Samarov Faxriddin Uralovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar: 
    Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekiston janubiy viloyatlarida tarixiy-me’moriy obidalarni ta’mirlash, qayta tiklash va o‘rganilishi tarixi (1991-2021 yy.), 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:  B2022.1.PhD/Tar1042
Ilmiy rahbar: Ergasheva Yulduz Alimovna, tarix fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti. PhD.03/27.02.2021.Tar.70.05.
    Rasmiy opponentlar: tarix fanlari doktori, professor Qobulov Eshbolta Otamurodovich; tarix fanlari doktori, professor Xoliqulov Ahmad Boymaxammatovich. 
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonning janubiy viloyatlarida 1991-2021-yillar davomida tarixiy-me’moriy obidalarda olib borilgan ta’mirlash, qayta tiklash va o‘rganish jarayonlarini tahlil etish, tadqiqot yakunida ilmiy xulosalar chiqarish hamda taklif va tavsiyalar berishdan iboratdir.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat: 
Sobiq Ittifoq davrida Janubiy O‘zbekiston hududida joylashgan tarixiy-me’moriy yodgorliklarni ta’mirlash, qayta tiklash, saqlash va muhofaza qilish ishlari, asosan bir yoqlama olib borilgan bo‘lib, bu boradagi ishlar faqatgina shahar markazlarida joylashgan yirik ko‘hna obidalarda amalga oshirilganligi hamda bu kabi salbiy holatlar tadqiq etilayotgan viloyatlar hududlaridagi tarixiy-me’moriy yodgorliklar misolida asoslangan;
istiqlol yillari davomida Janubiy O‘zbekiston viloyatlarida joylashgan tarixiy-me’moriy yodgorliklarda olib borilgan tuzatish, ta’mirlash va qayta tiklash ishlari asosan uch yo‘nalishda olib borilganligi dalillandi. Jumladan, birinchi yo‘nalish tarixda mazkur hududlarda yashab o‘tgan buyuk sarkardalar, mutafakkirlar pir va shayxlarning muborak tavallud sanalarini keng nishonlanishi munosabati bilan olib borilgan. Ikkinchi yo‘nalish ushbu ikki viloyatdagi tarixiy shaharlarning yubiley sanalari keng miqyosda nishonlanishi munosabatlari bilan xalqaro hamjamiyat bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tadbirlar davomida bajarilgan. Uchinchi yo‘nalish esa mahalliy ahamiyatga ega bo‘lgan ko‘hna obidalarni sahovatpesha insonlarning homiyliklari hisobidan ta’mirlash va tuzatish ishlari olib borilganligi ochib berilgan; 
ko‘hna obidalarda mustaqillikning dastlabki yillarida olib borligan ta’mirlash, qayta tiklash hamda saqlash ishlari davomida ayrim tarixiy-me’moriy yodgorliklarga jiddiy zarar etkazilganligi, amalga oshirilgan aksariyat ishlar soha mutaxassislari tomonidan olib borilmaganligi, ba’zi qadimiy majmualarda zamonaviy qurilish materiallari (tunuka, shifer, temir, beton)ning ko‘p miqdorda qo‘llanishining salbiy oqibatida ushbu yodgorliklarning an’anaviy qiyofasini yo‘qolishiga sabab bo‘lganligi aniqlangan; 
Yangi O‘zbekiston sharoitida yurtimizga tashrif buyuruvchi xorijlik sayyohlarining soni kundan-kunga ortib borayotgani hamda bunda madaniy meros obektlarining o‘rnining beqiyosligi sababli ikkala viloyatda joylashgan tarixiy-me’moriy yodgorliklarda ta’mirlash, qayta tiklash, saqlash va muhofaza qilish ishlarini tashkil etish tizimli asosda amalga oshirilayotganligi va ularni turizmni rivojlantirishga yo‘naltirilayotganligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlaridagi tarixiy-me’moriy obektlarning saqlash, muhofaza qilish ta’mirlash va qayta tiklanishi o‘rganilishi tarixiga oid ishlab chiqilgan ilmiy xulosa va takliflar asosida:
Sobiq ittifoq davrida Janubiy O‘zbekiston hududida joylashgan tarixiy-me’moriy yodgorliklarni ta’mirlash, qayta tiklash, saqlash va muhofaza qilish ishlari, asosan, bir tomonlama olib borilgan bo‘lib, bu boradagi ishlar faqatgina shahar markazlarida joylashgan yirik ko‘hna obidalarda amalga oshirilgan. Bu esa mustaqillik davriga qadar yurtimizdagi ayrim qadimiy obidalarning butunlay yo‘q bo‘lib ketganligini asoslashda foydalanilgan (“O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi teleradiokanali” davlat muassasasining 2022 yil 23 sentyabrdagi 02-29-1578-son ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy tadqiqot natijalarining qo‘llanilishi yurtimizdagi me’moriy yodgorliklarni saqlash va muhofaza qilish ishlarini yanada samarali tashkil etishga xizmat qilgan.
Istiqlol yillari davomida janubiy O‘zbekiston viloyatlarida joylashgan tarixiy-me’moriy yodgorliklarda amalga oshirilgan tuzatish, ta’mirlash va qayta tiklash ishlari asosan uch yo‘nalishda olib borilganligi: birinchi yo‘nalish tarixda mazkur hududlarda yashab o‘tgan buyuk sarkardalar, mutafakkirlar pir va shayxlarning muborak tavallud sanalarini keng nishonlanishi munosabati bilan amalga oshirilganligi, ikkinchi yo‘nalish ushbu ikki viloyatdagi tarixiy shaharlarning yubiley sanalari keng miqyosda nishonlanishi tufayli xalqaro hamjamiyat bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tadbirlar davomida bajarilganligi, uchinchi yo‘nalish esa mahalliy ahamiyatga ega bo‘lgan ko‘hna obidalarni sahovatpesha insonlarning homiyliklari hisobidan ta’mirlash va tuzatish ishlari olib borilganligi mazkur mintaqa miqyosida tahlil etishda Madaniy meros agentligi tomonidan foydalanilgan (Madaniy meros agentlining 2022 yil 19 sentyabrdagi 01-05/2925-son ma’lumotnomasi). Bu esa ikkila viloyat hududlarida joylashgan tarixiy-me’moriy yodgorliklarning an’anaviy qiyofasini saqlab qolish, hududdagi qadimiy obidalarni ta’mirlash va qayta tiklash ishlarini yanada yaxshilash, ushbu hududdagi tarixiy-me’moriy obektlarga tashrif buyuruvchi sayyohlarga xizmat ko‘rsatish sifatini yanada rivojlantirish, mintaqa viloyatlaridagi Madaniy meros boshqarmalarining faoliyatldarida obidalarga oid bo‘lgan ma’lumotlarni ilmiy jihatdan asoslashga yordam bergan.
Ko‘hna obidalarda mustaqillikning dastlabki yillarida olib borligan ta’mirlash, qayta tiklash hamda saqlash ishlari davomida ayrim tarixiy-me’moriy yodgorliklarga jiddiy zarar etkazilganligi, amalga oshirilgan aksariyat ishlar soha mutaxassislari tomonidan olib borilmaganligi, ba’zi qadimiy majmualarda zamonaviy qurilish materiallari (tunuka, shifer, temir, beton)ning ko‘p miqdorda qo‘llanishining salbiy oqibatida ushbu yodgorliklarning an’anaviy qiyofasini yo‘qolishiga sabab bo‘lganligini asoslashda  foydalanilgan (Xalqaro “Oltin meros” xayriya fondining 2022-yil 20-sentyabrdagi 01-34-son ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy natijalarning qo‘llanilishi mamlakatimizdagi tarixiy-me’moriy yodgorliklarni asl holatini saqlash va muhofaza qilish ma’naviy-ma’rifiy ishlar targ‘ibotida asosiy sohalardan biri ekanligini asoslab berishda imkon bergan.
Yangi O‘zbekiston sharoitida yurtimizga tashrif buyuruvchi xorijlik sayyohlarining soni kundan-kunga ortib borayotgani hamda bunda madaniy meros obektlarining o‘rnining beqiyosligi sababli ikkala viloyatda joylashgan tarixiy-me’moriy yodgorliklarda ta’mirlash, qayta tiklash, saqlash va muhofaza qilish ishlarini tashkil etish tizimli asosda amalga oshirilayotganligi va ularni turizmni rivojlantirishga yo‘naltirilayotganligi, shuningdek,  hududdagi tarixiy-me’moriy yodgorliklar ziyorat turizm sohasini rivojlantirish yurtimiz iqtisodiyotining istiqbolli yo‘nalishlaridan biri sanalgan mintaqa viloyatlaridagi ziyoratgohlariga tashrif buyuruvchilar sonini yanada oshirish bo‘yicha targ‘ibot ishlari olib borishda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat-ma’rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar institutining 2022 yil 14 oktyabrdagi 312-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy natijalarning qo‘llanilishi ziyorat turizmi sohasini rivojlantirishda, yurtimizda ma’naviy-ma’rifiy ishlar targ‘ibotida hal qiluvchi sohalardan biri ekanligini asoslab berishda xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish