Muralimova Ra’nogul` Simai qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.  
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Sepsis bilan kasallangan bemorlarni kompleks davolashda muvozanatlashtirilgan aminokislotalar aralashmasining o‘rni» 14.00.37 – Anesteziologiya va reanimatologiya (tibbiyot fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqami: B2024.1.PhD/Tib 4356.
Ilmiy rahbar: Ibragimov Nematjon Komiljonovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
 Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Bolalar milliy tibbiyot markazi  DSc.04/01.02.2022.Tib.147.01.
Rasmiy opponentlar: Satvaldieva El`mira Abdusamatovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Sadikova Minura Adxamovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga ega.
II. Tadqiqotning maqsadi: parenteral oziqlantirish kompleksiga muvozanatlashtirilgan aminokislotalarni kiritish algoritmini ishlab chiqish orqali jigar yoki buyrak etishmovchiligi bilan asoratlangan sepsis bilan kasallangan bemorlarni davolash natijalarini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi. 
sepsis bilan kasallangan bemorlarni keng qamrovli laboratoriya tekshiruvi natijalari asosida tana massasi etishmovchiligi bo‘lmagan bemorlarda tez rivojlanayotgan oqsil-energiya etishmovchiligi mavjudligi isbotlangan;
sepsisning metabolik terapiyasi tarkibida muvozanatlashtirilgan aminokislotalarni qo‘llash tizimli yallig‘lanish reaksiyasi faolligini kamaytiruvchi vosita sifatida asoslangan;
buyrak yoki jigar etishmovchiligi bilan asoratlangan sepsis bilan kasallangan bemorlarda an’anaviy aminokislotalarni parenteral oziqlantirish tarkibiga muvozanatlashtirilgan aminokislotalar bilan almashtirish oqsil metabolizmining buzilishini yanada samarali davolashga yordam berishi, stressli giperglikemiya rivojlanish chastotasini pasaytirishi, jigar va buyrak funksiyalarini tiklashni tezlashtirishi isbotlangan;
an’anaviy aminokislotalarga nisbatan qisqa vaqt ichida murakkab buyrak yoki jigar etishmovchiligi bilan sepsis uchun muvozanatlashtirilgan aminokislotalardan foydalangan holda parenteral oziqlantirishni qo‘llash fonida oqsil almashinuvi ko‘rsatkichlarining normallashishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Buyrak yoki jigar etishmovchiligi bilan asoratlangan sepsis bilan kasallangan bemorlarni intensiv terapiya xususiyatlarini ilmiy o‘rganish natijalari asosida: 
birinchi ilmiy yangilik: Sepsis bilan kasallangan bemorlarni keng qamrovli laboratoriya tekshiruvi natijalari asosida tana massasi etishmovchiligi bo‘lmagan bemorlarda tez rivojlanayotgan oqsil-energiya etishmovchiligi mavjudligi isbotlangan. Ushbu usul sepsis bilan kasallangan bemorlarda oqsil–energiya etishmovchiligini tashxislash uchun laboratoriya tekshiruvlari etarli ekanligini va bu samarali ekanligini ko‘rsatgan; ijtimoiy samaradorligi: sepsis bilan kasallangan bemorlarda tez rivojlanayotgan oqsil-energiya etishmovchiligi mavjudligini aniqlash bemorlarning og‘irlik darajasini va o‘lim ko‘rsatkichini kamaytiradi, jamoat salomatligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatgan; iqtisodiy samaradorligi: sepsis bilan kasallangan bemorlarni keng qamrovli laboratoriya tekshiruvi natijalari asosida tana massasi etishmovchiligi bo‘lmagan bemorlarda tez rivojlanayotgan oqsil-energiya etishmovchiligi mavjudligini aniqlash orqali reanimatsiya va intensiv terapiya bo‘limlarida bemorlarni davolanish muddatini sezilarli darajada kamaytirishga imkoniyat bergan. Reanimatsiya bo‘limida davolanish muddati A guruhida o‘rtacha 17,12±0,55 kun, V guruhida esa 23,8±0,95 kun bo‘lgan; xulosa: sepsis bilan kasallangan bemorlarda tana massasi etishmovchiligi bo‘lmagan holatlarda ham keng qamrovli laboratoriya tekshiruvlari asosida tez rivojlanayotgan oqsil-energiya etishmovchiligini aniqlash usuli klinik, ijtimoiy va iqtisodiy jihatdan samarali bo‘lib, u bemorlarning og‘irlik darajasi va o‘lim ko‘rsatkichini kamaytirish hamda davolanish muddatini qisqartirishga imkoniyat bergan.
ikkinchi ilmiy yangilik: sepsisning metabolik terapiyasi tarkibida muvozanatlashtirilgan aminokislotalarni qo‘llash tizimli yallig‘lanish reaksiyasi faolligini kamaytiruvchi vosita sifatida asoslangan. Muvozanatlashtirilgan aminokislotalarni parenteral oziqlantirish tarkibida qo‘llash orqali yallig‘lanish mediatorlari ishlab chiqarilishi kamayib, oksidlovchi stress nazorat qilingan va immunitet tizimi muvozanatga kelgan. Bu esa sepsisda og‘ir asoratlar xavfini kamaytirib, bemorlarning sog‘ayish imkoniyatini oshirgan; ijtimoiy samaradorligi: sepsisdan omon qolgan bemorlarda ko‘p hollarda surunkali asoratlar (nevrologik, mushak, buyrak va jigar etishmovchiligi) qoladi. Parenteral oziqlantirish va farmakonutrientlar bunday oqibatlarni engillashtirib, nogironlik darajasini kamaytirishga yordam bergan; iqtisodiy samaradorligi: sepsisning metabolik terapiyasi tarkibida muvozanatlashtirilgan aminokislotalarni qo‘llash tizimli yallig‘lanish reaksiyasi faolligini kamaytirishi tufayli bemorlarni statsionarda davolanish muddatini kamaytirgan. Xulosa: sepsisning metabolik terapiyasi tarkibida muvozanatlashtirilgan aminokislotalarni qo‘llash yallig‘lanish reaksiyasi faolligini kamaytirib, og‘ir asoratlar va nogironlik darajasini qisqartirgan hamda bemorlarni statsionarda davolash muddatini kamaytirish orqali o‘rtacha 6 092 160 so‘m iqtisodiy tejashga erishilgan.
uchinchi ilmiy yangilik: buyrak yoki jigar etishmovchiligi bilan asoratlangan sepsis bilan kasallangan bemorlarda an’anaviy aminokislotalarni parenteral oziqlantirish tarkibiga muvozanatlashtirilgan aminokislotalar bilan almashtirish oqsil metabolizmining buzilishini yanada samarali davolashga yordam berishi, stressli giperglikemiya rivojlanish chastotasini pasaytirishi, jigar va buyrak funksiyalarini tiklashni tezlashtirishi isbotlangan. Muvozanatlashtirilgan aminokislotalardan foydalanish – oqsil parchalanishini kamaytirgan, energiya ta’minotini optimallashtirgan; jigar va buyrakni ortiqcha metabolik yuklanishdan saqlab, davolash samaradorligini oshirgan – sepsisda ko‘p uchraydigan oqsil–energetik etishmovchilikni qisqa muddatda tuzatishga yordam bergan; ijtimoiy samaradorligi: muvozanatlashtirilgan aminokislotalardan foydalanish reabilitatsiyani tezlashtirgan – bemorlarning tiklanish davrini qisqartirgan va o‘lim ko‘rsatkichlarini kamaytirgan; iqtisodiy samaradorligi: muvozanatlashtirilgan aminokislotalardan foydalanish orqali bemorlarni reanimatsiya va intensiv terapiya bo‘limlarida davolanish muddatini sezilarli darajada kamaytirishga imkoniyat bergan. Reanimatsiya bo‘limida A guruhidagi bemorlar V guruhidagi bemorlarga nisbatan 6,68 kun kamroq vaqtni reanimatsiyada o‘tkazishgan, bu esa 28% ga qisqarish degani. Kasalxonada umumiy davolanish muddati ham A guruhida kamroq bo‘lgan; xulosa: buyrak yoki jigar etishmovchiligi bilan asoratlangan sepsisda muvozanatlashtirilgan aminokislotalarni qo‘llash oqsil parchalanishini kamaytirib, energiya almashinuvini optimallashtirgan, jigar va buyrak funksiyalarini tiklashni tezlashtirgan hamda bemorlarning reanimatsiyada davolanish muddatini 28% ga qisqartirish orqali klinik, ijtimoiy va iqtisodiy samaradorlikni ta’minlagan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: an’anaviy aminokislotalarga nisbatan qisqa vaqt ichida murakkab buyrak yoki jigar etishmovchiligi bilan sepsis uchun muvozanatlashtirilgan aminokislotalardan foydalangan holda parenteral oziqlantirishni qo‘llash fonida oqsil almashinuvi ko‘rsatkichlarining normallashishi aniqlangan. Muvozanatlashgan aminokislotalardan foydalanish sepsisda murakkab jigar va buyrak etishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda oqsil almashinuvini qisqa vaqt ichida normallashtirish, metabolik asoratlarni kamaytirish va davolash samaradorligini oshirish imkonini bergan; ijtimoiy samaradorligi: muvozanatlashgan aminokislotalarni qo‘llash sepsiddagi og‘ir bemorlarda tiklanishni tezlashtirib, o‘lim ko‘rsatkichlarini kamaytirgan, davolanish muddatini qisqartirgan, sog‘liqni saqlash xarajatlarini kamaytirgan va bemorlarni tezroq jamiyatga qaytarishga yordam bergan; iqtisodiy samaradorligi: muvozanatlashgan aminokislotalarni qo‘llash tufayli bemorlarni statsionarda qolish muddatini kamaytirgan. Xulosa: sepsisda jigar yoki buyrak etishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda muvozanatlashgan aminokislotalarni qo‘llash oqsil almashinuvini tezroq normallashtirgan. Bu usul an’anaviy aminokislotalarga qaraganda samaraliroq bo‘lib, metabolik buzilishlarni qisqa muddatda to‘g‘rilash va organlarning tiklanishini jadallashtirish imkonini bergan.
Tadqiqot davomida olingan natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Andijon davlat tibbiyot instituti O.Yu. Otabekov nomli klinikasi (10.09.2024 yildagi 98/1i/ch-sonli buyruq), Samarqand shahar tibbiyot birlashmasi (25.01.2025 yildagi 108-7-107-TB/2025-sonli buyruq) amaliyot faoliyatiga joriy etilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligi Ilmiy-texnika kengashining 2025 yil 22 maydagi №18/51 xulosasi).

Yangiliklarga obuna bo‘lish