Bozarov Elyor Boboqulovichning
falsafa fanlari (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Mintaqa ziyoratgoh qadamjolarni raqamli modernizatsiyalash orqali turizmni rivojlantirish istiqbollari (Qashqadaryo viloyati misolida)”, 08.00.17 – “Turizm va mehmonxona faoliyati”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Iqt5285
Ilmiy rahbar: Erkaeva Gulbahor Panjievna, iqtisodiyot fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti, PhD.03/30.07.2024.I.70.07.
Rasmiy opponentlar: Norchaev Asatullo Norbo‘taevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Qo‘chqorov G‘aybulla Fayzullaevich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Mintaqa ziyoratgoh qadamjolarini raqamli modernizatsiyalash orqali turizmni rivojlantirish bo‘yicha ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Qarshi shahri, Shahrisabz va Kitob tumanlaridagi ziyoratgoh va qadamjolarni hududiy sharoitga moslashuv darajasini baholovchi hududiy adaptatsiya indeksi (HAI) “yuqori adaptatsiya darajasi” (0.8≤HAI≤1.0), “barqaror adaptatsiya darajasi” (0.6<HAI≤0.79); “rivojlanish bosqichidagi adaptatsiya darajasi” (0.4<HAI≤0.59); “past adaptatsiya darajasi” (0.2<HAI≤0.39); “xavfli daraja” (0.0<HAI≤0.19) yangi qiymat shkalalari asosida maqbul darajasini belgilash taklifi ilmiy asoslangan;
Qashqadaryo viloyatida turizm loyihalarining texnik muammolar (raqamli infratuzilma etishmasligi, ma’lumotlar bazasi integratsiyasidagi qiyinchiliklar, ekologik monitoring tizimlarining uzlyuksizligi)ini 40% ga qisqartirish imkonini beruvchi xalqaro (“Smart Heritage”, “Digital Pilgrimage”) va mahalliy (“Smart Qashqadaryo”, “EcoHeritage Uzbekistan”) amaliyotlarning ustuvor elementlarini taqqoslash, monitoring hamda takomillashtirish sikli integratsiyasini o‘zida jamlagan metodologik yo‘riqnoma yaratish taklifi ilmiy jihatdan asoslangan;
Qashqadaryo viloyatida mahalliy hunarmandchilik mahsulotlarini “Made in Qashqadaryo” tamg‘asi ostidagi yagona dizayn ostida haqiqiyligini (autentiklik) kafolatlash va bozor ishonchini oshirish maqsadida raqamli sertifikatlash orqali onlayn-savdo hajmini 25% ga oshirish, shuningdek mahalliy ustaxonalar bilan hamkorlikdagi “Bir kunda gilam to‘qish”, “Qo‘lda kulolchilik saboqlari” master-klasslari sonini ko‘paytirishni nazarda tutuvchi “Silk Road Revival” brendi uchun mahalliy hunarmandchilikni targ‘ib qilishning takomillashtirilgan marketing-savdo mexanizmi ishlab chiqilgan;
Qashqadaryo viloyati mintaqaviy turizm infratuzilmasini tezkor optimallashtirishga xizmat qiluvchi, turizmni rivojlantirishni 2030-yilgacha VAR va Granger-sabablilik tahlili orqali prognoz variantlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mintaqada turizmni rivojlantirishda aglomeratsiyani optimal joylashtirish mexanizimi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
hududlardagi ziyoratgoh va qadamjolarni hududiy sharoitga moslashuv darajasini baholovchi hududiy adaptatsiya indeksi (HAI) “yuqori adaptatsiya darajasi” (0.8≤HAI≤1.0), “barqaror adaptatsiya darajasi” (0.6<HAI≤0.79); “rivojlanish bosqichidagi adaptatsiya darajasi” (0.4<HAI≤0.59); “past adaptatsiya darajasi” (0.2<HAI≤0.39); “xavfli daraja” (0.0<HAI≤0.19) yangi qiymat shkalalari asosida maqbul darajasini belgilash taklifi O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasi Qashqadaryo viloyati Turizm boshqarmasida hududlarda joylashgan umumiy ovqatlanish, mehmonxona, madaniy meros va turizm sohasida kadrlar tayyorlash va ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqishda foydalanildi (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2025-yil 25-sentyabrdagi 03-10-17-9908-sonli ma’lumotnomasi). Natijada Pilot hududlar bo‘lgan Qarshi shahri, Shahrisabz va Kitob tumanlaridagi ziyoratgoh va qadamjolarni hududiy sharoitga moslashuv darajasini baholovchi hududiy adaptatsiya indeksi (HAI) yangi qiymat shkalalari asosida maqbul darajasini belgilash boshlandi. Ularning natijasida mahalliy turizm xizmatlari ko‘rsatishdan tushgan daromadlar o‘rtacha 18 % ga, ushbu sohada band bo‘lgan aholi soni esa 12 % ga oshdi.
Qashqadaryo viloyatida turizm loyihalarining texnik muammolar (raqamli infratuzilma etishmasligi, ma’lumotlar bazasi integratsiyasidagi qiyinchiliklar, ekologik monitoring tizimlarining uzlyuksizligi)ini 40% ga qisqartirish imkonini beruvchi xalqaro (“Smart Heritage”, “Digital Pilgrimage”) va mahalliy (“Smart Qashqadaryo”, “EcoHeritage Uzbekistan”) amaliyotlarning ustuvor elementlarini taqqoslash, monitoring hamda takomillashtirish sikli integratsiyasini o‘zida jamlagan metodologik yo‘riqnoma Qashqadaryo viloyati Turizm boshqarmasida hududlarda joylashgan umumiy ovqatlanish, mehmonxona, madaniy meros va turizm sohasida kadrlar tayyorlash va ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqishda foydalanildi (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2025-yil 25-sentyabrdagi 03-10-17-9908-sonli ma’lumotnomasi). Natijada “Smart Heritage”, “Digital Pilgrimage” va mahalliy “Smart Qashqadaryo”, “EcoHeritage Uzbekistan” amaliyotlarning ustuvor elementlarini taqqoslash, monitoring hamda takomillashtirish sikli integratsiyasini o‘zida jamlagan metodologik yo‘riqnoma Qashqadaryo viloyati turizm boshqarmasi tomonidan 2025-2026 yillarga mo‘ljallangan raqamli turizm strategiyasi asosida loyiha monitoringi va takomillashtirish sikli har chorakda amalga oshirilishi hamda rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, birinchi yarim yil ichida texnik muammolar 40% ga kamaydi.
mahalliy hunarmandchilik mahsulotlarini “made in Qashqadaryo” tamg‘asi ostidagi yagona dizayn ostida haqiqiyligini (autentiklik) kafolatlash va bozor ishonchini oshirish maqsadida raqamli sertifikatlash orqali onlayn-savdo hajmini 25% ga oshirish, shuningdek mahalliy ustaxonalar bilan hamkorlikdagi “Bir kunda gilam to‘qish”, “Qo‘lda kulolchilik saboqlari” master-klasslari sonini ko‘paytirishni nazarda tutuvchi “Silk Road Revival” brendi uchun mahalliy hunarmandchilikni targ‘ib qilishning takomillashtirilgan marketing-savdo mexanizmi Qashqadaryo viloyati Turizm boshqarmasida hududlarda joylashgan umumiy ovqatlanish, mehmonxona, madaniy meros va turizm sohasida kadrlar tayyorlash va ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqishda foydalanildi (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2025-yil 25-sentyabrdagi 03-10-17-9908-sonli ma’lumotnomasi). mahalliy hunarmandchilik mahsulotlarini “made in Qashqadaryo” nomi ostida raqamli sertifikatlash, real-vaqt savdo statistikasi va CRM integratsiyasi orqali targ‘ib qiluvchi platforma taklifi asosida onlayn-savdo hajmi 25% ga oshishi, “Silk Road Revival” brendi uchun mahalliy ustaxonalar bilan hamkorlikdagi master-klasslar soni esa 2 baravarga ko‘paydi.
mintaqaviy turizm infratuzilmasini tezkor optimallashtirishga xizmat qiluvchi, turizmni rivojlantirishni 2030-yilgacha VAR va Granger-sabablilik tahlili orqali prognoz variantlari Qashqadaryo viloyati Turizm boshqarmasida hududlarda joylashgan umumiy ovqatlanish, mehmonxona, madaniy meros va turizm sohasida kadrlar tayyorlash va ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqishda foydalanildi (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2025-yil 25-sentyabrdagi 03-10-17-9908-sonli ma’lumotnomasi). VAR va Granger-sabablik tahlili asosida ishlab chiqilgan prognoz variantlari Qashqadaryo viloyatining 2030 yilgi ziyoratchilar oqimi, daromad va infratuzilma ehtiyojlarini batafsil rejalashtirishda qo‘llanilmoqda. Shu asnoda, viloyat hokimligi investisiya strategiyasini qayta ko‘rib chiqib, 2025-2030 yillarda infratuzilmaga ajratiladigan mablag‘ni 30 % ga oshirish qarorini qabul qildi.