Yuldasheva Sarvinoza Laziz qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Postkovid revmatoid artritda simpatoadrenal, immun tizim faoliyati buzilishlarining o‘zaro bog‘liqligi va profilaktika choralarini ishlab chiqish» 14.00.05 – Ichki kasalliklar ( tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Tib3979.
Ilmiy rahbar: Xo‘jamberdiev Mamazoir Axmedovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat tibbiyot instituti, DSc.04/30.11.2024.Tib.95.02.
Rasmiy opponentlar: Gadaev Abdug‘affor Gadaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Mirsaydullaev Mirmaxmud Mirshoxidovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: postkovid revmatoid artritda simpatoadrenal, immun tizim faoliyati buzilishlarining o‘zaro bog‘liqligi va profilaktika choralarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
SARS-CoV-2 infeksiyasini boshdan kechirgan RA (revmatoid artrit) bemorlarda simpatoadrenal tizim faoliyati buzilishlari yani katexolaminlar (KA) miqdorining oshishi, biogen aminlarning dezaminatsiya fermenti (MAO) faoliyatining pasayishi va KA parchalanishining yakuniy mahsuloti - vanililmindal kislotasi darajasining ortishi asoslangan;
postkovid RA bilan kasallangan bemorlarda katexolaminlar ekskresiyasining sirkad ritmi buzilganligi bu esa tungi soatlarda ekskresiya darajasining oshishi va ushbu buzilishning kasallik dinamikasida saqlanib qolishi aniqlangan;
lipid peroksidatsiyasining sezilarli darajada kuchayishi oksidlovchi stressining rivojlanishiga, organizmning antioksidant himoyasining susayishiga olib kelgan, buning natijasida monoaminooksidaza (MAO) faolligining ishonchli darajada 2,3 martaga pasayishi isbotlangan;
periferik qonda postkovid RAda T-limfotsitlarning subpopulyasiyasi nisbiy va mutlaq miqdori ham spontan holatda, ham nospesifik stimulyasiyadan so‘ng tekshiruvda pasaygani aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
SAT faolligi, LPO jarayonlari va immunologik holat o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik bo‘yicha olingan tadqiqot natijalari asosida:
birinchi ilmiy yangilik: SARS-CoV-2 infeksiyasini boshdan kechirgan RA (revmatoid artrit) bemorlarda simpatoadrenal tizim faoliyati buzilishlari yani katexolaminlar (KA) miqdorining oshishi, biogen aminlarning dezaminatsiya fermenti (MAO) faoliyatining pasayishi va KA parchalanishining yakuniy mahsuloti — vanililmindal kislotasi darajasining ortishi asoslanganligi bo‘yicha takliflar Andijon davlat tibbiyot institutining Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2025 yil 29 avgustdagi 6i-84/u-son bilan tasdiqlangan “Postkovid revmatoid artritda simpatoadrenal, immun tizim faoliyati buzilishlarining o‘zaro bog‘liqligi va profilaktika choralarini ishlab chiqish” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Taqdim etilgan takliflar amaliyotga joriy etilgan: Namangan ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining terapiya, kardio-revmatologiya va reabilitologiya bo‘limlarida 2025 yil 30 avgustdagi №98 buyruq asosida; Farg‘ona shahar tibbiyot birlashmasining terapiya bo‘limida 2025 yil 11 sentyabrdagi №107 buyruq asosida (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2025 yil 24 oktyabrdagi 27/11-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: SAT faoliyati buzilishlarini erta aniqlash va terapiya taktikasini β-adrenoblokatorlar hamda antioksidant preparatlar bilan boyitish natijasida: katexolaminlar miqdori kamayadi; qon tomirlar spazmlari yo‘qoladi yoki ancha kamayadi, bu esa komorbid patologiyaning og‘ir kechishiga to‘sqinlik qiladi; lipidlarning perekis oksidlanish jarayonlari susayadi; organizmning antioksidant himoya tizimi mustahkamlanadi va kasallikning kechishi tezroq hamda ijobiy natija bilan yakunlanadi. Iqtisodiy samaradorligi: taklif etilgan usul bir nafar bemor hisobiga 760000 so‘m byudjet mablag‘ini tejash imkonini berdi, bu esa uning klinik va iqtisodiy jihatdan samaradorligini tasdiqlaydi.
ikkinchi ilmiy yangilik: postkovid RA bilan kasallangan bemorlarda katexolaminlar ekskresiyasining sirkad ritmi buzilganligi bu esa tungi soatlarda ekskresiya darajasining oshishi va ushbu buzilishning kasallik dinamikasida saqlanib qolishi aniqlanganligi “Postkovid revmatoid artritda simpatoadrenal, immun tizim faoliyati buzilishlarining o‘zaro bog‘liqligi va profilaktika choralarini ishlab chiqish” nomli uslubiy tavsiyanomaga kiritilgan bo‘lib, Andijon davlat tibbiyot institutining muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi qarori (№ 6i-84/u, 2025 yil 29 avgust) bilan tasdiqlangan. Taqdim etilgan tavsiyalar Namangan viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining terapiya, kardiorevmatologiya va reabilitologiya bo‘limlarida buyruq №98, 2025 yil 30 avgust, hamda Farg‘ona viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining terapiya bo‘limida buyruq №107, 2025 yil 11 sentyabr) amaliyotga joriy etildi.Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2025 yil 24 oktyabrdagi 27/11-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: postkovid RA bilan kasallangan bemorlarda adrenalin darajasini aniqlashni umumiy klinik tahlillar ro‘yxatiga kiritish SAT faolligini baholash imkonini berdi va uni pasaytiruvchi preparatlarni davo taktikasini shakllantirishga kiritishga asos bo‘ldi. Iqtisodiy samaradorligi: adrenalin darajasini bir marta aniqlashning o‘rtacha narxi - 105000 so‘m, postkovid RA aniqlash uchun minimal tekshiruv to‘plami narxi 350000 so‘m, maksimali esa 1050000 so‘mni tashkil etadi. Bu mos ravishda bir kasallikni bazaviy va tavsiya etilgan variantlarda diagnostika qilish uchun sarflanadigan mablag‘lardir. Taklif etilgan usul bir bemor hisobiga 200000 dan 900000 so‘mgacha byudjet mablag‘larini tejash imkonini berdi.
uchinchi ilmiy yangilik: lipid peroksidatsiyasining sezilarli darajada kuchayishi oksidlovchi stressining rivojlanishiga, organizmning antioksidant himoyasining susayishiga olib kelgan, buning natijasida monoaminooksidaza (MAO) faolligining ishonchli darajada 2,3 martaga pasayishi isbotlanganligi “ Postkovid revmatoid artritda simpatoadrenal tizim faolligi, immun holat buzilishlari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik va profilaktika choralarini ishlab chiqish ” mavzusidagi metodik tavsiyanomaga kiritilgan bo‘lib, u 2025 yil 29 avgustdagi Andijon davlat tibbiyot institutining muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi qarori (№6i-84/u) bilan tasdiqlangan. Taklif etilgan tavsiyalar 2025 yil 30 avgustdagi buyruq (№98) asosida Namangan filialidagi Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining terapiya, kardio-revmatologiya va reabilitologiya bo‘limlarida, shuningdek 2025 yil 11 sentyabrdagi buyruq №107 asosida. Farg‘ona viloyati ko‘p tarmoqli tibbiy markazining terapiya bo‘limida amaliyotga joriy etilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2025 yil 24 oktyabrdagi 27/11-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: organizmning susaygan antioksidant himoya tizimi antioksidantlar tavsiya etilganda tiklanadi. Shu sababli, ushbu dori vositalarini mazkur toifadagi bemorlarni davolash standartlariga kiritish orqali bemorlarda sog‘ayish ko‘rsatkichini oshirish va amalga oshirilayotgan terapiya samaradorligini baholash imkoniyatini yaratish mumkin bo‘ladi. Iqtisodiy samaradorligi: postkovid RA bilan kasallangan bir bemorni davolash kursi uchun minimal xarajat o‘rtacha 5300000 so‘mni tashkil etadi. Bemorning o‘rtacha mehnat qobiliyatini yo‘qotish muddati taxminan 2 oy, og‘ir holatlarda esa to‘liq mehnat qobiliyatini yo‘qotishgacha borishi mumkin. Hozirgi kunda ko‘p qo‘llanilayotgan antioksidant «Koenzim Q10»ning bir oylik kursi narxi 70000 - 610000 so‘m oralig‘ida, avval keng foydalanilgan «Aevit» antioksidantining narxi esa 6000 - 30000 so‘mni tashkil etadi, o‘rtacha hisobda, bir bemorni davolash kursi uchun sarflanadigan mablag‘dan 2580700 so‘m iqtisod qilingani aniqlandi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: periferik qonda postkovid RAda T-limfotsitlarning subpopulyasiyasi nisbiy va mutlaq miqdori ham spontan holatda, ham nospesifik stimulyasiyadan so‘ng tekshiruvda pasaygani aniqlanganligi “Postkovid revmatoid artritda simpatoadrenal tizim faolligi, immun holat buzilishlari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik va profilaktika choralarini ishlab chiqish” mavzusidagi metodik tavsiyanomaga kiritilgan bo‘lib, u 2025 yil 29 avgustdagi Andijon davlat tibbiyot institutining muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi qarori (№6i-84/u) bilan tasdiqlangan. Taklif etilgan tavsiyalar 2025 yil 30 avgustdagi buyruq №98 asosida Namangan filialidagi Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining terapiya, kardio-revmatologiya va reabilitologiya bo‘limlarida, shuningdek 2025 yil 11 sentyabrdagi buyruq №107 asosida Farg‘ona viloyati ko‘p tarmoqli tibbiy markazining terapiya bo‘limida amaliyotga joriy etilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2025 yil 24 oktyabrdagi 27/11-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: o‘tkazilgan ilmiy ish jarayonida har bir bemorda limfotsitar profilni aniqlash bilan birga, immunomodulyatorlarga sezgirlik darajasi ham baholandi. Olingan ma’lumotlarga tayanib, har bir RA bilan kasallangan bemor uchun aniq va maqsadli immunomodulyatorni tanlab qo‘llash imkoniyati yaratildi. Iqtisodiy samaradorligi: bir bemor uchun immunomodulyatorning sinov tariqasidagi kursini qo‘llash narxi 75000 so‘mdan 745400 so‘mgachani tashkil etadi. Bunday davolash usuli natijasida bir bemor hisobiga 6345400 so‘m miqdorida mablag‘ iqtisod qilingani aniqlandi. Xulosa: o‘tkazilgan ilmiy ish jarayon natijalarini klinik amaliyotga qo‘llash har bir RA bilan kasallangan bemor uchun aniq va maqsadli immunomodulyatorni erta tanlab qo‘llash kasallikni asoratlarini erta aniqlash, davolash samaradorligiga erishish va natijada bemor hayoti sifatini oshishi, har bir bemor va davlat byudjeti sarf xarajatlari samaradorligini ta’minlaydi.