirkorlik va hunarmadchilikni rivojlanishini boshqarish samaradorligini baholash uslubi [0 dan 0,30 gacha]-yomon, [0,31 dan 50 gacha]- qoniqarsiz, [0,51 dan 70 gacha] -qoniqarli, [0,71 dan 0,85 gacha]- yaxshi, [0,86 dan 1 gacha]-a’lo mezonlari asosida takomillashtirilgan;
O‘zbekistonda mahalla infratuzilmasini tadbirkorlikka yo‘naltirish asosida Farg‘ona viloyati Rishton tumani mahallalarida kichik biznesni rivojlanishining 2030-yilgacha prognoz ssenariylari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mahallalarada tadbirkorlik va hunarmadchilikni rivojlantirishni boshqarishni takomillashtirish  borasida ishlab chiqilgan ilmiy taklif va tavsiyalar asosida:
mahallalarada tadbirkorlik va hunarmadchilikni rivojlanishiga ta’sir etuvchi latent omillarni aniqlovchi PLS-SEM modeli asosida ta’lim va malaka oshirish (F2 -> Q3) [0,111], (F2 -> Q1) [0,579], infratuzilma yaratilishi F3 -> Q3 [0,392], mahalladagi ijtimoiy muhit va madaniy an’analar F5 -> Q1 [0,010], F5 -> Q2 [0,347], F5 -> Q3 [0,281] ta’sir koeffisientlari bo‘yicha takliflar O‘zbekiston mahallalari uyushmasi faoliyatiga tadbiq etilgan (O‘zbekiston mahallalari uyushmasining 2025 yil 4-apreldagi 114-son ma’lumotnomasi). Natijada, mahallalarada oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqishda foydalanildi.
mahallalarada tadbirkorlik va hunarmadchilikni rivojlantirishni boshqarishni takomillashtirishning tashlkiliy-iqtisodiy mexanizmi “har bir mahalla — tadbirkorga tayanch” tamoyilining joriy etilishi hamda tijorat banklari bilan bevosita hamkorlikda “mahalla kredit portfeli” joriy etishi asosida takomillashtirilsh bo‘yicha takliflar O‘zbekiston mahallalari uyushmasi faoliyatiga tadbiq etilgan (O‘zbekiston mahallalari uyushmasining 2025 yil 4-apreldagi 114-son ma’lumotnomasi). Natijada, mamlakatimiz mahallalarida kichik va o‘rta biznes rivojlanishi va investisiyalar hisobiga 2025 yil boshidan buyon 5 mln aholi ish bilan ta’minlashga erishildi.
mahallalarda tadbirkorlik va hunarmadchilikni rivojlanishini boshqarish samaradorligini baholash uslubi [0 dan 0,30 gacha]-yomon, [0,31 dan 50 gacha]- qoniqarsiz, [0,51 dan 70 gacha] -qoniqarli, [0,71 dan 0,85 gacha]- yaxshi, [0,86 dan 1 gacha]-a’lo mezonlari asosida takomillashtirilsh bo‘yicha takliflar O‘zbekiston mahallalari uyushmasi faoliyatiga tadbiq etilgan (O‘zbekiston mahallalari uyushmasining 2025 yil 4-apreldagi 114-son ma’lumotnomasi. Natijada, Har bir mahalla bo‘yicha maqsadli ko‘rsatkichlar belgilanib, aholi bandligini ta’minlashga qaratilgan “mahalla loyihasi” dasturi doirasida ajratiladigan 1 milliard dollar kredit resurslari banklar va hududlar kesimida taqsimlandi.
O‘zbekistonda mahalla infratuzilmasini tadbirkorlikka yo‘naltirish asosida Farg‘ona viloyati Rishton tumani mahallalarida kichik biznesni rivojlanishining 2030-yilgacha prognoz ssenariylari bo‘yicha takliflar O‘zbekiston mahallalari uyushmasi faoliyatiga tadbiq etilgan (O‘zbekiston mahallalari uyushmasining 2025 yil 4-apreldagi 114-son ma’lumotnomasi). Natijada, 2030-yilgacha bo‘lgan davrdagi rivojlanish strategiyasini ishlab chiqishda asosiy ko‘rsatkich va parametrlarni o‘zaro muvofiqlashtirish imkoni yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish