Qosimov Abdisattor Chorievichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “O‘zbekistonda qo‘ychilik sohasi tarixi: natijalar va muammolar (1930-1991- yillarda Surxondaryo viloyati misolida)”, 07.00.01–O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD.Tar1102.
Ilmiy rahbar: Tursunov Anvar Saypullaevich, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Termiz davlat universiteti. PhD.03/30.12.2019.Tar.78.02. 
Rasmiy opponentlar: Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti O‘zbekiston tarixi kafedrasi mudiri, tarix fanlari doktori professor Xoliqova Rahbar Ergashevna hamda Termiz iqtisodiyot va servis universiteti ijtimoiy fanlar kafedrasi o‘qituvchisi tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Jumaeva Shohida Chorievna.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat pedagogika universiteti.
II. Tadqiqotning maqsadi: 1930-1991-yillarda O‘zbekistonda qo‘ychilik sohasi tarixini Surxondaryo viloyati misolida yoritib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Surxon vohasida qadimdan qo‘ylarning “hisori”, “g‘aljaki”, “sarjiparang” kabi turlari boqilganligi, bu qo‘y zotlari vohaning issiq va quruq iqlimiga moslashganligi, shu sababli boshqa mintaqalarda uchramasligi, ayniqsa, qorako‘l terining sur navli faqat Surxon vohasining Sayxon dashtlarida etishtirilganligi, bu terilar o‘zining zangori rangi va jilovlanishi bilan alohida ajralib turishi bilan bog‘liq maʼlumotlar aniqlangan;
XX asrning 40-yillaridan Surxondaryo viloyatining otarlarida qorako‘l qo‘ylarning yangi turini yaratishga kirishilganligi, vohada qorako‘l terining yangi turlarini ishlab chiqishda N.S.Gigineyshvili, Y.Shodmonov, M.M.Mengliev, K.N.Serebryanskiy, D.G‘uchchiev, J.Itolmasov, Q.YO‘ldoshev va X.Mingboevlar qatnashib, davlat mualliflik guvohnomalarini olganliklari asoslangan;
XX asrning 60-yillaridan Bobotog‘da qo‘ylar tog‘ yovvoyi zoti bilan chatishtirish yo‘li orqali «Ko‘k qorako‘l», «Sayxon Gavhar», «Gagarin» zavod zotlari etishtirilganligi, ayniqsa, sur terining «Antratsit» qum rang turi jahon ko‘rgazmasida laureat bo‘lganligi ko‘rsatilgan;
XX asrning 30-80-yillarida Surxondaryoda etishtirilgan qorako‘l teri turlari («Yantar», «Bronza», «Antratsit», «Pesochniy», «Sapfir») jahon ko‘rgazmalarida ishtirok etgan bo‘lib, naslchilik maqsadidagi qo‘ychilik asosan Boysun (Sayrob, Darband, Chilonzor), Qumqo‘rg‘on (Oqqopchig‘ay-Sayxon, Bobotog‘), Jarqo‘rg‘on (Surxon, Gulbahor) tumanlarida rivojlanganligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
1930-1991- yillarda O‘zbekistonda qo‘ychilik sohasi tarixi bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy xulosa va takliflar asosida:
Surxondaryo viloyatida qo‘ylarning hisori, qozoqi, g‘aljaki, sarjiparang, chibalang, ko‘rg‘o‘za, oqgardi kabi turlari boqilib, XX asrning 50-yillarida ittifoqda etishtirilgan qorako‘l terining 48 foizi O‘zbekiston hissasiga to‘g‘ri kelganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlardan “O‘zbekiston tarixi” telekanalining “Taqdimot” ko‘rsatuvi senariysini tayyorlashda foydalanilgan (“O‘zbekiston teleradiokanali” davlat muassasasining 2022-yil 24-avgustdagi 02-31-1389-sonli ma’lumotnomasi). Natijada tomoshabinlarda o‘zbek qorako‘l terichiligi bo‘yicha tasavvur hosil qilingan.
XX asrning 40-yillaridan Surxondaryo viloyatining otarlarida qorako‘l qo‘ylarning yangi turini yaratishga kirishilganligi, vohada qorako‘l terining yangi turlarini ishlab chiqishda N.S.Gigineyshvili, Y.Shodmonov, M.M.Mengliev, K.N.Serebryanskiy, D.G‘uchchiev, J.Itolmasov, Q.YO‘ldoshev va X.Mingboevlar qatnashib, davlat mualliflik guvohnomalarini olganliklariga oid ma’lumotlardan “O‘zbekiston tarixi” telekanalining “Taqdimot” ko‘rsatuvi senariysini tayyorlashda foydalanilgan (“O‘zbekiston teleradiokanali” davlat muassasasining 2022-yil 24-avgustdagi 02-31-1389-sonli ma’lumotnomasi). Natijada aholining keng qatlami orasida o‘zbek xalqi chorvachiligining bilimdonlari va yetakchi olimlari tarixi haqida ma’lumot hosil qilingan.
XX asrning 60-yillaridan Bobotog‘da qo‘ylar tog‘ yovvoyi zoti bilan chatishtirish yo‘li orqali «Ko‘k qorako‘l», «Sayxon Gavhar», «Gagarin» zavod zotlari etishtirilganligi, ayniqsa, sur terining «Antratsit» qum rang turi jahon ko‘rgazmasida laureat bo‘lganligi haqidagi ma’lumotlardan Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi Surxondaryo viloyati bo‘limining choraklik va yillik ish rejalarini tuzishda, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarning ma’ruzalarini tayyorlashda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va Ma’rifat markazining 2023-yil 20-sentyabrdagi 02-22/976-sonli ma’lumotnomasi). Natijada Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi Surxondaryo viloyati bo‘limi ma’ruzalari mazmunan boyishi hamda ta’sirchanligi oshirilishiga erishilgan.
XX asrning 30-80-yillarida Surxondaryoda etishtirilgan qorako‘l teri turlari («Yantar», «Bronza», «Antratsit», «Pesochniy», «Sapfir») jahon ko‘rgazmalarida ishtirok etgan bo‘lib, naslchilik maqsadidagi qo‘ychilik asosan,  Boysun (Sayrob, Darband, Chilonzor), Qumqo‘rg‘on (Oqqopchig‘ay-Sayxon, Bobotog‘), Jarqo‘rg‘on (Surxon, Gulbahor) tumanlarida rivojlanganligi haqidagi ma’lumotlardan Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi Surxondaryo viloyati bo‘limining “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati a’zolari, ma’ruzalar matni, targ‘ibot materiallari tayyorlashda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va Ma’rifat markazining 2023-yil 20-sentyabrdagi 02-22/976-sonli ma’lumotnomasi). Natijada Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi targ‘ibot materiallari o‘zbek xalqining an’aaviy xo‘jaligi chorvachilik, shu jumladan, qo‘ychilikning o‘ziga xos an’analari haqidagi ma’lumotlar bilan boyitilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish