Pulatova Gulnoza Murodilovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarda bilingvizmning psixologik xususiyatlari », 19.00.06–Yosh va pedagogik psixologiya. Rivojlanish psixologiyasi
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/P650.
Ilmiy rahbar: Mullabaeva Nozima Mahmudjanovna, psixologiya fanlari doktori (DSc), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti, PhD.03/30.12.2021.P.26.02.
Rasmiy opponentlar: Kamilova Nodira Gayratovna, psixologiya fanlari doktori, professor; Milieva Muattar G‘afforovna, psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarda bilingvizmning psixologik xususiyatlarini o‘rganish hamda ikki tillilikning bilish jarayonini rivojlanishiga ta’siri bo‘yicha ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarda bilingvizmning psixologik xususiyatlariga ko‘ra elementlarni farqlay olish, predmetga nisbatan takrorlanmas so‘zlarni ko‘plab ishlatish, bir xil bo‘g‘inlardan boshlanuvchi yoki tugallanuvchi so‘zlarni topish, bir xil tasvirdagilarni har xil shaklga aylantira olish ko‘nikmalarini namoyon bo‘lishidagi differensial farqlarga asoslanib verbal assotsiatsiya lingvistik senzitivlik orqali ijodiylikni faollashtiruvchi determinant ekanligi aniqlangan.
kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarda bilingvizmning ifodalanishi irodaviy sifatlarni vazifaga safarbar qilish orqali diqqat kuchini oshirish, bir vaqtning o‘zida katta hajmdagi matnni idrok qila olish ko‘nikmalarini rivojlanishi bilan bog‘liqligiga ko‘ra til o‘rganishga nisbatan senzitivlikning ko‘rgazmali-obrazli xotira asosida lingvistik qobiliyatlarda namoyon bo‘lishiga identiv ekanligi dalillangan.
kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarning shaxslararo munosabatlariga bilingvizmning ta’siriga ko‘ra bola tomonidan ota-ona juftligini idrok qilinishi noverbal signallarni anglash, tushunish, bobo-buvilarga qadriyatlarga muvofiq munosabatda bo‘lish esa so‘z boyligini ortishiga olib kelganligi tufayli verbal intellektning ijtimoiy determinantlari avlodlar orasidagi sintonik muloqot asosida ochib berilgan.
kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarning kognitiv jarayonlari va konstruktiv shaxslararo munosabatlarini rivojlantirishda monolingval bolalarning noverbal intellekti, ijodiy tafakkuriga hamda bilingval bolalarning do‘sti (dugonasi)ga, o‘qituvchiga (yoki boshqa bir katta yoshdagi obro‘li kishiga) nisbatan munosabatlariga korreksion ta’sir ko‘rsatish muhimligiga ko‘ra nutq faoliyatining gnostik xususiyatlarini kollaborativ kompetensiyalar orqali shakllanishini ta’minlash zarurligi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarda bilingvizmning psixologik xususiyatlari yuzasidan olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarda bilingvizmning psixologik xususiyatlariga ko‘ra elementlarni farqlay olish, predmetga nisbatan takrorlanmas so‘zlarni ko‘plab ishlatish, bir xil bo‘g‘inlardan boshlanuvchi yoki tugallanuvchi so‘zlarni topish, bir xil tasvirdagilarni har xil shaklga aylantira olish ko‘nikmalarini namoyon bo‘lishidagi differensial farqlarga asoslanib, verbal assotsiatsiya lingvistik senzitivlik orqali ijodiylikni faollashtiruvchi determinant ekanligi aniqlangan takliflar O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Rsixologiya o’quv-ilmiy markazining 2025-yil 23-avgustdagi RM-437 son buyrug‘i bilan «Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya» moduliga kiritilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Rsixologiya o’quv-ilmiy markazining 2025-yil 20-avgustdagi RM-437a-son ma’lumotnomasi). Natijada, kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarda bilingvizmning psixologik xususiyatlari aniqlashtirilgan.
kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarda bilingvizmning ifodalanishi irodaviy sifatlarni vazifaga safarbar qilish orqali diqqat kuchini oshirish, bir vaqtning o‘zida katta hajmdagi matnni idrok qila olish ko‘nikmalarini rivojlanishi bilan bog‘liqligiga ko‘ra til o‘rganishga nisbatan senzitivlikning ko‘rgazmali-obrazli xotira asosida lingvistik qobiliyatlarda namoyon bo‘lishiga identiv ekanligi dalillangan takliflar O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Rsixologiya o’quv-ilmiy markazining 2025-yil 23-avgustdagi RM-437 son buyrug‘i bilan «Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya» moduliga kiritilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Rsixologiya o’quv-ilmiy markazining 2025-yil 20-avgustdagi RM-437a-son ma’lumotnomasi). Natijada, kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarda bilingvizmning ifodalanishidagi psixologik xususiyatlar aniqlashtirilgan.
kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarning shaxslararo munosabatlariga bilingvizmning ta’siriga ko‘ra bola tomonidan ota-ona juftligini idrok qilinishi noverbal signallarni anglash, tushunish, bobo-buvilarga qadriyatlarga muvofiq munosabatda bo‘lish esa, so‘z boyligini ortishiga olib kelganligi tufayli verbal intellektning ijtimoiy determinantlari avlodlar orasidagi sintonik muloqot asosida ochib berilgan takliflar O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Rsixologiya o’quv-ilmiy markazining 2025-yil 23-avgustdagi RM-437 son buyrug‘i bilan «Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya» moduliga kiritilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Rsixologiya o’quv-ilmiy markazining 2025-yil 20-avgustdagi RM-437a-son ma’lumotnomasi). Natijada kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarning shaxslararo munosabatlariga bilingvizmning ta’siriga ko‘ra verbal intellektning ijtimoiy determinantlari yoritib berilgan.
kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarning kognitiv jarayonlari va konstruktiv shaxslararo munosabatlarini rivojlantirishda monolingval bolalarning noverbal intellekti, ijodiy tafakkuriga hamda bilingval bolalarning do‘sti (dugonasi)ga, o‘qituvchiga (yoki boshqa bir katta yoshdagi obro‘li kishiga) nisbatan munosabatlariga korreksion ta’sir ko‘rsatish muhimligiga ko‘ra nutq faoliyatining gnostik xususiyatlarini kollaborativ kompetensiyalar orqali shakllanishini ta’minlash zarurligi dalillangan takliflar O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Rsixologiya o’quv-ilmiy markazining 2025-yil 23-avgustdagi RM-437 son buyrug‘i bilan «Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya» moduliga kiritilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Rsixologiya o’quv-ilmiy markazining 2025-yil 20-avgustdagi RM-437a-son ma’lumotnomasi). Natijada kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarning kognitiv jarayonlari va konstruktiv shaxslararo munosabatlarini rivojlantirishga qaratilgan dastur ishlab chiqilgan.