Rustamov Alisher Raxmatalievichning
falsafa doktori (PhD) Dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Kichik biznes subektlarini rivojlantirishda innovatsiyalardan samarali foydalanish yo‘llari” (Namangan viloyati misolida), 08.00.15 - “Tadbirkorlik va kichik biznes iqtisodiyoti”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Iqt2833.
Ilmiy rahbar: Bayxonov Baxodirjon Tursunbaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti, DSc.03/27.09.2024.I.55.03.
Rasmiy opponentlar: Xudayberganov Dilshod Tuxtabaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Nazruz-Zoda Layli Baxtiyarovna, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi kichik biznes subektlarini rivojlantirishda innovatsiyalardan samarali foydalanishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi.
kichik biznes subektlarida muvozanat va falsafiy tizim negizida barqaror innovatsion rivojlanish nazariyalari asosida innovatsion rivojlanishga ta’sir etuvchi shart-sharoitlar va omillar tizimlashtirilgan;
Namangan viloyatidagi kichik biznes subektlarida innovatsiyadan foydalanish darajasi o‘zgarishini ssenariylar asosida ko‘p omilli ekonometrik modellari taklif etilgan;
kichik biznes subektlari samaradorligiga ta’sir etuvchi omillar tadbirkorning ijodkorligi, bilimlarni uzatish va innovatsion faoliyatni tashkil etish, daromadlilik darajasi, jamoa bilan ishlash, tadbirkorning o‘zini-o‘zi samaradorligini oshirish, ma’lumotlar bazasini tashkil etish jarayonlarini baholashning konseptual modeli taklif etilgan;
kichik biznes subektlarini rivojlantirishda innovatsiyadan samarali foydalanishning
2025-2030-yillarga mo‘ljallangan ko‘p omilli prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Kichik biznes subektlarini rivojlantirishda innovatsiyalardan samarali foydalanish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
kichik biznes subektlarida muvozanat va falsafiy tizim negizida barqaror innovatsion rivojlanish nazariyalari asosida innovatsion rivojlanishga ta’sir etuvchi shart-sharoitlar va omillarni tizimlashtirish bo‘yicha taklifi Savdo-sanoat palatasi Namangan viloyati hududiy boshqarmasi amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining 2024-yil 26-iyuldagi 13/08-3-4-10295-son ma’lumotnomasi). Ushbu yangilik natijasida Namangan viloyatida faoliyat yuritib kelayotgan 14,0 % kichik biznes subektlarida aholi ehtiyojidan kelib chiqqan holda 18 turdagi yangi innovatsion mahsulot ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan;
Namangan viloyatidagi kichik biznes subektlarida innovatsiyadan foydalanish darajasi o‘zgarishini ssenariylar asosida ko‘p omilli ekonometrik modellari bo‘yicha taklif Savdo-sanoat palatasi Namangan viloyati hududiy boshqarmasi amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining 2024-yil 26-iyuldagi 13/08-3-4-10295-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif natijasida Namangan viloyatida faoliyat ko‘rsatayotgan 46,7 % kichik biznes subektlarining tahlil natijalari bo‘yicha erishilgan qiymat 2.76 ga teng va qabul qilingan chegaralar doirasida deb olindi va tadqiqot tadbirkorlik sohasi rivojlanishiga, ijodkorlik va innovatsiyalar bog‘liqligi aniqlangan;
kichik biznes subektlari samaradorligiga ta’sir etuvchi omillar tadbirkorning ijodkorligi, bilimlarni uzatish va innovatsion faoliyatni tashkil etish, daromadlilik darajasi, jamoa bilan ishlash, tadbirkorning o‘zini-o‘zi samaradorligini oshirish, ma’lumotlar bazasini tashkil etish jarayonlarini baholashning konseptual modeli bo‘yicha taklif Savdo-sanoat palatasi Namangan viloyati hududiy boshqarmasi amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining 2024-yil 26-iyuldagi 13/08-3-4-10295-son ma’lumotnomasi). Mzkur taklif natijasida Namangan viloyatida faoliyat yuritib kelayotgan “Osiyo xome tek” MChJ subektlarida asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investisiya hajmi 1,0 %ga oshirilsa, korxonada innovatsiyadan foydalanish darajasi 0,2 % va ushbu korxonalarda ishlayotgan ishchilar sonini 10 nafarga ko‘payishi 1,3 % oshishi hamda “To‘qimachi sanoat tekstil” korxonasi hisobotidan tanlab olingan tadbirkorlik subektlarining ishlab chiqarish quvvatidan foydalanish darajalari va korxonada energiya sarfini 10,0 %ga kamaytirish hisobidan korxonada innovatsiyadan foydalanish darajasini mos ravishda qo‘shimcha 8,5 % va 4,0 %ga oshishini ifoda etishi aniqlangan;
kichik biznes subektlarini rivojlantirishda innovatsiyadan samarali foydalanishning 2025-2030-yillarga mo‘ljallangan ko‘p omilli prognoz ko‘rsatkichlari Savdo-sanoat palatasi Namangan viloyati hududiy boshqarmasi amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining 2024-yil 26-iyuldagi 13/08-3-4-10295-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklif Namangan viloyatining 2022-2026-yillarda hududlar, tarmoqlar va sohalarni rivojlantirish, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish yo‘nalishlari bo‘yicha dastur bandlarini ishlab chiqishda foydalanilgan.